3
|
235U (AcU)
oilasi
|
4n+3
|
7,2·109 yil
|
Oilada 14 element bor oxirgisi turg‘n 207Pb
|
4
|
237Np oilasi
|
4n+1
|
2,2·106 yil
|
Oilada 14 element bor oxirgisi 206Bi
|
238U, 232Th, 235U (AcU) va 237Np oilalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Tabiiy radioaktiv oilalarga kirmaydigan tabiiy radioaktiv izotoplar
Jadval 2
Transuran elementlar
Elementlar davriy sistemasida urandan keyin joylashgan, (Z > 92) tabiatda uchramaydigan transuran elementlar siklotronlarda, reaktorlarda turli xil yadroviy reaksiyalar yoki portlashlarda hosil qilinadi. Birinchi transuran element 93Np237 (neptuniy-237) uran-238 elementini neytronlar bilan nurlantirish orqali hosil qilingan:
va transuran elementlar yadro reaktorida (n, ) reaksiyasi yordamida hosil qilingan:
Plutoniy-239 dan keyin joylashgan og‘ir transuran elementlar asosan Amerikada G.T. Siborg va Rossiyada G.N. Flerov boshchiligidagi fiziklar tomonidan hosil qilingan. 1964 yilda Dubna (Rossiya) shahridagi Birlashgan yadro tadqiqotlar institutida 104-element kurchatoviy olindi. Rossiya va AQSH da 1970 yilda 105-element nilsboriy olindi, 1974 yilda Dubna shahrida 106-element kashf qilindi. Og‘ir elementlarni katta miqdorda ajratib olish juda murakkab ish. Z = 101106 elementlarning bir necha o‘n yoki bir necha yuz atomlarigina olingan. Ular maxsus sezgirlikka ega bo‘lgan radiokimyoviy usullar yordamida ajratilgan. Elementlat davriy sistemasida Z = 89 aktiniydan boshlab 103-laurensiygacha bo‘lgan og‘ir elementlarning kimyoviy xususiyatlari o‘xshash bo‘lganligi sababli ular davriy sistemada aktinidlar guruhi deb ataluvchi guruhga birikadi. 104 va 105-elementlar bu guruhga kirmaydi. 104-elementning kimyoviy xususiyatlari gafniynikiga, 105-elementning xususiyatlari esa tantalga o‘xshaydi.
Transuran elementlarning tartib raqami Z ortib borishi bilan yarim yemirilish davri kamayib boradi. Masalan, 101-element mendeleyeviy-256 ning yarim yemirilish davri 1,5 soat, 104-element kurchatoviy-260 ning yarim yemirilish davri 0,3 sekund.
Do'stlaringiz bilan baham: |