Ustozlik va o`qituvchilik Mamlakatimiz tarixiga nazar solsak, o`qituvchi va ustozlar xalqimiz tomonidan qadrlangan. Ularga o`zgacha mehr va iltifot ko`rsatilgan. Chunki bu soha vakillari millat kelajagi bo`lmish yoshlarni tarbiyalagan va inson kamol topishida eng asosiy vositalardan biriga aylangan va hozir ham shunday. Biroq, ta`lim tizimimizda yoshi katta, eskicha fikrlaydigan, konservativ o`qituvchilar hamma ko`p ekanligi dilni xira qiladi. O`z gapini ma`qullaydigan, yangilikni xoxlamaydigan soha vakillari o`z o`rnini zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarga bo`shatish vaqti yetib keldi nazarimda. To`g`ri ularning uzoq muddatlik shonli tajribasi maqtovga sazovor. Ularni maslahatlari har birimiz uchun foydali. Biroq shaxsiy adovatini faoliyatiga aralashtiradigan “mutahassislar” mutlaqo kerak emas. Har qanday soha vakili PROFESSIONAL bo`lmog`i darkor. O`zining asabiyligi va g`azabnok kayfiyatini faoliyatida qo`llashi mutlaqo absurd. Bu holat o`qituvchidek fahrli kasbda namoyon bo`lsa uning achinarlilik hissi yanada ortadi. Xulosa Inson sifatida shu millat va vatan uchun ta`lim olish, uning rivoji yo`lida hissa qo`shish har birimizning muqaddas burchimizdir. Yurtimiz koriga yaraydigan farzand yetishtirishni eng avvalo oiladan va tarbiyadan boshlaylik. Zero, Abdulla Avloniy aytganidek: ““Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”,
Do'stlaringiz bilan baham: |