3-mavzu: tuproq haqida umumiy tushuncha reja


Download 64 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1219997
1   2   3   4
Bilasizmi?
Tuproq yerning ustki quruqlikda yashovchi tirik organizmlarning yashash muhiti, makoni va oziqasi hisoblanib, litosferadagi hayotni bir maromda ushlab turuvchi vosita hisoblanadi. U azaldan jamiiyki tirik organizmlarni, jumladan, insoniyatni boquvchi bebaho ne’mat bo’lganligi sababli ham dunyo aholisi uni mehr bilan ardoqlab yerni-ona, ekinzorlarni esa-boquvchi deb ataydi.

Inson o’zi uchun zarur bo’lgan ozuqani o’simlik va hayvonlar yordamida tuproqdan oladi. Shuning bilan birgalikda u har bir mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Mamlakatimiz qomusining 55 moddasiga asosan yer umumxalq boyligi bo’lib, ular davlat muhofazasida bo’ladi. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda, qishloq-xo’jaligi keyingi taraqqiyotini ro’yobga chiqarishda, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan zaruratini yanada yaxshiroq qondirishda, yer boyliklaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligiga fan texnika yutuqlarini to’g’ri tashkil etish uning muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liq. Tuproq unumdorligini oshirish, uning sifati, bonitirovkasi, iqtisodiy bahosi, muhofazasini bilish, turli xil o’simliklarni tuproq holatiga ko’ra ilmiy asoslangan ketma-ketligi, tuproqqa ekologik toza ishlov berish agrotexnik usullari, o’g’itlash, eroziya, sho’rlanish, zichlanish va boshqalarga qarshi tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish tuproqni turli xil buzilishlardan asraydi. O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi», «Yer kadastri to’g’risidagi» qonun va boshqa agrar sohadagi islohatlarni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar va me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi, qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 2000-2010 yillarda-tuproqdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, qishloq xo’jaligini ilmiy jihatdan ta’minlashning huquqiy asosini yaratadi.


Tuproqning g’ovakligi, havo va suv o’tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va boshqa bir qator xususiyatlari tuproq zarrachalarining katta-kichikligiga va kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, biokimyoviy jarayonlarning amalga oshishida muhim hisoblanadi. Tuproq turli xil mineral va organik zarrachalardan iborat bo’lib, zarrachalar orasidagi bo’shliqlar havo, suv va millionlab turli xil organizmlardan tashkil topgan. Tuproqning o’z g’ovakchalari orqali suv, havo va harorat (issiqlik) ni qabul qilishi yoki o’rin almashinishi undagi mikroorganizmlarning yashashi o’simliklarning o’sishi va unumdorlik darajasining yaxshilashiga imkon yaratadi. Tuproq hosil bo’lishida, unumdorlik darajasining oshishida, o’simliklarni zarur oziq moddalar (suv, havo, o’g’it) bilan ta’minlanishida tirik organizmlarning roli benihoyadir. Tuproq yerdagi organik hayotning manbaidir; shuningdek o’zi organik hayotning hosilasidir, shu sababli ham ularning biri-ikkinchisini doimo to’ldirib turadi. Ya’ni o’simlik oziqa va suvni tuproqdan olib, tuproqda hosil bo’lgan organik moddalar havodagi karbonat angidrid bilan fotosintez uchun asosiy oziqa bo’lib xizmat qiladi. Ushbu jarayonni quyidagicha sxematik talqin qilish mumkin:



Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling