3-mavzu. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi mavzu rejasi: Tovar-moddiy zaxiralar (tmz) haqida tushuncha. Tmz lar hisobining asosiy vazifalari
Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu TMZ hisobi (1)
10. Xo‘jalik jihozlari va inventarlari hisobining o‘ziga hususiyatlari.
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi: a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan; b) xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega. Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: - xizmat muddati bir yildan oshmagan; - xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli. Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: - maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar); - maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; - ko‘rpa-to‘shaklar; - yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazolar); - oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar; - barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; - foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; - ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo). Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga kiritiladi. Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi. Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling