Kundaligizmiz to`la baholardan fahrlanar edik, yorqin kelajakdan umid qilar edik. Aslida esa bizda yorqin kelajak uchun fundamental bilim judayam sayoz edi. 9 yil maktabda olinmagan bilimni REPETITORLIK markazlaridan olishga jiddiy bel bog`laganmiz. Unda ham o`zimiz uchun emas, Oliygohga qabul qilinib olish uchun. Millat va Davlat rivoji haqida hayolimizning uchiga ham kelmagan. Maktabdagi baholash mezoni haqida. Maktabda baholanish uchun shunchaki biror bir narsani so`zlab berish va konspekt qilish yetarli edi. Endi o`zingiz o`ylab ko`ring Fizika yoki Kimyo fanidan biror bir qoidani yodlab kelish. Juda zo`ra? U qanday hodisa, amaliy isboti haqida hech kim og`iz ochmas edi. Darslarda fan mavzusi qolib ketib qanaqadir serial yoki kecha bo`lib o`tgan futbol uchrashuvi haqida so`z yuritish o`qituvchiga ham, o`quvchiga ham yoqimliroq edi… To`g`ri sidqidildan o`z vazifasini ado etadigan o`qituvchilar ham yo`q emas edi. Biroq ular ham vaqt o`tgan sari ta`lim dargohidagi ajoyib “muhit” bilan qorishib ketardi. Oliy ta`lim Shaxsan kamina ham ana shunday maktab bilimi bilan hech qanday qo`shimcha darslar va repetitorlik markazi yordamisiz 6 yil o`qishdan yiqildi. Nihoyat 7-yili Allohning irodasi ila o`qishga qabul qilindim. O`zgacha taasurotlarni kutib institutga qadam qo`ydim. Taasufki biroz vaqt o`tganidan so`ng bu jarayonlar kamina uchun UTOPIYA ekanligini his qildim. Diktatura ko`rinishidagi darslar ta`abni xira qilar, o`qituvchi va ta`lim beruvchilar faqatgina belgilangan darsliklar orqali ta`lim berardi. Vaholanki, endigina 18-19 yoshda bo`lgan talabalarning katta qismi uchun bunday metodika mutlaqo qiziqarsiz va yaroqsiz edi. Natijada tez orada bu talabalar darslardan toqati toq bo`la boshladi. Chunki darslarning deyarli bir tomonlama, ya`ni faqat o`qituvchining fikri va nutqiga asoslangan edi. Talaba fikri haqida hech kim qiziqmas edi. Aslida esa Auditoriya bilan sinxron ravishda o`tilgan darslar ta`lim oluvchi uchun foydali, qiziqarli va esda qolarli bo`lishi Psixologiyada isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |