3 mavzu. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish konsepsiyalari. Reja


Download 276.15 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi276.15 Kb.
#241674
1   2   3   4
TMN ning funksional arxitekturasi.

TMN ning funksional arxitekturasi funksional bloklar yordamida tushuntiriladi. Ularning orasida asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

Tarmoq elementining funksional bloki (Network Element Function, NEF);

Operatsion tizimning funksional qismi (Operations System Function, OSF);

Ishchi stansiya funksional qismi (Work Station Function, WSF);

Mediator funksional qismi (ulanishni amalga oshiruvchi oraliq qurilma) (Mediation Function, MF);

Q adapter funksional bloki Q-Adapter Function, QAF;

NEF boshqarilish lozim bo’lgan tarmoqning ixtiyoriy elementi hisoblanadi. OSF boshqaruv ma’lumotni qidirish, saqlash va ishlashni ta’minlaydi. Mana shu funksional bloklar TMN ning asosini tashkil etadi. WSF operator va boshqaruv tizimsi orasida odam-mashina interfeysini shakllantiradi. MF ning asosiy ishi NEF va OSF orasida o’tayotgan ma’lumotni qayta ishlash bo’lib, unda ma’lumotni oraliq qayta hisoblash va saqlash, protokolni o’zgartirish va shu singari vazifalar bajariladi. QAF tarmoq elementlari yoki operatsion tizimlar bilan o’zaro muloqot qilishga mo’ljallangan. Bu funksional TMN da nazarda tutilmagan interfeyslar asosiy obyektlar bilan ishlashni tashkil etadi.



Funksional bloklar orasida turli xil tipli egallagan nuqtalar belgilangan bo’lib, ular q, f i x deb belgilanadi:

3.3-rasm. TMN funksional arxitekturasiningsoddalashtrilgan sxemasi.


q3 – o’rtadagi satxlarni OSF hamda OSF i MF, NEF yoki QAF;

qx – ikkita MF orasida va MF, NEF yoki QAF;

f –WSF va OSF yoki MF orasida;

x – har xil tizimlarga tegoishli OSF, har xil tizimlarga tegishli (3.3-rasm).

Bu rasmda OSF QAF, NEF, MF lar orasida q3, WSF OSF MF orasida f o’tgan nuqtalarqo’llanilishi ko’rsatilgan.

26.09.2017



TMN informatsion arxitekturasi.

TMNning informatsion arxitekturasi tanlangan ochiq tizimlar (OSI) o’zaro ta’sirlanish modeliuchun obyektni yo’naltirilgan yondashuvga asoslangan boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqadi. Bunday texnologiyada ma’lumotalmashinuvida ko’rib chiqilayotgan boshqaruv obyektlar atamalari shaklida yoritiladigan ayrim resurslar holatida ifodalanadi, ya’ni resurs ustida boshqarish amalga oshiriladi yoki boshqaruv bo’yicha ayrim funksiyalarni ta’minlashuchun xizmat qiladigan resurs tushiniladi. Shunday qilib, boshqariladigan obyekt shu singari resursning absraksiyasi bo’lib, unda boshqaruv nuqtai nazaridan tanlangan obyektning xususiyatlari aks ettirilgan bo’ladi.


Boshqariladigan ob’yekt quyidagilar bilan xarakterlanadi:

atributlar;

qo’llanilishi mumkin bo’lgan boshqaruv amallari;

u tomonidan shakllantiriladigan ko’rsatmalar;

boshqaruv buyruqlariga javob yoki ta’sirlarga aks javob bo’lishi mumkin bo’lgan harakatlar.

Aloqa tarmog’ining boshqarish amaliy informatsion jarayoniga o’xshaydi. Chunki tegishli boshqariladigan muhit taqsimlangan bo’lib, u holda tarmoqning boshqaruvi taqsimlangan jarayon bo’ladi. Bu o’z navbatida turli tarmoqlarning mintaqaviy va fizik resurslarini nazorat va monitoring qilish maqsadida boshqaruv protseduralari o’rtasida ma’lumot almashinuvini tashkil etish zaruriyati paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi, ya’ni kommutatsiya va uzatish resurslari bilan ishlashga imkon yaratildi.

Boshqaruv xabarlarini uzatish protokoli sifatida boshqaruvning umumiy ma’lumot protokoli CMIP ishlatiladi. Bu yerda boshqaruv tizimi uchun xizmatlar to’plami ta’minlanadi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

ob’yekt atributining qiymatini almashtirish yoki o’chirish, qo’shish;

atribut qiymatini o’qish;

oldin kiritilgan xizmatlardan bittasini bekor qilish;

ma’lum harakat bajarishga mo’ljallangan obyektga so’rovnoma yuborish;

obyektlarni yaratish jarayoni;

obyektlarni o’chirish jarayoni;

Obyektlarni boshqarish uchun “menejment-agent” strukturasi taklif etilgan.

Menejer bu yerda taqsimlangan jarayonning bir qismi bo’lib, unda boshqaruv amalni bajarish va ko’rsatmalarni olish uchun buyruqlar yuboriladi.

Agent tegishli boshqarilayotgan obyektlarni nazorat qiladigan, to’g’ridanto’g’ri sodir bo’ladigan jarayonlarning bir qismi. U menedjer tomonidan yuborilayotgan buyruqlarning bajarilishi uchun javob beradi va o’ziga bo’ysunadigan obyektlar hatti harakati to’g’risida ma’lumot yuboradi.


TMN fizik arxitekturasi.

TMN fizik arxitekturasi yuqorida qayd etilgan funksional bloklarning fizik amaliy qo’llanilishi shaklidagi tashkil etuvchilardan iborat. Uning ko’rinishi 3.4 - rasmda ko’rsatilgan.Bundan tashqari, bu arxitektura ma’lumot uzatish tarmog’i va tashkil etuvchi qismlar orasida o’zaro muloqot qilishiga mo’ljallangan interfeyslarni o’z ichiga oladi.



Har qanday yuqorida sanab o’tilgan etalon nuqtaning har qaysisi tegishli interfeys shaklida amalda bajariladi. Interfeys F ishchi stansiyalarning operatsion tizim va mediatorlar bilan aloqasi uchun mo’ljallangan. Interfeys X turli xil operatsion tizimlar orasida ishlatiladi, ya’ni TMN da ma’lumot uzatish tarmog’i orqali har xil TMN da operatsion tizimlar orasida ma’lumot almashinuvi uchun mo’ljallangan.Interfeys Q tarmoq elementi, operatsion tizim, mediator va Q adapterlar orasida o’zaro ta’sirlanish ma’lumot uzatish tarmog’i orqali ro’y beradi. Interfeys Q3TMN da markaziy rolni bajaradi. U operatsion tizim, mediator, Q adapter va tarmoq elementlari mediator funksiyalarni o’zida saqlagan holda bog’lanish uchun xizmat qiladi. Interfeys Qx tarmoq elementi va Q adapterni mediatorga ulanish uchun ishlatiladi.

3.4 -rasm. TMNning soddalashtirilgan fizik arxitekturasi.

Hozirgi kunda eng ko’p ishlangan TMN da ishlatiladigan interfeys Q3 hisoblanadi. Quyi satxlarga tegishli protokollarning 7 ta ehtimolli profillari mavjud. Ular ma’lumot uzatish tarmoqning tashkil etilishi, ishlash rejimi (ulanish belgilanishini yoki bunday emasligi) bilan bir biridan farqlanadi. Bundan tashqari 2 ta qisqartirilgan profillar belgilangan. Ularda 4 dan 6 gacha bo’lgan satxlar keltirilgan. Bu profillardan,masalan plezioxronli uzatish asbob-uskunalari uchun foydalalanishimiz mumkin.

OSI modelining amaliy pog’onadahamma profilda CMIP va FTAM (File Transfer, Access and Management) protokollaridan foydalanish tavsiya etiladi. Oxirgisi katta hajmdagi ma’lumotni uzatish maqsadida qo’llaniladi (statistik ma’lumotlarni uzatishda zarur bo’ladi).




Download 276.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling