3.7-rаsm. Resurslar narxi o`zgarishi tasirida tаklifning o`zgаrishi
Taklif chizig`idagi (S) o`zgarishni tahlil qilishdan boshlaymiz. 3.7-rasmdan
ko`rinib turibdiki, narx P
1
bo`lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot
miqdori Q
1
ga teng. Endi xomashyo narxi pasaydi deb faraz qilaylik. Bu taklifga
qanday ta′sir qilishi mumkin?
Xomashyo narxining pasayishi, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatini
kamayishiga olib keladi. Xarajatning kamayishi esa ishlab chiqarish samaradorligini
oshib, ko`proq foyda olish imkoniyatini yaratadi. Bu o`z navbatida ishlab chiqarishni
rivojlantirishni rag`batlantiradi va ilgari foyda ko`rmagan firmalar uchun bozorga o`z
tovarlari bilan kirib kelish imkonini yaratadi. Demak, resurslar narxining
arzonlashuvi tovarning narxi o`zgarmagan taqdirda bozordagi mahsulot taklifini
ilgaridagiga nisbatan oshiradi va natijada taklif egri chizig`i o`ngga suriladi. Bunda
P
1
narxga Q
1
emas Q
2
hajmdagi mahsulot miqdori to`g`ri keladi. Bu holatda
mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi tovarning narxiga bog`liq emas. Shu
sababli taklif egri chizig`i (S) o`ngga (S
′
holatga) suriladi (3.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |