6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar
Download 51.28 Kb.
|
6-lektsiya
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar.
Tuproq paydo qiluvchi omillardan biri ona jinslardir. Ana shu jinslarning moddiy tarkibi tuproqlarning mexanik va mineral tarkibiga, uning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga, suv-havo, issiqlik va oziq rejimlari hamda shular orqali unumdorligiga katta ta’sir etadi. Tuproqning xossalari bilan ona jinslarning xossalari orasidagi ózaro bog’liqlik ayniqsa tuproq paydo bólishining dastlabki davrida yaqqol kórinadi. Tuproq paydo qiluvchi jinslarning tarkibi va xossalariga kóra ósimliklarning ósishi uchun turlicha shart-sharoit yaratiladi, tuproqdagi moddalarning ózgarishi va aralashib ketishi kabi jarayonlarning tezlashuvi yoki sekinlashuvi róy beradi. Shuning uchun ham ba’zan muayyan bir maydondagi joyda tarqalgan va bir xil ósimlik qoplami bólgan ammo ikki xildagi ona jinslar yuzasida tarkibi, xossalari va unumdorligi bilan farq qiladigan turlicha tuproqlar paydo bóladi. Relyef. Tuproq genezisi, tuproqlar tuzilishi (strukturasi)ga, tuproqning bir xilligi yoki turlicha bólib tarqalishi singarilarga ta’sir etuvchi muhim tuproq paydo qiluvchi omillardan biri joyning relyefidir. Relyefning 3 gruppa makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyef shakllari ajratiladi. M a k r o r e l e fdeganda tekislik, baland tekislik va tog’lar singari yirik relyef formalari tushuniladi. Bu relyef havo oqimining xarakatiga ta’sir qilib, katta territoriyalar iqlimining shakllanishida ishtirok etadi. Absolyut balandlikning oshib borishi bilan iqlim sovib, namlik ancha orta boradi. Havo massasi toqqa yaqinlashganda, u yuqoriga kótarilib soviydi va suv bug’lari kondensatlanib yog’inlarga aylanadi, havo massasi pastga tushganda isib, uning quruqligi orta boshlaydi. Natijada ósimlik va tuproq qoplamining murakkab vertikal zonalligi yuzaga keladi. M e z o r e l e f ga balandlikning kam ózgaradigan adir- qirlar past balandliklar va vodiylar kabi relyeflar shakllari kiradi. Mezorelyef tuproqda yorug’lik, issiqlik va namning tóplanishi va tarqalishida asosiy rol óynaydi. Turli qiyalik va eskpozisiyalarda yonbag’irlar turlicha isiydi va yoritiladi. Jumladan, Janubiy óta qiya yonbag’irlar, uncha qiya bólmagan joylarga nisbatan kuchli isiydi. Janubiy yonbag’irlarga yorug’lik va issiqlik kóproq tóplanadi. Natijada Shimoliy yonbag’irga nisbatan Janubiy yonbag’irda nam kóproq bug’lanadi. Yonbag’irlarda tuproqning notekis qizishi natijasida ósimliklar tarkibi ham turlicha bóladi. Qiyaliklarda yog’inlar kóp oqib ketganligidan, tekisliklarga nisbatan nam kam tóplanadi. Unda eroziya kuchli bóladi. Tuproqning ichki oqimi natijasida oziq elementlarning aralashib ketishi róy beradi, ósimliklar uchun zararli tuzlar relyefning yuqori qismlaridan oqib kelib, tuproqning shórlanishiga sabab bóladi. M i k r o r e l e f – relyefning kichik, past shakllari bólib, ularga pastqam joylar, dóngchalar va boshqa yer yuzasi notekisliklari kiradi. Mikrorelyefning pastqam joylarida namlik kóproq tóplanishi, tuproqning chuqur (ba’zan sizot suvlariga qadar) namlanishi tuproq hosil bólish jarayonlariga ta’sir etadi. Tuproqlarning kompleks (kichik bir maydonda bir necha xildagi tuproqning bólishi) holda tarqalishida ham mikrorelyef asosiy rol óynaydi. Shunday qilib, relyef tuproqning suv, issiqlik xossalari, oziq va tuz rejimiga ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda relyefning holati va unga kóra yog’inlarning turlicha taqsimlanishiga qarab, namlanish qatorlari deb ataluvchi quyidagi tuproq gruppalari ajratiladi: a v t o m o r f t u p r o q l a r – yer osti suvlari chuqurda bólgan hamda tekis yuza va yon bag’irlardan atmosfera suvlari erkin oqib ketadigan sharoitda shakllanadi. Ya r i m g i d r o m o r f t u p r o q l a r - yuza suvlari vaqtincha tóplanadigan va sizot suvlari 3-6 m chuqurlikda joylashgan sharoitda yuzaga keladi. G i d r o m o r f t u p r o q l a r - yuza suvlarining uzoq muddat tuproq ustida tóplanishi yoki sizot suvlari 3 m dan yuqorida bólgan joylarda shakllanadi. Joyning relyefi dehqonchilikda ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, haydaladigan yerlarning tuproq – ekologik, mikroiqlim sharoitlari, ularga ishlov berish usullari relyefga bevosita bog’liq. Shuningdek, suv va shamol eroziyasi kabi jarayonlar relyef xususiyatlariga kóra turlicha rivojlanadi. Demak, agronom yoki fermer dehqonchilikning óziga xos xususiyatlarini órganayotganda relyefga katta e’tibor berish lozim. Download 51.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling