3-mavzu: tarixiy antropologiyaning yo`nalishlari va o`rganish metodlari. Reja


Download 175.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.11.2021
Hajmi175.22 Kb.
#177766
  1   2
Bog'liq
3-mavzu yuzasidan maruza matni (1)



3-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYANING YO`NALISHLARI VA  

O`RGANISH METODLARI. 

Reja: 

1. Fransiyada ―Annallar maktabi‖ va uni kelib chiqishi. 

2. Etnopsixologiya maktabi va uning shakllanishi va yutuqlari.  

Tayanch so`z va iboralar:

 

―Annallar‖ maktabi, L.Fevr va M.Blok, L.Levi-Bryul, ―odam 



geografiyasi‖, Etnopsixologiya maktabi, Psixologik antropologiya. 

Asosiy qism: 

Fransiyada  “Annallar  maktabi”  va  uni  kelib  chiqishi.  Keyingi  o‗n  yilliklarda  tarixiy 

antropologiya  faniga  qiziqish  butun  dunyoda  bo‗lgani  kabi  Rossiyada  ham  keng  yoyilib 

bormoqda.  Nima  sababdan  evolyutsiyaning  ma‘lum  bir  bosqichida  tarixchilarning  tarixiy 

antropologiya tomon keskin burilishi sodir bo‗ldi? Nima sababdan butun boshli tarix fani yangi 

usul, yangicha qarashga qiziqib qoldi? Albatta tarix fanidagi bunday keskin burilishda mentallik 

tarixining alohida o‗rni borligini alohida aytib o‗tishimiz kerak. 

―Annallar‖ maktabining bir nechta avlodi o‗zlarining ideallariga, ayniqsa umumqamragan 

tarix jurnaliga, L.Fevr va M.Blokning ―total‖,  jurnaliga sodiq qolishdi. Ammo, yuqoridagi ideal 

jurnallarga  ergashishga  ham  ―annalchilar‖ning  o‗zlari  tomonidan  ham  turli  davrlarda  turlicha 

tushunilgan. 

Tarixiy  antropologiya  tongidagi  eng  yirik  tarixchilaridan  biri  M.Blok  bo‗lib,  uning 

―Mo‗jizakor  qirollar‖  degan  asari  1924-yilda  chop  etildi.  M.Blok  o‗zining  bu  ishida  ―qirollik 

hukumatini g‗ayritabiiy  xarakterga ega ekanligi‖ to‗g‗risida  yozadi.  Bunday qirollik Angliyada 

va  Fransiyada  o‗rta  asrlardan  boshlab  XVIII  asrlargacha  bo‗lgan  davrlardagi  davlatlarda 

qirollarni  ulug‗lash,  ularni  g‗ayritabiiy,  turli  mo‗jizaviy  kuchga  ega  ekanliklarini,  hatto  turli 

kasalliklarni davolashi mumkinligi to‗g‗risidagi g‗ayri ilmiy qarashlarni yozadi.  

Bu  muammo  muallif  tomonidan  har  tomonlama  tahlil  qilingan.  M.Blok  xuddi  shunday 

qadimgi  asoslardan  davolanish  an‘anasi  XI–XII  asrlardan  boshlangan  desa,  hozirgi 

tadqiqotchilar  boshlanish  vaqtini  yuz  yil  keyinroqqa  –  XIII  asr  o‗rtalarigacha  surishgan;  u 

shunga teng keladigan marosimni o‗rta asr yodgorliklaridagi tasvirlar asosida hamda monarxlar 

to‗g‗risidagi  rivoyatlar  asosida  o‗rgandi.  Muallif  eng  asosiy  diqqat  va  e‘tiborni  ―qirollik 

mo‗jizasi‖ga  qaratishni,  qirollik  boshqaruvi  ilohiy,  mujizaviy  tushunchalar  bilan  bog‗liq 

ekanligini yozdi. 

Blokning  aytishicha  bu  ishonch  ―dunyoni  qurilishini  tushunishning  butun  boshli 

konsepsiyasi‖ bilan bog‗liq. Hozirgi zamon fanida ―mentallik‖ deb qabul qilingan bu yo‗nalish 

bo‗yicha M.Blok juda kamdan-kam hollarda mentalite so‗zini ishlatadi. Ko‗pincha u ―jamoaviy 

tushunchalari‖,  ―jamoa  ongi‖,  hatto  ―jamoaviy  adashishlar‖  kabi  so‗zlarni  ishlatishni  yaxshi 

ko‗radi. 

M.Blok  davridagi  atamashunoslikdagi  bunday  turli-tumanlik  bu  fanning  ma‘lum  bir 

sohasidagi  yo‗nalishni  aniqlana  boshlaganligidan,  uning  endigina  tug‗ilayotganligidan  darak 

berar edi. Shu narsa ham muhimki, birinchi jahon urushi yillari dunyoning eng yirik olimlari turli 

mamlakatlarda  parallel  ravishda  bir  xil  muammoni  –  o‗rta  asrlardagi  xalq  ommasining  ongini 

streotiplari  kabi  muammolarni  o‗rganishdi;  jumladan,  1919-yilda  Yoxan  Xeyzinning  ―O‗rta 

asrning kuzi‖ – XIV–XV asrlarda ―Hayot ukladining shakli va tafakkur shakllari‖ nomli kitoblari 

chop etildi

1

.  



Shunday  qilib,  tarixchilar  asta-sekinlik  bilan  yangi  tadqiqot  hududini  topishdi,  bu 

yo‗nalishga fransuzcha ―mentallik tarixi‖ degan atama bilan atashdi.     

Qiyin tarjima qilinadigan ―mentallik‖ (mentalite) Fransiyada XIX asrning oxiri XX asrning 

boshlarida keng tarqaldi. Bu nom ―dunyoni ko‗rish‖ (mirovozrenie) ma‘nosida ishlatildi. Ammo 

bu narsa juda ko‗p hollarda kollektivning ongiga, ayniqsa uning oddiylik (arxaiklik) soyasi bilan 

berilar edi. 

                                      

1

 Flechner, Roy (2013), "The Chronicle of Ireland: Then and Now", Early Medieval Europe, 21 (4): 422–54 




L.Levi-Bryul  hozirgi  zamon  ―sivilizatsiyali‖  odamining  mantiqli  tafakkuridan  ilgari 

―pralogik‖  tafakkurga  ega  bo‗lgan  odamlar  yashagani  to‗g‗risida  fikr  yuritadi.  A.Vallon 

―Ibtidoiy  mentalitet‖  (La  mentalite  primitive,  1926)  kitobini  yozdi.  M.Blokning  ―Mo‗jizakor 

qirollar‖ nomli kitobi unchalik ko‗p bo‗lmagan, ammo hammaga namuna bo‗ladigan L.Fevra va 

A.Pirenna kabi tarixchi olimlar tomonidan kutib olingan, ayrimlar kitobning mazmunini ―ajoyib‖ 

deyishgan bo‗lishsa, boshqa birlari ikkinchi darajali deyishdi.  

Shundan keyin M.Blokning o‗zi bu masalaga qaytib yaqinlashmadi. U ko‗proq iqtisodiy va 

ijtimoiy strukturalarni o‗rganishga kirishdi. Ammo u o‗zining ―Feodal jamiyati‖ nomli kitobida 

alohida bo‗lim qo‗shib, bu bo‗limning nomi ―Sezgining o‗ziga xosligi  va tushuncha obrazlari‖ 

nomi  bilan  atadi.  Bu  yerda  mentallik  sintezning  bir  qismi  sifatida  namoyon  bo‗lmoqda  va  bu 

narsa o‗rta asr obrazini to‗laligicha tiklashga imkoniyat beradi dedi. 

Muallifning  tirikligida  kitob  o‗zining  obyektiv  bahosini  olmadi.  Ammo  uning  vafotidan 

keyin, o‗tgan asrning 70-80-yillarida shu kitobning qayta nashri (1983) so‗zboshisida J.Le Goff 

―M.Blok tarixiy antropologiyaning asoschisi‖ bo‗lganligini yozadi. 

M.Blokning  do‗sti  va  hamfikri  Lyusen  Fevrning  ijodiy  evolyutsiyasi  boshqacha  edi:  u 

ijtimoiy  va  ekologik  tarixdan  (―odam  geografiyasi‖)  o‗zining  yetuk  davrida  g‗oyalar, 

madaniyatlar,  psixologiyani  o‗rganishga  o‗tdi.  Ayniqsa,  uning  yetukligi  mentalitet  tarixini 

o‗rganishda  ko‗rinadi.  Uning  bir  qator  maqolalari,  ―Tarix  va  psixologiya‖  (1938),  ―Folklor  va 

folklorchilar‖  (1939),  ―Sezuvchanlik  va  tarix‖  (1941)  kabi  kitoblarida  u  bir  qancha  fanlararo 

tadqiqotlarini  tarixchilar,  filologlar,  psixologlar,  sotsiologlar,  folklorchilar  bilan  birgalikda 

ko‗tardi. 


Download 175.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling