O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro davlat Universiteti qarashli Talabalar turar joyi 3-bino 3-qavatida


Download 25.32 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi25.32 Kb.
#1335751
Bog'liq
Zakovat noyabr 2017



O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro davlat Universiteti qarashli
Talabalar turar joyi 3-bino 3-qavatida 23.11.2017 kuni bo`lib o`tgan „Zakovat“ deb nomlangan intellektual o`yini


BAYONNOMASI
Qatnashchilar: Buxoroviloyat YOIH yetakchisi Aminov M, BuxDU YOIH universitet
yetakchisi Nurillayev F, Tabiiy fanlar
fakulteti o`qituvchilari Ne`matov A,
Ergasheva M, Qalandarova D,
Mirzayeva I, Murodova va fakultet talabalari.


Tadbirdan maqsad: Talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, fikrlash qobilyatini kuchaytirish va ularning bo`sh vaqtini unumli o`tkazish.
Talabalar turar joyida bo`lib o`tgan “Zakovat” nomli intellektual o`yinning bugalgi sonini “Everest”, “Omadlilar”, “Dream time”, “Viktoriya” jamoalarining noananaviy chiqishishlari bilan boshlandi. Jamoa a`zolari harbirlari o`zlarini qishqacha qofiyali tarzda tanishtirib tomoshabinlarni ruhlantirishdi.
Zakovat“ intellektual o`yining navbatdagi sonini Buxoro viloyat YOIH yetakchisi Aminov M ochib berdi.
“Talabalarning bo`sh vaqtini unumli o`tkazish, ularni hozirgi zamon ruhida fikirlash qobilyatini oshirish, intelektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida zakovat intelektual o`yinlari tashkil etilgan. Mana bugun Tabiiy fanlar fakultetida tashkil qilingan „ Zakovat” nomli intelektual o`yinini ochib berar ekanman talabalarga bilim olishdan to`xtamasdan faqat olg`a intilishlarini so`rayman , zeroki xalqimizda “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” degan sermano hikmatbor. Shunday ekan siz yoshlar bilim olishdan hech qachon to`xtamang“.
O`yinning birinchi savoli davlatimizning gerbi bilan bog`liq savol bo`ldi: O`zbekiston Respublikasi davlat mathiyasining mullifi va uning bastakori ko`pchilikka ma`lum. Diqqat savol O`zbekiston Respublikasi davlat gerbining muallifi kim?. O`zbekistonRespublikasi davlat gerbi bilan bo`g`liq bu savolga biologiya, ekologiya geografiya va tuproqshunoslik yo`nalishlarining iqtidorli talabalaridan taskil topgan “Dream time” jamoasi to`g`ri va aniq javob berib dastlabki 1 ballni qo`lga kiritdi.O`yin davomida yurtimiz hayoti bilan bog`liq ijtimoiy - siyosiy, tarixiy, geografik va statistik savollar bilan bir qatorda mantiqiy savollar ham o`ynaldi.Oyin natijasiga ko`ra “Omadlilar” jamoasi bosh hakam tomonidan berigan 11 ta savoldan 5 tasiga aniq javob berib yakunda 5 ballni qo`lga kiritdi.
O`yin yakunida “Omadlilar” jamoasining eng yaxshi ishtirokchisi Ekologiya ta’lim yo`nalishi 2-bosqich talabasi Qurbonov Doston o`zining o`yin haqidagi fikrlarini bayon qildi:
Fakultet yetakchisi Sh.R Sharopova so’zi:“Haqiqatda bu galgi o`yin juda yuqori saviyada bo`lib o`tdi. Mantiqiy savollarga javob berish jamoamiz uchun oson bo`lmadi. Ayniqsa biz o`yinning eng yaxshi savoli sifatida takitlagan Sherlok Xolms haqidagi savol bizga juda qiyinchilik tug`dirdi. Kelgusi o`yinlarni tashkil etishda tashkilotchilarga kuch-quvvat tilayman, boshlagan ezgu ishlarga omad yor bo`lsin”.
Zakovat“ning bugalgi soni hakamning shu bugaplari bilan yakunlandi “Bilimdan qudratliroq kuch yo`q, bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir.

Buxoro Davlat Universiteti BT yetakchisi F.Nurullayev


Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubshunosi G.Xodjiyeva


Download 25.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling