6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati


Download 51.28 Kb.
bet8/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati
Insonlar qadim zamonlardayoq yerdan foydalanishda eng avvalo ósimliklarning hosil bera olish qobiliyati jihatidan uni baholaganlar. Shuning uchun tuproq unumdorligi haqidagi tushuncha tuproqshunoslik fan sifatida vujudga kelganiga qadar ma’lum bólgan va ishlab chiqarish vositasi sifatida yerning eng muhim xossasini namoyon etgan.
Tuproq yer sharining murakkab, materiklar quruqlik qismini qoplab turuvchi, alohida biokos qatlamidir. Tog’ jinslari tirik organizmlarning kóp avlodlari ta’siriga uchrab, atmosfera va gidrosferalarning uzoq vaqt davom etgan ta’sirida tuproq qoplamiga aylanadi. Tuproq óziga xos organomineral tarkibga ega. Tuproq paydo bólish jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar tóplanishi sodir bóladi. Shuningdek tuproqlar biogen ikkilamchi alyumosilikatli va silikatli minerallar, biofil elementlari bilan boyib boradi, va shunday qilib, spesifik xossaga – unumdorlikka – ósimliklarning ósishi va rivojlanishi, ya’ni xosil beraolish qobiliyatiga ega bóladi.Tuproqning ushbu xossasi fitosenozlar va qishloq xójaligi barcha tarmoqlarining mahsuldorligini ta’minlashda asosiy sharoit bólib xizmat qiladi.
Unumdorlik – bu tuproqning muayyan ósimliklarni oziqa elementlari, suvga bólgan talabini, ularning ildiz sistemalarini havo va issiqlik bilan ta’minlay olish qobiliyatidir. Oziqa moddalar, suv, havo, issiqlik – tuproq unumdorligining eng asosiy tarkibiy qismidir. Bunda quyidagilarni ta’kidlash zarur. Tuproq oziqasi deganda ósimliklarni mineral shakldagi N, P, K, Ca, Mg, S va amalda tabiatda uchraydigan boshqa barcha kimyoviy elementlar bilan ta’minlash tushuniladi.
Tuproq, agarda unda ósimliklar sovuqdan va issiqdan zararlanmasa, ildiz sistemalari oziqa elementlarini, suvni talab qilingan miqdorda olaolsa, havodagi kislorodning yetishmasligini sezmasa, unumdor hisoblanadi. Unumdorlikni tashkil etadigan komponentlarning birortasining yetishmasligi yoki ortiq bólishi hosil olish imkoniyatini chegaralaydi va kóp hollarda ósimliklarning nobud bólishiga olib keladi.
Kóp qirrali unumdorlik tushunchasida uning harbir tarkibiy qismi muhim va almashtirib bólmaydigandir. Shuning uchun ham asosiysini izlash shart emas.
Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akad.V.R.Vilyams nomi bilan bog’liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R.Vilyams bóyicha (1936) unumdorlik deganda tuproqning ósimliklarni suv va oziq elementlar bilan bir vaqtning ózida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi. Ósimliklar uchun zarur issiqlik va yorug’likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida, tuproqda kechadigan kóplab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog’liq. Unumdor tuproq ósimliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olish, mótadil reaksiyaga ega bólishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur. Buning uchun tuproqning suv-fizik xossalari va rejimlari, oziq va tuz rejimlari, tuproqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari qulay bólishi kerak. Shular asosida hozir tuproq unumdorligi haqida quyidagi kengroq tushunchani berish mumkin bóladi.
Unumdorlik deb, tuproqning ósimliklarni normal ósishi va rivojlanishi (hosil berishi) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek ularning ildiz sistemalarini yetarli miqdorda havo, issiqlik va qulay fizik kimyoviy muhit va boshqa barcha shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi. Demak, tuproqning ishlab chiqarish qobiliyati, unda kechadigan kóplab jarayonlar va hodisalarga bog’liq. Ósimliklarning barcha ósib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog’liq. Shuning uchun ham tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-sharoitlariga bir vaqtning ózida ta’sir eta bilish kerak. Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bólib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki óstiriladigan ekinlar turiga ham bog’liq. Masalan, muayyan bir tuproq alohida ósimliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bóladi. Chunki har xil ósimliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bólgan talabi bir xil emas.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling