Joriy nazorat uchun topshiriq


Download 18.17 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi18.17 Kb.
#1781325
Bog'liq
Audit joriy


JORIY NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ
BERILGAN MASALA YUZASIDAN SAVOLLARGA TO’LIQ JAVOB BERING. FIKRINGIZNI IZOHLANG VA VAZIYATGA MUNOSABATINGIZNI BILDIRING.
1-Masala: Budjet tashkilotlarida ichki audit xizmati tomonidan 2021 yilda Kimyo texnologiyari institutida ichki audit nazorati o’tkazildi. Nazorat davomida o’ta muhim bo’lgan xatolar aniqlanmadi. 2021 yil yakunlari bo’yicha oliy ta’lim muassasasiga ijobiy xulosa berildi. Ichki audit nazorati yakunlanganidan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshiruv keldi va ushbu oliy ta’lim muassasasida jiddiy tartibda qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Talab qilinadi:

  1. Ushbu vaziyatda ichki auditorlar qanday yo’l tutadilar?

  2. Hisob palatasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni zarari kim tomonidan qoplanadi?

  3. O’z vaqtida aniqlanmagan kamchiliklar uchun kim javobgar hisoblanadi va bu vaziyatda Hisob palatasi hamda ichki audit boshqarmasining o’zaro aloqasi qanday bo’ladi?



  1. Umuman olganda ichki audit faoliyati — vazirlik va idoralarda budjet intizomini mustahkamlash, budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish samaradorligini baholashga qaratilgan mustaqil faoliyat.

U aniqlangan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari statistikasini yuritadi va ular yuzasidan vazirlik va idora rahbarini xabardor qilib boradi;
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan moliyaviy nazorat va tashqi audit natijalari bo‘yicha aniqlangan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar beradi. Mazkur holatda Ichki audit o’z vazifasini bajarmagan hisoblanadi va qonunning tegishli hujjatlariga asosan javobgar hisoblanadilar. O’z vaqtida aniqlanmagan kamchiliklar uchun ichki auditor javobgar hisoblanadi.

2-Masala: Tashkilotda ichki audit boshqarmasi tomonidan ichki audit tekshiruvlari oʼtkazilayotganda tashkilotning boshqaruv xodimlari va ichki auditorlar oʼrtasida nizolar vujudga keldi. Bunga sabab tashkilot xodimlari tomonidan ichki auditorlarga nisbatan axloq meʼyorlari buzilganligi boʼldi. Ichki auditorlarning mustaqilligiga toʼsqinlik qiluvchi, ularning ish faoliyatiga xalal beruvchi va ular bilan oʼzaro muomala munosabatlari qoʼpol buzilishi yuzaga kelgan.
Talab qilinadi:

  1. Bu vaziyatda ichki auditorlar o’z nazoratlarini davom ettiradilarmi?

  2. Tashkilotga nisbatan bu vaziyatda qanday choralar ko’riladi?


  1. 2022-yil 1-avgustda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 416-son “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” ning 4-bobiga ko’ra auditor ichki audit xizmati xodimi bilan ichki audit tadbirlarini o’tkazishga yo’l qo’yilmaydigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit tadbirlarini o’tkazishni rad etish yoki to’xtatish huquqiga ega. Agarda byudjet to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari, moliyaviy xato va kamchiliklar, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlar, moddiy boyliklar kamomadi aniqlansa, to’g’ridan to’g’ri vazirlik va idoralarning birinchi rahbariga xabar beriladi.

Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling