3-мавзу: Умумгеографик карталарнинг мазмуни, моҳияти ва тасвирланиши “Картография асослари” фани


Maorif. Fan va madaniyat kartalari


Download 115.85 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi115.85 Kb.
#1570741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu.Umumgeografik va mavzuli kartalar

Maorif. Fan va madaniyat kartalari:
1. O’quv kartalari: o’rta maktablar, akademik litseylar, kollejlar va oliy o’quv yurtlari uchun.
2. Ilmiy ma’lumotnomali kartalar.
3.Madaniy-oqartuv, targ’ibot-tashviqot, o’lkashunoslik kar-
talari.
4. Turistik-ekskursiya, sport kartalari.
Geografik kartalar turlari bo’yicha ham bo’linadi:
1. Tahliliy (analitik) kartalar.
2. Sintetik kartalar.
3. Kompleks kartalar.
Umuman olganda, geografik kartalar, ishlatilgan proyeksiyasi, xatoliklari, o’lchamiga ko’ra, ishlatilgan rangining soniga, qaysi tilda ekanligiga, nashr qilingan vaqtiga va boshqa xususiyatlariga qarab bo’linishi mumkin.
Sobiq Ittifoqda nashr qilingan topografik va obzor-topografik kartalar davlat kartalari deb yuritilib, maxsus «maxfiy» joylarda saqlangan va ulardan loyihalash, rejalashtirishda foydalanilgan. Yirik va o'rta masshtabli topografik kartalar davlat kartalari bo`lib, ular yirik masshtabli syomkalar asosida vujudga keladi. Ularning «rnazmuni» va aniqligi davlat standartlariga to'g'ri keladi (maxsus qo`llanma va yo'riqnomalar asosida tuziladi).
UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI YARATISHNI TASHKIL QILISH
Turli maqsadlar uchun qo'llaniladigan umumgeografik kartaning mazmuni bir xil yo'riqnoma asosida yaratiladi. Bunday kartalar davlat kartografiya tashkilotlari tomonidan tuziladi yoki syomka qilinadi. Ular sobiq Ittifoq davrida AГП (aerogeodezik korxona) deb atalib, ekspeditsiya nomi bilan yuritilgan. Bularning barchasi sobiq Ittifoq Vazirlar Kengashi huzuridagi ГYГK (Главное управление геодезии и картографии) ixtiyorida edi. Lekin yetarli imkoniyatga ega bo'lgan tashkilot va muassasalar ham o'zlari umumgeografik kartalar tuzish va nashr qilishi mumkin edi. Biroq nashrga tayyorlash jarayonida ГYГK tomonidan nazorat qilinib, so'ng nashr qilinar edi.
UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI YARATISHNI TASHKIL QILISH
Umumgeografik kartalarga taalluqli geodeziya va aerofotosuratlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari F. N. Krasovskiy nomidagi ЦНИИГАИК (Централный научно-исследователъский институт геодезии, аеофотосъемки и картографии) institutida olib borilgan bo'lib, u ham ГYГKga qarashli edi. U yerda shu тsoha bo'yicha yo'riqnomalar va har bir milliy tillarda yoziladigan transkripsiyalar (nomlar talaffuzi) ishlab chiqilar edi. ГYГK sistemasida ishlab chiqilgan barcha karta va atlaslar ГYГK qoshidagi tahririyat bo'limida nazoratdan o'tkazilib, so'ng nashr qilishga ruxsat berilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlari 1:10 000 va 1:25 000 masshtabli topografik kartalar bilan ta'minlangan bo'lib, ulardan turli sohalarda foydalanish mumkin.
So'nggi vaqtlarda ko'pchilik umumgeografik kartalar yangilanmoqda. Bu jarayon dala ishlari bilan, ya'ni syomka bilan bog'liq bo'lgani uchun katta mablag' talab qiladi. Shuning uchun bunday ishlar past sur'atlar bilan olib borilmoqda.
Mayda masshtabli 1:1 mln va 1:2,5 mln masshtabli umumgeografik kartalar asosan blankali kartalar bo'lgani uchun tez-tez qayta nashr qilinishi mumkin. Ba'zi kartalar 1:5 mln va 1:10 mln masshtablarda ham tuzilmoqda. Respublikamizda siyosiy-ma'muriy kartalar tuzish uchun, o'quv maqsadlari uchun ham ko'pgina umumgeografik kartalardan foydalanilmoqda. Qishloq xo'jaligi kartalarini tuzish uchun mazkur vazirlik qoshida umumgeografik kartalar yaratiladi. Ularni nashr qilib beradigan korxonalari ham bor.

Download 115.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling