O`quvchining daftarga bo`lgan yakka talabi
Bir birlik daftar narxi (P), so`m
|
1000
|
2000
|
3000
|
Talab miqdori (Qd), dona
|
1800
|
1600
|
1400
|
Manba: shartli raqamlar
Bu jadvaldagi talab (Qd) bilan narx (P) o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o`rtasidagi bog`liqlik analitik, ya′ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi:
Ushbu funksiyalardagi talab (Qd) va narxdan (P) biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo`ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz.
Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx bo`lganda talab , narx bo`lganda talab ga teng bo`ladi. Olingan qiymatlar grafikda ifodalanib, talab chizig`ini chizamiz (3.8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |