3-mavzu: tuproq haqida umumiy tushuncha reja


O ziqa Suv Tuproq oziqa o’simlik SO


Download 64 Kb.
bet4/4
Sana22.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1219997
1   2   3   4
O ziqa Suv Tuproq oziqa o’simlik SO2 fotosintez O2 odam

Shuningdek, inson va hayvonot olami o’simliklar bilan oziqlanadi va, o’z navbatida, inson va hayvonot olamidan chiqqan chiqindilar tuproqqa qaytib suvli eritma shaklidagi mineral tuzlarga aylanadi. Shu asosda tuproq hayot deb ataluvchi abadiylik zanjirining muhim bir halqasiga asos soladi.


Tuproqning yana bir muhim hususiyati shundaki, u insonni mikroelementlar bilan ta’minlovchi yagona manbalardan biridir. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tuproqning kimyoviy tarkibi o’simlik va hayvon orqali insonga o’tib uning sog’lom va barkamol bo’lishida salmoqli xizmat qiladi. Shu kunga qadar o’simliklar va hayvonlar tanasidan 100 dan ortiq element va moddalar aniqlangan bo’lsa, shuning 40 ga yaqini qonning tarkibidan, 50 ga yaqini esa ona sutidan aniqlangan.
Tuproq tarkibida inson uchun qaysidir mikroelementning yetishmasligi, albatta, ushbu tuproqqa yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va suvga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Buning natijasida, aynan shu kamchilik, vitaminlarga xos bo’lgan kasalliklar insonda avj oladi. Masalan, Samarqand viloyatining Ishtixon, Kattaqo’rg’on tumanlari tuproqlarida ftor va yod kabi elementlarning REMdan bir oz kam bo’lganligi (1970-1980 y.y ma’lumot asosida) ushbu xududlarda yashovchi aholi orasida sezilarli darajada buqoq va tish xastaliklarining ortganligi kuzatilgan.
Tuproq sanitariya-gigiena nuqtai-nazaridan inson uchun nomunosib bo’lgan kasalliklar tarqatuvchi mikroblar uchun makon vazifasini ham o’taydi. Mikroorganizmlardan tashqari bir xujayrali sodda hayvonlar, bakteriofaglar, mog’orlar, chuvalchanglar, viruslar, kanalar, pashshalar va ularning tuxumlari yashaydi. Ichak va yuqumli kasalliklar viruslari, aksariyat holatlarda, tuproq tarkibida ko’payadi va uzoq umr ko’radi. Masalan, qorin tifi, parotif kasalliklarini tarqatuvchi mikroblar 100 kundan 400 kunga; ichburuq kasalligini tarqatuvchi fleksner mikroblari esa 25 kundan 100 kunga qadar tuproq tarkibida yashashi mumkin. Tuproq tarkibidagi inson uchun zararli bo’lgan mikroblar suv, havo orqali yoki ushbu tuproqdan olingan oziq-ovqat mahsulotlari orqali inson organizmiga o’tishi mumkin. Tuproq orqali aholining kasallanishi shaharlarda yashovchilarda biroz ko’proq uchraydi, chunki bunga sabab, shahar uy-ro’zg’or chiqindilarining tez-tez olib ketilmasligi, ularning turli xil suvlar bilan tuproqqa singishi oqibatida gijja tuxumlari, ichburuq, sariq kasal bakteriyalarini tuproqdan makon topib ko’payishi va shahar muhitiga tarqalishiga sabab bo’ladi. Shularga qaramasdan tuproqning yer sharida muhim bo’lgan bioekologik ahamiyatlarini yana bir sanab o’tishimiz maqsadga muvofiq:

  1. Tuproq qatlami o’simliklar bilan birgalikda tirik organizmlar uchun eng zarur biologik mahsulot ishlab chiqaradi;

  2. Shu orqali tuproq kosmik energiyani to’playdi va uni yer shari yuzasi bo’ylab qaytadan taqsimlaydi;

  3. Tuproq va o’simlik birgalikda atmosferada kislorodning maqbul muvozanatini saqlab turadi;

  4. Tuproq hayot uchun zarur bo’lgan biofil elementlarning yuvilib ketishidan saqlab turadigan ekran hisoblanadi;

  5. Tuproq biosferani ifloslantiruvchi va zaharlovchi moddalarni fizik, ximik, fiziko-ximiyaviy va biologik yutuvchi neytralizator hamdir.

  6. Tuproq litosfera iqlimini bir maromda ushlab turuvchi, ozon qatlamini zararlovchi moddalarning bir qismini yutuvchi, ozon ekranini me’yor darajada saqlab turuvchi asosiy qalqondir.

Tuproqning yuqorida qayd etilgan vazifalarini nisbiy ma’noda 2 guruhga ajratish mumkin;

  1. Biosferada sog’lom ekologik muvozanatni saqlash;

  2. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik xomashyo yaratish.

Bugun insoniyat oldida turgan, o’z yechimini kutayotgan masalalardan biri biosferada sog’lom ekologik muhitni saqlash va tabiatni muhofaza qilish qobiliyati tuproq tarkibini boshqa tarkibiy qismlar bilan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sirini ilmiy jihatdan asoslashdan iboratdir.
Tuproqning ikkinchi qobiliyati - oziq-ovqat mahsulotlari va biologik xomashyolar yaratish bilan insoniyat juda qadimdan shug’ullangan. Chunki uning oldida doimo ahamiyatini yo’qotmaydigan masala: iloji boricha ko’proq oziq-ovqat mahsulotlari va biologik xomashyo ishlab chiqarish vazifasi ko’ndalang turibdi. Bu esa tuproqning o’ziga xos eng asosiy xossasi - unumdorlik bilan bog’liq. Har bir tuproq turining unumdorligi esa shu tuproqning hosil bo’lishini ta’minlovchi omillar majmuasining ta’siri bilan belgilanadi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, nihoyat, yer po’stlog’ining yuza-tuproq qatlami uning mikrodunyosi bilan birgalikda tashqi muhitdan tushgan chiqindilarni o’zida singdiruvchi - buferlik xususiyatiga ko’ra tozalovchi va neytrallovchi, quruqlikdagi har qanday organik modda qoldiqlarini minerallashtiruvchi universal fabrikadir desak to’g’ri bo’ladi. Tuproq shunday qimmat va ulug’ ne’matki u o’zini o’zi tozalash qobiliyatiga ega. Uning bu xususiyati bo’lmaganda edi, allaqachonlar yer yuzini hayvon va o’simliklar qoldiqlari bosib ketgan bo’lar edi.


Nazorat savollari:

  1. Tuproq nima?

  2. Tuproq hosil qiluvchi omillar haqida ma’lumot bering.

  3. Tuproq ona jinsi haqida nimalar bilasiz?

  4. Tuproqning tuzilish jarayonini tushuntiring.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling