3-mavzu. Tеrmоdinаmik sistеmа vа uning tа`rifi. Sistеmаning iсhki enеrgiyasi vа issiqlik sаqlаmi – entаlpiya
Download 218.27 Kb.
|
3- ma`ruza-
Ochiq sistеma – tashqi muhit bilan ham modda, ham enеrgiya almashadi.
masalan: ochiq kolbadagi eritma. 2. Yopiq sistеma – tashqi muhit bilan modda almashmaydi, enеrgiya almashadi. masalan: usti yopiq kolbadagi eritma. Yоpiq sistemaga issiqlik о’tishi yoki undan ajralishi mumkin; sistema turli о’zgarishlarga duch kelishi mumkin. Bunda u tashqi muhit bilan issiqlik va ish olish-berish bilan olmashinadi. Bunda ham sistemada ham tashqi muhitda о’zgarish sodir bо’ladi. Agar chegara issiqlik о’tkazmasa, sistemada sodir bо’ladigan barcha jarayon adiabatik deyiladi. Agar sistemaning xossalari о’zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlari bilan ajralmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari biri-biridan chegara sirtlari bilan ajralsa, bunday sistema geterogen sistema deb ataladi. Sistemaning barcha kimyoviy va fizikaviy xossalarining umumlashmasi (jamlamasi) uning holati deb yuritiladi Termodinamikaning funksiyalar qiymati faqat sistemaning holatiga bog’liq bо’lsa holat funksiyasi deyiladi. Xolat funksiyasining u yoki bu jarayonda о’zgarishi sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq bо’lib, uning о’tish, о’zgarish yо’liga bog’liq emas (misol, ichki energiya U, entalpiya va x.k.)
Agar jarayon mobaynida termodinamik sistema о’zining boshlang’ich holatidan chiqib, bir qancha о’zgarishlarga duch kelib, sо’ngra qandaydir yо’l bilan dastlabki holatga qaytsa - aylanma jarayon yoki sikl deyiladi. Bunday jarayonda sistema holati funktsiyasining о’zgarishi nolga teng bо’ladi. Barcha termodinamik funksiyalar holat funksiyasi bо’la olmaydi. Sistemaga yutilayotgan yoki undan chiqarilayotgan issiqlik miqdori (Q), sistemada bajarilayotgan ish miqdori (A) - sistemaning faqat dastlabki va oxirgi holatiga bog’liq, bо’lmay, bir holatdan boshqa holatga о’tish qanday usulda va qanday yо’l bilan sodir bо’lishiga bog’liq. SHuning uchun bular jarayonning funksiyasidir. Termodinamikada quyidagi belgilar qabul qilingan. Agar sistema tashqi muhit bilan energiya almashayotgan bо’lsa, sistemaga olinayotgan energiya miqdori (+) ishora bilan, sistemadan berilayotgan energiya (-) bilan belgilanadi. Termodinamik sistemada jarayonlar doimiy bosimda (ochiq kolbada boradigan kimyoviy reaksiya) yoki doimiy hajmda (masalan avtoklavda) ketishi mumkin. Doimiy bosimda sodir bо’ladigan jarayon izobarik, doimiy hajmda sodir bо’ladigan jarayon izoxorik jarayon deb yuritiladi. Doimiy haroratdagi jarayon T = const izotermik, issiqlik о’zgarmaydigan jarayon Q = const adiabatik jarayon deyiladi. Download 218.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling