6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja
Download 51.28 Kb.
|
6-lektsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson faoliyati tuproq paydo qiluvchi omil.
Tuproq yoshi (vaqt). Tuproq paydo qiluvchi jarayonlar ma’lum vaqt birligiga kóra kechadi. Tuproq paydo qiluvchi omil sifatida V.V.Dokuchayev «Ólkaning yoshi»ga ya’ni tuproq yoshiga alohida e’tibor beradi. olim har bir tuproq va tuproq qoplami ózgarmaydigan narsa emas, balki vaqtga qarab doim ózgarib, taraqqiy etib turishligini ta’kidlaydi. Har qanday normal tuproq muayyan vaqtda shakllanadi. Masalan, faqat 18-20 sm qalinlikdagi tuproqning hosil bólishi uchun, turli sharoitlarga qarab 1500-7000 yilgacha vaqt kerak. MDH xududining turli joylaridagi tuproqlar turli davrlarda rivojlana boshlagan, demak, har xil yoshga ega. Jumladan, daryo terrasalari turli davrlarda hosil bólgandan, ulardagi tuproqlarning yoshi ham turlicha. Eng yosh tuproqlar daryo sohillarida tarqalgan bólib, undan keyin birinchi terrasa, sóngra ikkinchi va x.z. terrasalar bóyicha tuproqlarning yoshi ham oshb boradi. Janubiy territoriyalarda tarqalgan bóz, kashtan va qora tuproqlarning yoshi Shimoliy zonadagi órmon sur, podzol va tundra tuproqlari yoshiga nisbatan ancha katta, chunki tundradagi quruqlik maydonlari muzliklar chekinishining eng oxirgi bosqichida yuzaga kelgan.
Tuproqning absolyut va nisbiy yoshi ajratiladi. Tuproq paydo bólishidan boshlab hozirga qadarli ótgan vaqt absolyut yosh hisoblanadi. Bu vaqt bir necha yildan ming va million yillarni óz ichiga oladi. Eng katta yosh tropik zona tuproqlariga tóg’ri keladi va ular har xil sabablar (suv eroziyasi, deflyasiya kabi) ta’sirida uncha buzilmagan Mamlaaktimizning aksariyat territoriyasi tuproqlarining absolyut yoshi ming va ón minglab yillar bilan belgilanadi. Nisbiy yoshi tuproq paydo bólish jarayonlaridagi turli bosqichlarning bir-biri bilan almashinuv vaqtini xarakterlaydi. Nisbiy yosh jinslarning tarkibi va xossalari, tuproq paydo bólish jarayonlarining tezligi va yónalishi, joyning relyef sharoitlariga bog’liq. Inson faoliyati tuproq paydo qiluvchi omil. Insonlar ózining qishloq xójaligidagi faoliyati bilan tuproq va tuproq paydo qiluvchi tabiiy omillarga katta ta’sir etadi. Ammo uning ta’siri tabiiy omillardan óz mohiyati bilan farq qiladi. Ilgari aytilgandek, tuproq tabiiy sharoitlarining ózaro birgalikdagi ta’siri natijasida shakillanadi va atrof muhit sharoitlariga kóra asta-sekin ózgaradi. Ammo insonlarning tuproqqa yónaltirilgan maqsadli usullari bilan ta’sir etishi natijasida tuproqlar tez va qisqa muddatda ózgarishi ham mumkin. Insonlarning tuproqqa ta’siri usullari xilma-xil. Tabiiy ósimliklar órniga madaniy ekinlarni ekish natijasida tuproqda oziq kul elementlari va azotning biologik aylanishi va umuman biologik jarayonlar keskin ózgaradi. Órmonlarning kesib yuborilib, ótloqlarga aylantirilishi tuproq paydo bólish jarayonlari yónalishiga keskin ta’sir etadi. Shuningdek tevarak-atrof iqlim sharoitlari ham ózgaradi. Botqoq yerlarni quritish, janubiy rayonlarda sug’orish hamda shórxok va shórtob yerlarni meliorasiyalash, dasht va chóllarga órmon himoya daraxtzorlari barpo qilish hamda yerni ishlash, óg’itlash singari tadbirlar tuproqdagi biologik, kimyoviy va boshqa jarayonlarga katta ta’sir etadi, natijada tuproqning suv, havo, issiqlik kabi xossalari ózgaradi. Demak, insonlarning tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari natijasida yangi madaniy ya’ni samarali va potensial unumdorligi yuqori bólgan tuproqlar yuzaga keladi. Ammo tuproqlardan ekin talabini e’tiborga olmagan holda notóg’ri foydalanish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni buzib qóllanish, aksincha tuproq unumdorligining pasayishiga sabab bóladi. Agronomning asosiy vazifasi tuproq xossalarini e’tiborga olgan holda turli agrotexnika va meliorativ tadbirlarni óz vaqtida ótkazishga qaratilishi kerak. Download 51.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling