6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Download 51.28 Kb.
bet4/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Ósimlik va hayvonot olami. Tuproq paydo qiluvchi jarayonlarga ta’sir etuvchi eng qudratli omillardan biri – tirik organizmlar, ya’ni biologik omillar hisoblanadi. Tuproq paydo bólishining boshlang’ich davri ham turli organizmlarning tuproq paydo qiluvchi ona jinslari (tog’ jinslari) ga ta’siri bilan bog’liq. Ósimlik va hayvonot olamining tuproq paydo bólishidagi roli va ahamiyati ushbu kitobning maxsus boblarida batafsil yoritilgan.
Ammo shuni eslatib ótish kerakki, oziq qul elementlarining biologik aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlab turishida ósimliklar asosiy va yónaltiruvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa tuproq paydo bólishida oliy ósimliklarning roli katta. Tuproqning rivojlanishi ósimliklar formasiyasi bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, tuproqning turli gorizontlarida va uning yuza qismlarida yashovchi kóp sonli umurtqali va umurtqasiz jonivorlar (faunalar) ning roli ham tuproq paydo bólish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Ólchamiga kóra tuproq faunasi 4 guruhga: a) mikrofauna ólchami 0,2 mm dan kichik (protozooalar, nematodalar, rizoidlar kabi tuproqda yashaydigan) jonivorlar; b) mezofauna – 0,2 dan 0,4 mm gacha bólgan (mikroartiroidlar, eng mayda hasharotlar, ba’zi chuvalchanglar) jonivorlar; v) makrofauna 4 dan 8 mm gacha bólgan tuproq chuvalchanglari, mollyuskalari, hasharotlar – chumolilar, termitlar; g) megafauna – 80 mm dan katta turli hayvonot olami (yirik hasharotlar, qisqichbaqalar, chayon, kórsichqon, ilon, toshbaqa, mayda va yirik kemiruvchilar, tulki, bórsiq va boshqa yer kovlaydigan hayvonlar) kiradi.
Tuproq jonivorlari orasida ayniqsa umurtqasizlar yetakchi órinni egallaydi. Bu jonivorlarning biomassasi umurtqalilarnikiga nisbatan deyarli 1000 marta kóp. Umurtqasiz va umurtqali hayvonot olamining tuproq paydo bólishidagi roli juda muhim va xilma-xildir (organik moddalarni parchalash, maydalash va ózlashtirish orqali chirindi hosil bólishida ishtirok etadi).
Tuproq paydo bólishida mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, aktinomisetlar) ning óziga xos va muhim ahamiyati bor. Agar yuqori ósimliklar biologik massa tóplovchi ahamiyatga ega bólsa, mikroorganizmlar organik moddalarning murakkab va tóliq chirib parchalanish jarayonlarida asosiy rol óynaydi.
Mikroorganizmlar organik moddalaridagi murakkab yuqori molekulyar birikmalarni oddiy mahsulotlar: gazlar (karbonat angidridi, ammiak va boshqalar), suv va oddiy mineral birikmalarga qadarli parchalaydi. Mikroorganizmlarning asosiy massasi tuproqning ósimliklar ildizi va tuproq mezofaunalari kóp bólgan yuqori – 20 sm li qatlamida tóplangan. Tuproqning haydalma qatlamida zamburug’ va bakteriyalarning biomassasi 5 t/ga qadarli bólib, bakteriyalar 1 g tuproqda milliardga yetadi, zamburug’ giflarining uzunligi 1 ga yerda 1000 m ni tashkil etadi (I.P.Bobyeva, G.M.Zenkova, 1983). Mikroorganizmlar gumusning hosil bólishida, azot tóplanishi va tuproq havosi tarkibining ózgarishi singarilarda kata rol óynaydi.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling