6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja
Download 51.28 Kb.
|
6-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Adabiyotlar. A1, A2, Q1, Q3, X1, X2, internet saytlari
6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari REJA Tuproq genezisi Tuproq klassifikasiyasi Tuproq geografiyasi Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati Tayanch iboralar: Tuproq, tuproq genezisi, iqlim omili, ona jins, reyef, makrorelyef, mezorelyef,tuproq yosh., kalloidlari, singdirish sig’imi, TSK, atsidoitlar, bazoidlar, gidrofob, yarmgidrofob, gidrofil,zol, gel, peptizatsiya, koagulatsiya, liotrop.tabiiy va suniy potensial, effektiv, nisbiy, iqtisodiy unumdorlik. Adabiyotlar. A1, A2, Q1, Q3, X1, X2, internet saytlari V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq paydo qiluvchi omillar orasida mustahkam ózaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V.Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bólishining tabiiy sharoitlarini tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bólindi. Tuproq paydo qiluvchi omillarga ósimlik va hayvonot olami, ona jinslari, iqlim, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi. V.V.Dokuchayev kórsatganidek, tuproq ham boshqa tabiiy mustaqil jinslar singari ózining kelib chiqishiga ega va kórsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarning ózaro ta’siri natijasida hosil bóladi. Olim yozganidek, «tuproq paydo qiluvchi barcha omillar óz mohiyati bilan mutlaqo bir xil ahamiyatga ega. Normal tuproqlarning paydo bólishida ular barobar ishtirok etadi. Demak, tuproqni órganish uchun, yuqorida kórsatilgan tuproq paydo qiluvchi omillarni birgalikda órganish zarur». V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqidagi ta’limoti tuproqshunoslikning rivojlanishida nihoyatda katta rol óynaydi. Jumladan ana shu omillar asosida tuproqlarni dalada tekshirishning kompleks-geografik metodlari ilmiy asosda ishlab chiqildi. Keyinchalik N.M.Sibirsev, óz ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar tóg’risidagi ta’limotini yanada rivojlantirdi. N.M.Sibirsev kórsatgandek, har bir tuproq paydo bólish tipida óziga xos bólgan omillar uyg’unligi mavjud bólib, tabiiy geografik landshaftlar bunga yaqqol misol bóla oladi. V.V.Dokuchayevning tuproq paydo qiluvchi omillar haqida ta’limoti keyinchalik P.A.Kostichev, V.R.Vilyams, S.A.Zaxarov, S.S.Neustruyev va boshqa tuproqshunoslarning asarlarida yanada taraqqiy ettirildi. Download 51.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling