Mavzu: O`zbekistonda ta`lim tizimi. Uning tarixi, buguni va og`riqli nuqtalari


Ular shunchaki soved hukumati uchun daromad manbai edi holos…


Download 0.85 Mb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1443886
1   2   3   4
Bog'liq
Sherali Ortiqzoda

Ular shunchaki soved hukumati uchun daromad manbai edi holos…

Bu holatda bizni zalolatdan faqatgina ta`lim va tarbiya qutqarar edi. Yurtimizni erk uchun yetaklaydigan yagona narsa ham shubhasiz ta`lim edi.

Bu davrda xalqimiz orasidan o`z salohiyati ila ajralib chiqqan bir guruh vatandoshlarimiz JADIDCHILIK harakatiga asos soldi.

Bu harakatning asoschilari Mahmudxo`ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlar edi.

Ular soved xukumati tashkil etgan darsliklarga qarshi ravishda yangicha o`qitish metodikasi va darsliklarini ishlab chiqdilar.

1922-yilda Jadidlar tomonidan mamlakat taraqqiyoti uchun katta islohot amalga oshirildi.

Turkiston va Buhorodan 70 nafar iqtidorli yigit-qizlar Germaniyaga ta`lim olish uchun yuborildi.

Ular agronomiya, Pedogiga, Sanoat va shunga o`xshash davlat rivoji uchun muhim bo`lgan sohalarda ta`lim olib yurtimizga qaytib kelishdi.

Hamda o`zi ta`lim olgan sohalarda mamlakatimizni bor kuchi ila rivojlantirdi.

Tayyor boylik manbai hisoblangan Turkistonni qo`ldan boy berishdan havotirga tushgan Sovet hukumati ularga turli ayblar qo`yib, har xil qiynoqlar bilan ularni vahshiylarcha qatl ettirdi.

Germaniyada tahsil olgan talabalar

Tarbiya va maktab ta`limi

Mamlakatni dunyo ayvonida yuqori natijalarga erishishida va taraqqiy etishida eng asosiy resurs inson resursi hisoblanadi. Insonni mamlakat uchun foydali shaxs bo`lib yetgungacha bo`lgan jarayonda esa tarbiya, jamiyat va maktabning o`rni beqiyos. Oliy ta`limni, maktabda berilayotgan ta`limni aybdor qilaveramizu, lekin hech o`ylab kormaymiz!? Bir eslab ko`ringa maktabdan qaytayotganimizda hech qaysi birimizning ota-onamiz: “Maktabdan nima o`rganib kelding” – deb savol bermagan, aksincha “Bugun nechta baho olding” – degan savol bot – bot yangragan.

Natijada biz baho uchun o`qishga odatlanganmiz.

Darslardagi asosiy maqsadimiz nimadir o`rganish bo`lmagan, baho olsak bo`ldi degna hayol bilan ta`lim olganmiz.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling