Mavzu: O`zbekistonda ta`lim tizimi. Uning tarixi, buguni va og`riqli nuqtalari . REJA: - Kirish.
- Asosiy qism. 2.1. O`zbekiston ta`lim tizimining tarixi; 2.2. Mamlakat taraqqiyotida ta`lim-tarbiyaning o`rni; 2.3. Ta`lim sohasida inson faktorining ahamiyati.
- Xulosa
Ta`lim Bu so`zni eshitganimizda tasavvurimizda beixtiyor ravishda ta`lim oluvchi, ta`lim beruvchi va qandaydir ta`lim dargohi paydo bo`ladi. Darhaqiqat, Ta`lim – bu malaka, bilim olish, insonni katta hayotga tayyorlash demakdir. Endi esa Ta`lim so`zining yoninga “Oliy’’ so`zini qo`yib ko`ramiz. Oliy Ta`lim! Birdan tasavvur imkoniyatlarimiz mushohada va mulohaza holatiga ko`chib o`tadi. Bugun sizlar bilan Umuman ta`lim va oliy ta`lim haqida atroflicha so`z yuritamiz. Oliy Ta`lim o`z nomiga munosibmi, ya`ni haqiqatdan oliymi degan savollarga javob topamiz. Ta`lim tarixi Biror bir sohaga baho berish uchun bu sohaning qaysidir davrdagi holati bilan taqqoslashga majbur bo`lamiz. Hozirgi ta`lim sohasi va hozirgi insonlarning ahloqiga va fe`l atvoriga eng yaqini 20 - asr hisoblanadi. Shunday ekan Yurtimiz ta`lim tizimi 20 – asrda qanday kechgan? Hammamizga ma`lumki o`tgan asrning ilk choragida mamlakatimiz o`z tarixidagi eng og`ir davrlarni boshdan kechirayotgan edi. Mustabid tuzumning xalqimiz boshiga solgan azobu uqubatlari va zulmlarining cheki yo`q edi. Shu bilan birga soved hukumati tomonidan diniy e`tiqod, milliylik va erkinlik mutlaqo ta`qiqlangan edi. Samimiy va mehribon xalqimiz umrining katta qismini zavod va fabrikalarda qora ishchi bo`lib yoki dalada zalvorli mehnat bilan o`tkazardi, biroq topganimiz va boyliklarimiz rus bosqinchilarining g`aznasiga borib tushardi. Bu davrda odamlarimiz savoddan ancha ortda qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |