3 mavzu. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish konsepsiyalari. Reja


Download 276.15 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi276.15 Kb.
#241674
  1   2   3   4

3 MAVZU. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI BOSHQARISH KONSEPSIYALARI.
Reja:

3.1. Telecommunication Management Network ning umumiy tamoyillari.

3.2. TeleManagement Forum (TMF) asosida telekommunikatsiya tarmog’ini boshqarish.

3.3. Telecommunications Information Networking Architecture Consortium boshqarish konsepsiyasi.


3.1. Telecommunication Management Network ning umumiy tamoyillari.
Telekommunikatsiya tarmog’ida TMN kontsepsiyasiga asosan, samarali boshqaruvni ta’minlash maqsadida boshqaruv jarayonlarning hammasini quyidagi satxlarga ajratish nazarda tutiladi:

Tarmoq elemenlarni boshqarish satxi;

Tarmoqni boshqarish satxi;

Xizmat ko’rsatishni boshqarish satxi;

Biznesni boshqarish satxi;

Operator boshqaruvning umumiy boshqaruv tizimida har bir satx o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. (3.1 - rasm)



Bu yerda ko’rsatilgan tarmoq elementlarni boshqarish satxi telekommunikatsiya tarmog’ining asosini tashkil etadi, ya’ni ular boshqaruv obyekti hisoblanadi. Tarmoq elementlari sifatida kommutatsion stansiyalari, uzatish tizimsi, multipleksorlari, testlash asboblash asbob-uskunalar komplekti va shu singarilarni ko’rsatish mumkin.

3.1 - rasm. TMN modelining satxlari.


Tarmoqelementlariniboshqarishsatxiayrimelementlaryokiularningto’plamiganisbatanishlashininazoratqilish, faoliyatiniparametrlardaaksettirish, texnikxizmatko’rsatish, tekshirish, tuzilmanikonfiguratsiyasiniishlabchiqishmasalalarinihaletishgaqaratilgan.

Tarmoqniboshqarishsatxitarmoqelementlarivaularningo’zaroaloqalarinihamdahammatarmoq, resurslariniboshqarishorqalibutuntarmoqniboshqarishimkoniyatipaydobo’ladi.

Xizmat ko’rsatishni boshqarish satxi, quyida joylashgan satxlardan farqli ravishda, ya’ni bir-biri bilan uzviy bog’langansatxlardan farqli ravishda ko’proq iste’molchi bilan bog’liq masalalarni hal etadi. Bungacha bo’lgan satxlar texnik vositalar bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, qayd etilgan satxda xizmat ko’rsatishni to’xtatish va taqdim etish, tegishli rejalashtirish ishlarini olib borish, nazorat qilish va shu singari masalalar asosiy hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish sifati eng muhim omil hisoblanadi.

Biznesni-boshqarish satxi yoki administrativ boshqaruv satxi telekommunikatsiya tarmog’ida operator kompaniyaning faoliyatini belgilab beradi. Shu satxda tashkiliy va moliyaviy savollarga javob topiladi, boshqa aloqa tarmoqlarning operator –kompaniyalari bilan o’zaro muloqot amalga oshiriladi.

Bunda ITU-T ning tavsiyasiga ko’ra parallel ravishda TMNning funksional sohalarini belgilanadi. Funksional sohalar bu -maxsus tartibda boshqaruvning ayrim jarayonlarini abstrakt aks ettirishga qaratilgan telekommunikatsiyani boshqarish funksiyalar guruhining tashkil etilgan to’plami. TMN da 5 ta shunday sohalar yoritiladi:

Ishchi xarakteristikalarni boshqarish;

Texnik xizmat ko’rsatishini boshqarish;

Konfiguratsiyani boshqarish;

Xavfsizlik timini boshqarish;

Hisob kitoblarni boshqarish.

TMN tarmog’ida hamma ma’lumot maxsus spetsifikatsiya bilan belgilanadigan ma’lum model asosida tuziladi. Unda yoritish tili ASN.1 hisoblanadi. Bu yerda obyektlar orasida o’zaro muloqot “mijoz-server” asosida amalga oshirilsa, asosiy boshqaruv tamoyili CMIP protokoliga asoslangan.

TMN va telekommunikatsiya tarmog’i orasida o’zaro muloqot 3.2 - rasmda ko’rsatilgan.Boshqaruv jarayonida operatsion tizimlar tegishli funksiyalarni bajarish uchun butun ma’lumotni qayta ishlashni amalga oshiradi. Ishchi stansiyalar foydalanuvchilar interfeysining ishlashini ta’minlaydi. Buning natijasida boshqaruv tarmog’i bilan xizmat ko’rsatuvchi personal orasida o’zaro muloqot bajariladi. Ma’lumot uzatish tarmog’i tarmoq elementlar, operatsion tizim va TMN ning boshqa tashkil etuvchilari orasida aloqa funkitsiyasini bajaradi.



3.2 -rasm. TMN va telekommunikatsiya tarmog’i orasida o’zaro muloqot sxemasi.

Bu yerda texnologiya operatsion tizim va alohida vosita bilan sodda ulanish shaklidan turli tilga mansub telekommunikatsion apparatura va operatsion tizimlar qamrab olgan juda katta tarmoqqacha bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, TMN umuman mustaqil tizim bo’lib, unda ma’lumot olish va boshqarishni ta’minlash maqsadida bir nechta nuqtadagi telekommunikatsiya tarmoqlari orasida interfeysni tashkil etishga asosiy faaoliyati qaratilgan. Ammo, TMN da bir vaqtda telekommunikatsiya tarmog’ining resurslarini o’zidagilarni ulanishlarni ta’minlash uchun foydalanishni nazarda tutilgan.


Download 276.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling