Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transportida tashish
Suyultirilgan uglevodorod gazlarni – propan, butan va izobutan aralashmasidan tashkil topgan bo`lib, ular ma‘lum bir yuqori bosim ko`rsatgichida (0,8 MPa) suyuq holatga o`tadilar. Oddiy sharoitda gaz holatda bo`lishligi, ularning kimyo sanoatida xom – ashyo sifatida va iste‘molchilar tomonidan esa yoqilg`i sifatida ishlatish imkoniyatini sodir etadi. Undan tashqari ularning suyulishi natijasida hajmlarini kamayshi, barcha turdagi transport vositalari: temir yo`l, quvur transporti, suv yo`li, avtomobil hamda aviatsiya transporti orqali tashish mumkin bo`ladi. Suyultirilgan gazlarni temir yo`l transporti orqali – sisternalar va ballonlar bilan jihozlangan vagonlarda tashiladi. Maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan sisternalar hajmi va ishlatish maqsadlariga ko`ra bir – biridan farq qiladilar. Propanni tashishda hajmi 54 m3 bo`lgan sisternalardan, butanni tashishda 60 m3 sisternalardan foydalaniladi. Ikkala turdagi suyultirilgan gaz aralashmalarini tashishda esa, 98 m3 sisternadan foydalaniladi. Sisterna vagonlar: saqlovchi klapan, xizmat qilish maydonchasi, narvon, manometrni ushlab turuvchi quvurchalar bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan, sisterna ichida hosil bo`ladigan ortiqcha bosim – 2,16 MPa ga moslangan. Sisternalarning asosiy texnik ko`rsatkichlari (XII.1-jadval) da keltirilgan.
Temir yo`l orqali suyuq gazlarning ballonlarda tashish, yopiq vagonlarda amalga oshiriladi. Ballonlarning hajmi 50 l. dan bo`lib, ularning 360 tasi bitta 4 – o`qli vagonga ortiladi ballonlar vagonga tik yoki yotiq holatda otiladi. Xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida, ballonlar tik holatda bo`lganda ularga rezina xalqasi kiygaziladi, yotiq holatda bo`lganda esa, ular orasiga maxsus izolyatsiya materiali quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |