3-mavzu: tuproq haqida umumiy tushuncha reja


Download 64 Kb.
bet1/4
Sana22.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1219997
  1   2   3   4

3-MAVZU: TUPROQ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja:

  1. Tuproqning paydo bo’lishi va rivojlanish

  2. Tuproqning tarkibi va xossalari.

  3. Tuproqshunoslikning tarixi va buguni.



Tayanch so’zlar:
Tuproq, qattiq qism, suyuq qism, gaz holatidagi qism, tirik tarkibiy qism, tuproqning g’ovakligi


1. Tuproq haqida umumiy tushuncha.
Tuproq - yerning ustki, o’simliklarning ildiz sistemasi joylashgan g’ovaklik va o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan unumdor, (donador) mustaqil jismdir. U yer po’stining yuza va unumdor qatlami. Tirik organizmlar, metobolizm mahsulotlari va shu mahsulotlarning atmosfera havosi, suv va boshqa tashqi tabiiy omillar ta’siri ostida hosil bo’lgan mahsulotidir. Tuproq hosil qiluvchi omillarning o’zaro ta’siri natijasida rivojlanishi to’g’risidagi ta’limotni V.V.Dokuchaev (1846-1903) yaratdi. U tuproq haqidagi tushunchani ilmiy asosda o’rganib, tuproqning paydo bo’lishi bir qator tabiiy tashqi omillarga - joyning relefiga, iqlimiga, tuproq hosil qiluvchi ona jinsga, o’simliklarga va hayvonot olamiga bog’liq ekanligini tajribalar asosida isbotlab berdi.


2. Tuproqning tarkibi va xossalari
Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
a. qattiq qism mineral moddalarga juda boy bo’lib, uning unumdorligi mineral moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Uning asosini, asosan chirindi (gumus) tashkil etadi.
b. suyuq qism yoki tuproq eritmasi tuproqning faol tarkibiy qismi bo’lib, turli xil kimyoviy element va moddalarni tuproq ichiga olib kiradi yoki tuproq ichidan olib chiqadi. Asosan tuproqni oziqa bilan ta’minlaydi. N.G.Visotsskiy tuproq eritmasining o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyatini hayvon organizmi uchun eng muhim bo’lgan qon bilan tenglashtirgan edi.
v. gaz holatidagi qismi yoki tuproq havosi-suv bilan to’lmagan kovaklarni band qiladi. Tuproq havosining tarkibi va miqdori barqaror emas, bu ko’rsatkichlar tuproqda yuz beradigan kimyoviy, biologik va biokimyoviy jarayonlar bilan belgilanadi.
g. tirik tarkibiy qismi: mikroorganizmlar, eng sodda jonivorlar, chuvalchanglar, molyuskalar, hashoratlar hamda ularning lichinkalari (qurtlari) va boshqalardan iboratuproq



Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling