3-mavzu: Xizmat ko’rsatish korxonasini texnikaviy tayyorlashni tashkil qilish


Avtomobillarga servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatish


Download 65.5 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1085627
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

3. Avtomobillarga servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatish. Avtomobillarga TXK ning muqobil tartibi - bu, avtomobillarning yurgan yo’liga to’g’ri keluvchi TXK va ta’mirlash uchun sarf harajatlarni eng kam sarf qilgan holda, uning foydalanish davridagi ishonchliligini ta’minnlash uchun bajariladigan ishlarning davriyligi va majmui hisoblanadi.
Har bir aniq holat uchun muqobil tartibni aniqlash juda qiyin, chunki u ko’pgina omillarga, ya’ni avtomobilning tuzilishi va turiga, foydalanish sharoitiga, yangiligidan beri yurgan yo’liga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda aholiga qarashli engil avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish tartibi avtomobilni harid qilishda taqdim etiladigan servis kitobchasi bo’yicha belgilanadi.
Servis kitobchasi asosiy xujjat hisoblanib, u avtomobilga xizmat ko’rsatish tartibini hamda ishlab chiqaruvchi zavod va avtomobil egasi orasidagi munosabatni belgilab beradi. Ko’pincha kitobchaning birinchi varag’ida ishlab chiqaruvchi va haridorning xuquqlari va majburiyatlari, avtomobildan foydalanish uchun ko’rsatmalar, shu jumladan kundalik xizmat ko’rsatish, kafolat shartlari, uni xatlash tartibi xamda avtomobil (sotib olingan vaqti va joyi, dvigatel va shassining raqami va markasi va h.k.) va uning egasi (ismi sharifi, turar joyi, telefon raqami va h.k.) to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi (forma №1). Bu o’z navbatida, avtomobil TXKS ga kelganda buyurtma-naryadning avtomobil va uning egasi to’g’risidagi ma’lumotlarni tezda to’lg’azishga imkon beradi.
Formal
Vladeles avtomobilya Avtomobil №
Adres Kuzov №
Data prodaji
Organizatsiya, prodavshaya
Model avtomobilya avtomobil
Nomer dlya zapchastey
Dvigatel № Adres
Kitobchaning keyingi varaqlari yirtib olinadigan talonlar bo’lib, unda xizmat yurgan yo’l va va vaqt bo’yicha ko’rsatish tartibi keltirilgan. Har bir talonning oldingi qismida bajariladigan ishlarning majmuini bajarish uchun yuriladigan yo’l - kilometrda, orqa qismida esa xizmat ko’rsatishda ishlab chiqargan zavod tamonidan belgilangan majburiy ishlarning tarkibi ko’rsatiladi. Ko’pgina firmalarning kitobchalaridagi xamma talonlarda bajariladigan ishlarning tarkibi o’garmay qolishi yoki belgilangan tartibda qaytarilib turuvchi bir nechta bo’lishi mumkin.
UzDEU avtomobillari kitobchasida xizmat ko’rsatish ishlari har 10000 km da bajariladi. Faqatgina foydalanish boshlangandan so’nggi 1000-2000 km bundan mustasno bo’lib, bunda belgilangan o’ziga xos ishlar bajariladi.
«OREL» (FRG) firmasining servis kitobida avtomobillarga SXK 100 ming km ga qadar har 5000 km da bajariladi hamda foydalanish boshlangandan keyingi 500, 1000 va 5000 km bundan mustasno bo’lib, bu oraliqlarda o’ziga xos ishlar bajariladi.
«RENAULT» (Fransiya) firmasining servis kitobchasi kafolat katochkalari, 500 va 2000 km uchun kafolat xizmat ko’rsatish talanlari va kafolat davridan keyingi talonlardan tashkil topgan.
VAZ avtomobillariga xizmat ko’rsatish servis kitobchasidagi 12 ta talon bo’yicha bajariladi va 100 ming km masofaga mo’ljallangan. Xizmat ko’rsatish ishlari №1 talon bo’yicha 1500-2000, №2 talon bo’yicha 4000-5000 km dan so’ng, keyin esa har 10000 km dan so’ng bajariladi.



Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling