2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 32.24 Kb.
|
латиница PWShgQB
2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari 4. Departamentning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: a) budjet siyosatini yuritish va konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish; b) davlat byudjeti ijrosi hisobotini shakllantirish hamda kredit liniyalari va byudjet ssudalari holatini monitoring qilish; c) budjetlararo munosabatlarni tartibga solish va davlat maqsadli jamgъarmalari budjetlarining ijrosi monitoringini yuritish; d) davlat budjetining balansli ijrosini ta’minlash; e) davlat moliyaviy statistikasini yuritish va budjet ochiqligini ta’minlash; f) budjet xarajatlari samaradorligini baholash va budjetni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli uslublarini joriy etish; g) budjet jarayoni va hisobi uslubiyoti shakllantirish va takomillashtirish; h) ichki audit xizmatlari bilan ishlash; i) qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalar. 5. Departament unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) budjet siyosatini yuritish va konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish bo‘yicha: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari va makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozidan kelib chiqib, kelgusi moliya yili uchun (o'rta muddatli) budjet siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi; budjet tashkilotlariga, budjet mablag'larini oluvchilarga va budjet mablag'larini taqsimlovchilarga kelgusi davr va o'rta muddatli istiqbol uchun budjet so'rovini tuzish tartibini yo'llaydi; iqtisodiyot va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda davlat хarajatlari tarkibini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi; vazirlikni tarmoq boshqarmalari va davlat maqsadli jamg'armalari tomonidan taqdim etilgan kelgusi yil uchun Davlat budjeti хarajatlari loyihasini ko'rib chiqadi va jamlaydi; Budjet kodeksiga muvofiq soliq-budjet siyosatini takomillashtirish bo'yicha konsyeptual takliflar, asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi asosida Budjetnomani tayyorlaydi; Budjetni rejalashtirish, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilar хarajatlarini moliyalashtirishni tartibini ishlab chiqish va takomillashtiradi; Vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablag'larini oluvchilar so'roviga binoan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash bilan bog'liq malalalarga izoh beradi; kelgusi davr uchun budjet so'rovini tuzish tartibini ishlab chiqish hamda budjet mablag'larini taqsimlovchilarga va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yetkazish uchun vazirlikning tarmoq boshqarmalariga taqdim qiladi; o'z vakolatlari doirasida хalqaro moliya institutlariga tatsqdim etish uchun budjet materiallarini tayyorlashda ishtirok etadi; vazirlik tarmoq boshqarmalari tomonidan respublika budjetining хarajatlari yoyilmasini tuzish va tasdiqlash bo'yicha ishlarni tashkil etadi; O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek respublika budjeti daromadlari va хarajatlari yoyilmasini shakllantiradi; ilmiy tadqiqot muassasalari bilan birgalikda davlat moliyasini boshqarish va budjet siyosatini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi; budjet mablag'larini moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi, hajmining asosligi, shuningdek moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjat va loyihalarni qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy ekspertizadan o'tkazadi; b) davlat byudjeti ijrosi hisobotini shakllantirish hamda kredit liniyalari va byudjet ssudalari holatini monitoring qilish bo‘yicha: O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti ijrosining byudjet hisobini yuritadi; Moliya vazirligi G'aznachiligida O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining kassa ijrosini tashkil qiladi va yuritadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, hududiy moliya organlari, vazirliklar, idoralar va davlat qo‘mitalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun zarur hisobotlarni va boshqa materiallarni oladi; byudjet hisobi va hisobotini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi (ishlab chiqishda ishtirok etadi); davlat byudjetining ijrosi bo'yicha buxgalteriya hisoboti va hisobot shakllarini, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'larini oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini tog’ri shakllantirilganligini tekshiradi va qabul qilib oladi; Moliya vazirligi hamda moliya organlari bo'limlari va idoralarining byudjet hisobini yuritish va O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobotni yuritish bo'yicha ishlarini muvofiqlashtiradi; buxgalteriya hisobini tashkil etilishini, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni tayyorlash va taqdim etilishini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, moliya boshqarmalari G'aznachiligi, shuningdek byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni tayyorlashni tahlil qiladi; vazirlik hay'atining ish rejasiga, shuningdek, rahbariyatining qaroriga binoan tegishli masalalarni o'rganadi, normativ hujjatlar bilan belgilangan hujjatlarni ko'rib chiqishga tayyorlaydi, belgilangan tartibda rahbariyat ko'rib chiqishi uchun taqdim etadi; O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Departament va boshqarmalari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosini tahlil qilish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi; tegishli davrda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risida hisobotni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlaydi; byudjet hisobi va hisoboti bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarning moliyaviy ekspertizadan o'tkazadi; Download 32.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling