3-mavzu: xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlari ma’ruza mashg’uloti rejasi


Xalqaro turizmning boshlang’ich davri


Download 53.04 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi53.04 Kb.
#204481
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 mavzu

3.2. Xalqaro turizmning boshlang’ich davri

Turizm sohasida birinchi mutaxassislardan biri angliyalik Tomas Kuk bo’lib hisoblanadi. U baptistlar pasteri (ruhoniysi) bo’lib, 1843 yilda birinchi marta 570 kishidan iborat etiqod qiluvchilarni to’plab Angliyaning Lestera va Lafebaro shaharlari o’rtasida turistik guruhni poezda sayohatga olib chiqadi va ommaviy turizmning tashkil etilishiga asos soladi. Ekskursiyadagi muvaffaqiyati Tomas Kuk uchun shon-shuhrat keltiradi. Aynan Kuk turistlarni chipta (bilet)lar narxini belgilashda kattagina skidka berib o’z ishini rivojlantiradi. U anglichanlarning London shahrida o’tkazilgan Xalqaro ko’rgazmada 165 kishi ishtirok etishini ekskursiyalar tashkil etib ta’minlaydi.

Tomas Kuk 1855 yilda birinchi bor angliyalik turistlarni to’plab Parijdagi Xalqaro ko’rgazmada qatnashadi. 1851 yilda «Tomas Kuk va o’g’li» sayyohlik kommertsiyali firmani tashkil qiladi. 1865 yilda boy-badavlat kishilarni to’plab dam olish uchun Shveytsariyaga sayohat uyushtiradi. Shunday qilib, u hozirgi zamonaviy turizm industriyasiga asos soladi.

Bu hodisalarga ko’p hollarda samolyot inqilobi, jumladan transportdagi tub o’garishlar, yangi zamonaviy transport vositalarining paydo bo’lishi, temir yo’llar qurilishi sabab bo’ladi.

1838 yilda birinchi bor «Greytvestern» parrakli – vintli paraxodning qurilishi, u 68 pasajjirni Amerikadan Yevropaga olib borib quydi va shunday qilib Nyu-York va London shaharlari o’rtasida muntazam kema qatnovi tashkil etildi. 1866 yil Tomas Kuk ikkita angliyalik turistlar guruhini AQShga borishni tashkil etadi. 1867 yilda «Kveyker Soti» paraxodi 60 kishidan iborat sayyohlarni o’z bortiga olib, besh oylik dengiz sayohatiga boshlaydi. O’sha davrda biznesning yangi sohasi turizm tez orada juda ko’plab tadbirkorlarni o’ziga jalb qila boshladi. Tomas Kuk firmasidan keyin Angliyada Treymza va sera Lan turistik tashkiloti, turistlar siyosiy assotsiatsiyasi, Velosipedchilar klubi kabi bir qancha yangi turistik tashkilotlar paydo bo’la boshladi. Biroz keyinroq turistik firmalar va agentliklar Frantsiyada, Italiyada, Shveytsariya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida paydo bo’la boshlaydi.

XIX asr o’rtalaridan boshlab Rossiyada ham turizmga bo’lgan e’tibor kuchaya bordi. Bu davrda Rossiyada tabiatshunoslikka qiziquvchilar jamiyati, Qrim tog’i klubi, Kavkaz tog’i jamiyati kabi sayyohlik tashkilotlari tuzilib, keng tarqaladi. 1885 yili Peterburgda L.Linson turistik tashkiloti o’z faoliyatini boshladi. 1899 yilda Moskvada umumiy ta’lim o’quvchilari uchun ekskursiyalarni tashkil etish bo’yicha Pedagoglar jamiyati komissiyasi ish boshladi. 1895 yilda Qrim - Kavkaz tog’ klubi Yalta byurosi tashkil etildi.




Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling