3-Mavzu. Temir yo`l transportida neft va uning mahsulotlarini tashish va temir yo`l estakadasi


Download 299.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1572137
  1   2
Bog'liq
3-mavzu.Neft va neft mahsulotlarini tashishning eng qulay usulini tanlash ( Temiryo\'l transporti)


3-Mavzu.Temir yo`l transportida neft va uning mahsulotlarini tashish va temir yo`l estakadasi
Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashishning asosan to’rt xil usuli mavjud: 1) suv transporti (barja va tankerlarda tashish),

  1. temir yo`l transporti (temir yo`l sisternalarida, konteynerlarda tashish), 3) quvur transporti (ma gistral quvur uzatgichlar orqali haydash), 4)avtomobil transportida. Ayrim xolatlarda havo transportidan foydalaniladi.

Gaz holatida bo`lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali transport qilinadi.
Boshqa transport vositalari ichida neft va uning mahsulotlarini tashishda, temir yo`l transporti asosiy o`rinni egallaydi. Bu transport orqali umumiy tashiladigan neft va uning mahsulotlarining 40% tashiladi. Asosan bu mahsulotlar vagon – sisternalarda, taxminan 2% esa bochkalarda, bidonlarda va konteynerlarda tashiladi. Vagon sisternalarining yuk ko`taruvchanlik qobiliyati 25, 50, 60, 90 va 120 t/m3 bo`lib, ular ichida ko`p ishlatiladigan 50 va 60 m3 sisternalar hisoblanadi.Bu vagonlar universal to`kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqori qismida bo`lib, sisterna ichidagi bosimni kerakli ko`rsatgichda moslab turadi. Lyuk (murkan) ham yo’qori qismida joylashgan bo`lib, u orqali ta‘mirlash ishlarini, tozalash hamda mahsulotlarni qo`yish va qizdirish jarayonlari amalga oshiriladi. Universal to`kuvchi asbob (d=200mm) pastki qismida o`rnatilgan bo`lib, u orqali mahsulot to`kiladi (oqizib olinadi). Sisternalarning tashqi yuzasida qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi. O`rnatilgan to`kuvchi asboblar turli xil bo`lib, qizdiruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Masalan: UTQA – universal to`kuvchi quyuvchi asbob – qizdirmasdan to`kib, qo`yishga mo`ljallangan. Yuqori qovushqoq va yuqori haroratda qotuvchi neft va uning mahsulotlarini tashuvchi vagon sisternalar tashqi isituvchi ko’ylak yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo`ladilar. Yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini sisterna ichida qizdirish, o`rnatilgan quvur sektsiyalari orqali suv bug`ini o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Sisternalarning tashqi yuzasida 174 qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi. Issiqlikni isrof bo`lmasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolyatsiya qoplamasi bilan o`ralgan bo`lib, uning usti va esa metall qavati bilan o`ralgan bo`ladi. Bunday sisternalarni maxsus «Termos» sisternalari deb ataladi. BUTQA – bug` bilan; EUTQA – elektr energiya bilan qizdiriladi.

Hozirgi paytda pastdan to`kuvchi va quyuvchi turdagi asboblar sifatida avtomatlashtirilgan to`kuvchi va quyuvchi; ASN – 7Vb ASN – 8B6 SPG – 200 asboblaridan foydalaniladi. SAN – 7B suyuq mahsulotlar, SAN – 8B quyuq, SNG – 200 yuqori qovushqoq neft mahsulotlari uchun ishlatiladi. BUTQA – bug` bilan; EUTQA – elektr energiya bilan qizdiriladi. Turli surkovchi yog`lar, smazkalar yuk ko`taruvchanlik qobiliyati 2,5 va 5 tonna sisterna – konteynerda tashiladi. Ular ham bug` ko’ylagi bilan ta‘minlangan bo`ladilar. Temir yo`l estakadasi . Temir yo`l orqali sisterna, konteyner va bochkalarda keltirilgan mahsulotlarni to`kish yoki ularga solib ortish, neft mahsuloti ombori zonalaridan bi ri bo`lgan temir yo`l estakadasida amalga oshiriladi. Temir yo`l estakadasi asosiy magistral yo`lning neft mahsuloti omboridagi berk shahobchasi hisoblanadi. iloji boricha (yukni tushirishda) maydonning eng yuqori joyiga yoki (yuk ortishd a U quyishda) eng past bo`limida joylashtiriladi. Yuklarni tushirish va ortish jarayonlarida sisternalarni o`zicha harakatlanmasligi uchun estakada, gorizontal yo`nalishi bo`yicha tekis bo`lishi kerak.

XII. 3rasm. 1Temir yo‘l berk estakadalarining umumiy idishli yuklar ombori; 2chizmasi: quyish va to`kish estakadalari. Umuman, quyish va to`kish jarayonlari sisternalarni ustidan va pastidan amalga oshirish mumkin. Lekin bu jarayonlarni yuqorisida amalga oshirilsa, mahsulotlarni ko`p isrof bo`lishi sodir bo`ladi hamda to`kish va quyish sistemasida havo to`siqlari o hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida sistemaga qo`shimcha vakuum nasosini ulashni taqoz etadi. Pastdan to`kishda (quyishda) yuqorida keltirilgan salbiy kamchiliklar sodir bo`lmaydi. Quyida pastdan va yuqoridan to`kish (quyish)ning umumiy chizmasi berilgan.

Yuk ortilgan vagon – sisternalari temir yo`l estakadasiga kirib keladigan yo’nalishlar soni va ulardagi sisternalar soni, neft mahsuloti omborining mahsulot almashtirish ko`rsatkichiga bog`liq bo`ladi. Shularga ko`ra estakada soni hamda uning uzunligi hisoblash orqali aaniqlanadi va quyidagicha amalga oshiriladi. 177 Yillik yuk almashinish miqdoriga ko`ra, sutkalik va almashish (mahsulotlar bo`yicha) miqdori aniqlanadi.
Qsut=QyK2/365; tonna
Bu yerda Qyyillik yuk almashish miqdori, tonnada;
K1- neft mahsulotining olib kelish va olib ketishdagi notekislik koeffitsiyenti = 1,5;
K2–temir yo`l transportining bir xilda kelmaslik koeffitsiyenti =1,5.
Har bir neft mahsuloti uchun kerakli sisternalar soni aniqlanadi:
Nts= Qsut/Qs dona
Bu yerda Qs – sisternaning yuk ko`taruvchanlik qobiliyati, t.

  1. Umumiy sisternalar soniga va ularning uzunligiga ko`ra (XII.1-jadval bo`yicha) temir yo`l estakadasining turi (tipi) aniqlanadi.

  2. Eslatma: Yo’nalishdagi sisternalar soni 6 tadan ortiq bo`lsa, ikki tomonli estakada turi tanlanadi. Quyuvchi (to`kuvchi) moslamalar sonini aniqlash. Quyuvchi (to`kuvchi) moslamalar sonini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Mahsulotlar bo`yicha (umumiy miqdori) sutkalik yuk almashishi miqdoriga ko`ra (XII.1-jadval bo`yicha) to`kuvchi moslamaning turi va uning ishlab chiqarish qobiliyati tanlanadi va quyidagi ifoda yordamida uning soni aniqlanadi:

  3. N=ΣQsut/qkτρ, dona

Bu yerda Qsut – neft mahsulotlari bo`yicha sutkalik yuk almashishning umumiy miqdori;
q –to`kuvchi moslamani ishlab chiqarish qobiliyati , m3/ soat;
τ-tarqatadigan moslamalarning sutkadagi ishlash vaqti = 7soat;
k – to`kuvchi moslamalardan foydalanish koeffitsiyenti;
p- neft mahsulotining zichligi, t/m3.

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling