3-mavzu: tuproq haqida umumiy tushuncha reja
Tuproqshunoslikning tarixi va buguni
Download 64 Kb.
|
3. Tuproqshunoslikning tarixi va buguni
Tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar milloddan avvalgi 4-3 ming yillar ilgari yunonlar, osurtlar, xitoylar va rimliklar tomonidan yozib qoldirilgan manbalarda uchraydi. Mil. avv. yashab o’tgan Aristotel va Teofrast (372-287) asarlarida, shuningdek, kamida 3 ming yillik tarixga ega bo’lgan Avestoda ham tuproq xossalari va o’simliklarning oziqlanishi haqidagi ma’lumotlar uchraydi.
Bizning mamlakatimizda ilmiy asoslangan tuproqshunoslikka XX asr boshlaridan asos solindi. 1934 yildan boshlab O’zbekistonning qishloq xo’jaligidagi muhim yutuqlaridan biri yangi tashkil etilgan kolxoz va sovxozlarning tuprog’ini tekshirish agrotuproq kartalarining tuzila boshlaganligidadir. Shundan boshlab O’zbekiston hududidagi sug’oriladigan ekinlar, ayniqsa, paxtachilik rayonlaridagi qadimiy va yangidan o’zlashtirilgan bo’z yer tuproqlarini to’liq o’rganish va ularning unumdorligini oshirish uchun zarur agrokompleks tadbirlarni - yerni chuqur haydash, sug’orish, mineral va mahalliy o’g’itlardan to’g’ri foydalanish, sho’rlangan va botqoqlangan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirishda yirik tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada O’zbekiston FA tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent qishloq xo’jaligi agrar universiteti va mamlakatimizdagi deyarli barcha universitetlarda qishloq xo’jaligi, Agrokimyo, Agronomiya kabi sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda va kafedra olimlari tomonidan: Tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli kartalar tuzish va bonitirovka; yangi yerlarni o’zlashtirish; sho’rlangan tuproqlar; tuproq fizikasi va texnologiyasi; tuproq eroziyasi; tuproq kimyosi; agrokimyo; tuproq fizik kimyosi va mineralogiyasi; tuproq gidrologiyasi; tuproq mikrobiologiyasi va biokimyosi, tuproq mikroelementlari va boshqa bir qator yirik-yirik mavzularda, aynan, tuproq xossalarini yaxshilash, unumdorligini oshirish, ekologik muammolarini hal qilish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling