Asosiy tushunchalar Ma’lumki, birdan ortiq fazasi bo’lgan sistema – geterogen sistema deb ataladi. Ho’sh, “faza” deganda nima nazarda tutiladi? Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlari bilan ajralgan, ulardan o’z termodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan sistemaning bir jinsli qismiga faza deyiladi. Suyuq va qattiq fazalar kondensirlangan fazalar deb ataladi. Birdan ortiq fazalardan tashkil topgan sistemadagi muvozanatni geterogen yoki fazaviy (fazalararo) muvozanat deb ataladi. Bu xolatda sistema fazalar soni, tarkibi va termodinamik xossalari bilan ҳarakterlanadi. Sistemadan ajratib olinishi va alohida mavjud bo’la olishi mumkin bo’lgan sistemaning tarkibiy qismiga komponent deyiladi. Masalan KNO3 ning suvdagi eritmasi misolida komponentlar soni 2 ga teng. Chunki KNO3 molekulasi eritmada faqat kaliy va nitrat ionlari ko’rinishida bo’lgani bilan alohida K va alohida NO-3 ionlarini ajratib olib bo’lmaydi. Agar muvozanat holdagi sistemada komponentlar orasida kimyoviy reakstiya borsa, komponentlar sonini topish uchun tarkibiy qismlar sonidan kimyoviy reakstiyalar soni ayiriladi. Misol CaCO3, CaO, CO2 sistemasida quyidagicha reakstiya beradi: CaCO3 = SaO + CO2 Bu sistemada uchta komponent mavjud bo’lsa ham komponentlar soni 2 ga teng. Har qanday fazaning tarkibini – aniqlash uchun lozim bo’lgan tarkibiy qismlarning eng kichik soni erkli komponentlar soni deyiladi. Umuman, erkli komponentlar soni muvozanat sistemasini tashqil qiluvchi tarkibiy qismlar sonidan shu qismlarni boglovchi tenglamalar sonini ayirmasiga teng. Yuqoridagi misolda Har qanday fazaning tarkibini – aniqlash uchun lozim bo’lgan tarkibiy qismlarning eng kichik soni erkli komponentlar soni deyiladi. Umuman, erkli komponentlar soni muvozanat sistemasini tashqil qiluvchi tarkibiy qismlar sonidan shu qismlarni boglovchi tenglamalar sonini ayirmasiga teng. Yuqoridagi misolda 3-1=2 ga teng. Sistemaning termodinamik xossalari–temperatura, bosim, hajm, konstentrastiya bilan harakterlanadi. Sistemaning termodinamik xossasini aniqlash uchun zarur bo’lgan parametrlarning eng kichik soni – erkinlik darajalar soni deyiladi. Masalan, sistema gaz holatdagi bir komponentdan iborat bo’lsin. Gazlar holat tenglamasini (PV=nRT) nazarda tutib, bu sistemaning termodinamik holatini aniqlash uchun kamida ikki parametr qiymati ma’lum bo’lishi kerak. Demak, bu misolda erkinlik darajasi 2 ga teng. 2-misol. Ma’lum bir suyuqlik o’zining bug’i bilan muvozanatda turgan bo’lsin (T=const) . Ma’lumki, suyuqlikning bug’ bosimi faqat temperaturaga bog’liq va u o’zgarmas temperaturada o’zgarmas kattalikdir. Ya’ni ma’lum temperaturada ma’lum bosim bo’ladi. Ikki parametr ma’lum bo’lgandan so’ng uchinchi parametr (holat tenglamasi bo’yicha) ham ma’lum bo’ladi. Demak bu sistemaning erkinlik darajasi birga teng ekan. Erkinlik darajalar sonining yana bir ta’rifi mavjud. Erkinlik darajalar soni fazalar sonini o’zgartirmasdan turib ma’lum chegarada o’zgartirilishi mumkin bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar (parametrlar) soniga teng. Buni yuqoridagi misollarda ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |