3-mavzu. Yozma ishlar o‘quvchilar tafakkurini shakllantiruvchi vosita sifatida reja
Download 17.57 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-маъ
Savol va topshiriqlar:
1.Yozma ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga yo‘naltirish borasida fikr yuriting. 2.Inson tafakkuri mustaqilligi darajalarini belgilab chiqing. Ularni o‘z qarashlaringiz asosida, hayotiy yoki badiiy haqiqatlar misolida tahlil qiling. 3.Inson tafakkurining mustaqilligi darajasini o‘lchash mezoniga e’tibor qiling: «Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati». Siz buni qanday tushundingiz? Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilar bilimining mustaqilligi darajasini nimalarga asoslanib baholash to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Kursdoshlar o‘zaro muhokama qilib, bir asar misolida qarashlaringizni asoslang. 4.Fikrlar ko‘chirmasining mazmunini sharhlang. 5.Yuqorida o‘quvchilarga namuna sifatida keltirilgan topshiriq: «Alpomishr» dostoni qahramonlari Boybo‘ri va Boysari timsollarini o‘zaro taqqoslash» zamiridagi savol va topshiriqlar ustida Siz ham o‘ylab ko‘ring. O‘z munosabatingizni bildiring, xulosa chiqaring. Nega shunday xulosaga kelganingizni asoslang. 8.Bo‘limda alohida ta’kidlangan: «O‘quvchining mehnati oson bo‘lishi kerak emas» degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring. Bu haqiqatga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Har ikkala holatda ham fikringizni asoslang. 6.Bo‘limda taqdim etilgan darslarida o‘quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undovchi har bir tavsiyani alohida ajratib yozing. Ularni qanday tashkil etish borasida o‘qituvchingiz bilan birgalikda fikrlashing. 7.Siz, bo‘lajak o‘qituvchi, matn yuzasidan o‘quvchilaringizni mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan qanday savol va topshiriqlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz? 8.Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan tafakkurni rivojlantirish zamon talabi jumlasiga qanday qaraysiz? 9.O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish borasidagi taklif va mulohazalarga diqqat qiling. Siz qanday tavsiyalar berardingiz? 10.“Jangda o‘lgan emas biror bahodir” she’ri mavzusida tahliliy insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama qiling. Xato va kamchiliklari ustida suhbatlashing. Download 17.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling