Avtotransformatorlar ish rejimlari tahlili Muxammad Umar Shavkat o’g’li Nodirov
Download 312.69 Kb. Pdf ko'rish
|
3387-Article Text-6721-1-10-20220526
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Avtotransformatorlar ish rejimlari tahlili Muxammad Umar Shavkat o’g’li Nodirov muhammadumarnodirov@gmail.com Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada Avtotransformatorlarning turli ish rejimlari oʻrganilib tahlil qilingan holda Avtotransformatorlarning tutashuvli oqimlarini va energiya tizimlarini rivojlantirish jarayonida ularning o’zgarishi tendentsiyalarini o’rganish prognozlash usullarini ishlab chiqish kabi muammolarni hal qilish zarurati bilan bog’liq boʻlib, avtotransformatorlarning ish rejimini tahlil qilish yuzasidan uslubiy asoslarni ishlab chiqish va avtotransformatorlarning qisqa tutashuvli oqimlarining mumkin bo’lgan darajalarining ehtimollik xususiyatlarini va ularning katta quvvatli o’zaro bog’lanishlardagi o’zgarish dinamikasini tahlil qilindi Kalit so’zlar: Energiya tizimlari, xafsizlik, tutashuv, transformator, avtotransformatorlar, ish rejimi, Transformator rejimi LV, dinamikasini tahlil qilish, HV, MV va LV, kombinatsiyalangan rejimlari tahlili, transformator rejimlari tahlili. Analysis of autotransformer operating modes Muhammad Umar Shavkat oglu Nodirov muhammadumarnodirov@gmail.com Tashkent State Technical University named after Islam Karimov Abstract: This article examines and analyzes the different modes of operation of autotransformers. Developed and analyzed the probability characteristics of the possible levels of short-circuit currents of autotransformers and the dynamics of their change in high-power interconnections Keywords: Power systems, safety, connection, transformer, autotransformers, operating mode, Transformer mode LV, dynamics analysis, HV, MV and LV, combination modes analysis, transformer mode analysis. KIRISH Mavzu dolzarbligi. Mamlakatimizda elektroenergetikaning rivojlanishi bilan bog’liq muammolardan biri qisqa tutashuv oqimlarining kun sayin oshib borishidir. Transformator uskunasining ishlash rejimi tahlil qilish Oʻzbekiston energetika birlashmalari va energiya tizimlarining quvvat transformator uskunalarining asosiy qismini tashkil etuvchi yuqori quvvatli avtotransformatorlarning qisqa tutashuv "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 352 ta’siriga nisbatan yuqoriligini ko’rsatadi. Shunday qilib, 220 kV va undan yuqori tarmoqlardagi avtotransformatorlar soni kuchaytiruvchi transformatorlar sonidan taxminan 4 baravar ko’p. Ularning ish sharoitlari murakkablogi sababi transformatorlardan farqli o’laroq, avtotransformatorlar nafaqat yuqori va past, balki o’rta kuchlanish tomondan ham qisqa tutashuv va ulanish qarshiliklariga ega. Bu ishda asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida avtotransformatorni tanlashni zaruratini taqozo etadi. Rivojlanayotgan energiya tizimlari tarmoqlarida qisqa tutashuvli oqimlarning o’sishi avtotransformatorlarning qisqa tutashuv oqimlari ta’siriga zarur bo’lgan qarshiligini aniqlaydigan normallashtirilgan ko’rsatkichlarni muntazam ravishda qayta ko’rib chiqishni talab qiladi. Mahalliy amaliyotda bunday ko’rsatkichlar quyidagilardir: asosiy chastotali oqimning davriy komponentining eng katta ruxsat etilgan ko’pligi, eng katta ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimi, cheklovchi ko’plik oqimlari bilan nazorat sinovlari , qisqa tutashuvning davomiyligi kabi koʻrsatkichlar. Bunday ko’rsatkichlarni aniqlashtirish avtotransformatorlarning qisqa tutashuvlarda ishlash rejimlarini tahlil qilish uchun tizimli yondashuvni qo’llashni talab qiladi, bunda tarmoq rivojlanishining turli bosqichlarida qisqa tutashuv oqimlari darajasining o’sish dinamikasini hisobga olgan holda ularni rejalashtirish imkonini beradi. Qisqa tutashuv toklari muammosi, ularni aniqlash va elektr tarmoqlarini tahlil qilish usullari, shuningdek, elektr transformatorlari orqali ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimlarini normalash masalalari yuzasidan tadqiqotlar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Download 312.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling