Fizikaning dolzarb masalalariga bagishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit sozlar tahlili


Download 309.9 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi309.9 Kb.
#1477010
Bog'liq
E.Xurshid(1)


Fizikaning dolzarb masalalariga bagishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit sozlar tahlili.
Reja:
1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
2. Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, Fizika-texnika instituti direktori S.Lutfullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, fizik va texnik tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor barqaror o‘sishga erishish, ushbu sohalarda yoshlarning loyihalarini ommalashtirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Istiqlol yillarida barcha fanlar qatori fizika sohasiga qaratilgan e’tibor natijasida olimlar tomonidan samarali natijalarga erishilmoqda.
Bu kabi sa’y-harakatlar ilm-fanni rivojlantirish bilan birga, iqtisodiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda ilm-fan markazlarida qattiq jism nazariyasi, yuqori va o‘ta yuqori energiya va yarim o‘tkazgichlar fizikasi, shuningdek, quyosh energiyasini hosil qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ixtirolar qilinib, nazariy va amaliy ishlanmalar yaratilayotir.
Yosh mutaxassislar tomonidan yaratilgan quyosh energiyasi yordamida meva-sabzavotlarni quritish, turli fotoelektrik qurilmalar, quyosh energiyasi yordamida ko‘cha va maydonlarni yoritish tizimlari, quyosh energiyasi yoki yoqilg‘ida ishlaydigan suv chiqarish vazifasini bajaruvchi, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan moslamalar, organik chiqindilarni utilizatsiya qiladigan ekologik toza va foydali tarkibga ega biogaz qurilmalari shular jumlasidandir.
– Mustaqillik yillarida turli sohalar, xususan, ilm-fanda yangi fikr va g‘oyalarga ega, bir necha chet tilini biladigan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanadigan avlod ulg‘aydi, – deydi Fizika-texnika instituti direktori o‘rinbosari Jasur Ahatov. – Ularning shijoati, tashabbuskorligi, mukammal g‘oyalarga egaligini dunyo mutaxassislari ham alohida e’tirof etayotir. Yosh olimlarimizning izlanishlari mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishi shubhasiz. Anjumanda ana shunday mutaxassislarimizning tadqiqotlariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiyada mamlakatimiz ilm-fanining bugungi rivoji, jahon sivilizatsiyasi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, jamiyatimizni modernizatsiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydiganfundamental tadqiqotlar, ilmiy-texnik dasturlar hamda innovatsion ishlanmalar kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda fizika fanining fundamental va amaliy masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, Fizika-texnika instituti direktori S.Lutfullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, fizik va texnik tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor barqaror o‘sishga erishish, ushbu sohalarda yoshlarning loyihalarini ommalashtirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Istiqlol yillarida barcha fanlar qatori fizika sohasiga qaratilgan e’tibor natijasida olimlar tomonidan samarali natijalarga erishilmoqda.
Bu kabi sa’y-harakatlar ilm-fanni rivojlantirish bilan birga, iqtisodiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda ilm-fan markazlarida qattiq jism nazariyasi, yuqori va o‘ta yuqori energiya va yarim o‘tkazgichlar fizikasi, shuningdek, quyosh energiyasini hosil qilish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ixtirolar qilinib, nazariy va amaliy ishlanmalar yaratilayotir.
Yosh mutaxassislar tomonidan yaratilgan quyosh energiyasi yordamida meva-sabzavotlarni quritish, turli fotoelektrik qurilmalar, quyosh energiyasi yordamida ko‘cha va maydonlarni yoritish tizimlari, quyosh energiyasi yoki yoqilg‘ida ishlaydigan suv chiqarish vazifasini bajaruvchi, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun mo‘ljallangan moslamalar, organik chiqindilarni utilizatsiya qiladigan ekologik toza va foydali tarkibga ega biogaz qurilmalari shular jumlasidandir.
– Mustaqillik yillarida turli sohalar, xususan, ilm-fanda yangi fikr va g‘oyalarga ega, bir necha chet tilini biladigan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanadigan avlod ulg‘aydi, – deydi Fizika-texnika instituti direktori o‘rinbosari Jasur Ahatov. – Ularning shijoati, tashabbuskorligi, mukammal g‘oyalarga egaligini dunyo mutaxassislari ham alohida e’tirof etayotir. Yosh olimlarimizning izlanishlari mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishi shubhasiz. Anjumanda ana shunday mutaxassislarimizning tadqiqotlariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiyada mamlakatimiz ilm-fanining bugungi rivoji, jahon sivilizatsiyasi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, jamiyatimizni modernizatsiyalash va rivojlantirishni ta’minlaydiganfundamental tadqiqotlar, ilmiy-texnik dasturlar hamda innovatsion ishlanmalar kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi majlislar zalida fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium ish boshladi.
Simpoziumda jahonning 26 mamlakatidan 85 nafar fizik olim va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Tadbirni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Shavkat Salixov va O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avaz Maraximov qutlov so‘zi bilan ochib bergan.
Xalqaro simpozium plenar yig‘ilishi “Spektr-Rentgen-Gamma" orbital observatoriyasi professori Rashid Syunyayev ma'ruzasi bilan boshlandi.
Olim yig‘ilganlarni observatoriya ilmiy dasturi bilan tanishtirdi. Uning ma'ruzasidan dasturning boshlanish tarixi, uning doirasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, kelgusi rejalar haqidagi ma'lumotlar o‘rin oldi.
Ma’ruzada ta'kidlanishicha, “Spektr-Roentgen-Gamma" ilmiy apparati Quyosh Yer tizimining Yerdan 1,5 mln km uzoqlikdagi L2 libratsiya nuqtasiga 3 oy davomida chiqariladi. Mazkur dastur 4 yillik muddatda faoliyat olib boradi. Uning asosiy maqsadi – koinot xaritasini tuzish hisoblanadi. Ushbu xaritada galaktikalarning yirik to‘dalari aks etadi.
Bu haqida so‘zlab berar ekan, professor Syunyayev koinotning bunday keng masshtabli xaritalarini vaqt bo‘ylab sayohatga qiyosladi.
Dastur doirasida koinotdagi barcha galaktikalarni kuzatish va o‘rganish nazarda tutilmoqda. Ularning umumiy soni taxminan 100-150 mingtani tashkil etadi.
Ma'ruza yakunida professor Syunyayev O‘zbekistondagi Maydanak observatoriyasining kosmik kuzatuv imkoniyatlari haqida so‘z yuritib, o‘zbekistonlik astrofizik olimlarni ham ushbu keng qamrovli loyihada ishtirok etishga chorladi.

Navbatdagi ma'ruzachi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, professor Shuhrat Egamberdiyev o‘z so‘zini O‘zbekistonning ilmiy salohiyati, asrlar davomida to‘plangan boy ilmiy merosi haqidagi ma'lumotlar bilan boshladi. Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy” jadvali, Samarqandda o‘rta asrlarda tashkil etilgan observatoriyaning jahonda astrofizika rivojiga qo‘shgan hissasi yana bir karra ta'kidlandi. Professor Egamberdiyevning ma'ruzasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan Maydanak observatoriyasi faoliyati, unda olib borilayotgan astrofizik tadqiqotlar mavzusiga bag‘ishlandi.


Janubiy koreyalik fizik olim, professor Li Boom Xunning ma'ruzasi esa so‘nggi yillarda dolzarb va qiziqarli mavzuga aylangan golografiya (predmetlarning 3D o‘lchamdagi tasvirlarini aks ettirish) va bu sohada nazariy fizikadagi so‘nggi tadqiqotlarga bag‘ishlandi.

Ta'kidlash joizki, mazkur xalqaro simpozium o‘zbekistonlik olimlarning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, fan va texnologiyalar sohasining eng so‘nggi yutuq va yangiliklaridan xabardor bo‘lishga qulay imkoniyat bo‘lish bilan bir qatorda, yoshlarning ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish va ilmiy faoliyatga qiziqishini orttirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston OTMlari nega xalqaro reytinglarga kira olmayapti?
Oyoqsiz yigit: inson irodasi chegara bilmaydi
UzAuto mashinalarining bir qismi magnitola bilan chiqmoqda. Xaridorlar qo‘shimcha to‘lov qilishadi
Go‘zallik axlatga botirilganda. Bu – tabiatni sevishmas, “layk” yig‘ish hirsi
Ko‘p o‘qilganlar
Samarqanddagi noodatiy mehmonxonani buzishga xulosa berildi. Tadbirkor qurilishga 3 million dollar sarflaganini aytmoqda
Oshadigan maosh-u jarimalar, yangi stipendiya turi va qoplab beriladigan turizm xarajatlari - 1 iyundan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi
Donbassdagi vaziyat so‘nggi haftada qanday o‘zgardi?

Sun’iy giyohvand moddalarni aniqlash va nanotexnologiya. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti nimalar bilan shug‘ullanadi?
Download 309.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling