3-мавзу: Умумгеографик карталарнинг мазмуни, моҳияти ва тасвирланиши “Картография асослари” фани


UMUMGEOGRAFIK KARTALARNING MATEMATIK ASOSI


Download 115.85 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi115.85 Kb.
#1570741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu.Umumgeografik va mavzuli kartalar

UMUMGEOGRAFIK KARTALARNING MATEMATIK ASOSI
Umumgeografik kartaning matematik asosiga masshtab, proyeksiya, nomenklatura va komponovka kiradi. Matematik asos kartaning maqsadi va mazmuniga bog'liq holda tanlanadi. Masalan, karta masshtabi qancha mayda bo`lsa, shuncha kam ma'lumot beradi. Topografik va obzor-topografik kartalar uchun sobiq Ittifoqda geodezik kengash tomonidan 1934-yilda qabul qilingan masshtablar tizimi qabul qilingan.
Umumgeografik mayda masshtabli kartalar uchun 1:1 mln va 1:2,5 mln, 1:5 min, 1:7,5 mln, 1:10 mln masshtablar qabul qilingan. Lekin devorga osib ishlatiladigan o'quv kartalarida 1:1,5 mln, 1:2 mln, 1:4 mln, 1:5 mln masshtablilari ham uchrab turadi.
UMUMGEOGRAFIK KARTALARNING MATEMATIK ASOSI
Kartaning proyeksiyasini tanlashda kartaning maqsadi va ish-latilishiga e'tibor beriladi. Odatda yirik va o'rta masshtabli kartalar asosan masofa va burchak o'lchash bilan bog'liq ishlarda foydalaniladi. Topografik va obzor-topografik kartalar uchun (1:1 mln dan tashqari) Gauss-Kryugerning ko'ndalang silindrik to'g'ri burchakli proyeksiyasidan foydalaniladi.
Bunda meridianlar orasi 6°, parallellar orasi 4° bo'ladi. 1:1 mln masshtabli kartalar uchun xalqaro proyeksiya qabul qilingan bo'lib, trapetsiya tomonlari 6° va 4° ni tashkil qiladi. Bunda har bir trapetsiya uchun o'zgartirilgan ko'p konusli proyeksiya hosil boladi. Keyinroq borib esa to'g'ri burchakli konusli proyeksiyaga almashtirilgan. Natijada 4 yoki 9 ta varaqli kartalarni bitta varaq qilib birlashtirilganda meridianlar orasida ochiq joy qolmaydi. Bu juda qulay bo'lib, yirik geografik hududlarni (rayonlarni) kartaga tushirishda foydalaniladi.

Mavzuli kartalar

  • Hozirgi kungacha nashr qilingan va nashr qilinayotgan mavzuli kartalarning mazmunlari va ishlatilishi ham xilma-xildir.
  • Mavzuli kartalarga: Geologik kartalar,iqlim kartalar,zoogeografik kartalar,ekologik kartalar,aholi kartalari,sanoat kartalari,xalq maorifi kartalariga bo‘lindi.

Kartalar

  • Kartalar mavzusi va mazmuni bo‘yicha dastlab quyidagi ikki yirik guruhga, ya’ni umumgeografik va mavzuli kartalarga bo‘linadi.
  • Umumgeografik kartada geografik landshaftning tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Uning geografik mazmuni landshaftning asosiy elementlari-relef, gidrografiya ob’ektlari, tuproq, o‘simlik va gurunt ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, bu elementlar kartaga bir xil aniqlikda va mukammallikda tushiriladi.

Download 115.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling