3-mavzu: yurak va qon tomirlari fiziologiyasi reja
Download 22.47 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-mavzu yurak va qon tomirlari fiziologiyasi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- kardiogramma
3-MAVZU: YURAK VA QON TOMIRLARI FIZIOLOGIYASI REJA: 1. Qon aylanish haqida umumiy tushuncha. 2. Hayvonlar yuragining tuzilishi va ishi, yurak ishining tashqi ifodalari: tonlari va zarbi. 3.Yurak muskullarining xususiyatlari. Tayanch iboralar. Yurak, arteriya, vena, kapillyarlar, aorta, katta va kichik qon aylanish doirasi, ikki, uch, to’rt kamerali yurak, chap va o’ng bo’lmacha, chap va o’ng qorincha, perikard, miakard, endokard, tavaqali klapan, yarimoysimon klapan, pay ipchalari, sistola, diastola, pauza, yurak ish sikli, yurak tonlari, sistolik va diastolik tonlar, yurak zarbi yurakning sistolik va daqiqalik hajmi, avtvmatiya, miogen, neyrogen, nerv tuguni, Kiss – Flek, Ashof – Tovar, Giss oqlari, Purkinpe tolalari, silliq va ko’ndalang targ’il muskullar, refrakterlik, blakada, o’tkazuvchanlik, qo’zg’aluvchanlik. bioelektr tok, EKG, R, Q. R. S. 1.Qon o’zining turli xildagi vazifalarini faqat to’xtovsiz harakatda bo’lgandagina bajaradi. Qon aylanish deb, qonning maxsus naychalarda uzluksiz, to’xtamasdan aylanishiga aytiladi. Qonning tomirlardagi harakati yurak faoliyati natijasida paydo bo’ladi. Qon aylanish sistemasiga ya’ni organlariga yurak, katta va kichik qon aylanish doirasi, aorta, arteriya, vena va kapillyarlar kiradi. Yurakdan chiquvchi qon tomirlariga arteriya, yurakga kelib quyuluvchi qon tomirlariga vena qon tomirlari deyiladi. Arteriya qon tomirlari vena tomirlariga nisbatan qalin bo’lib, vena qon tomirlarining diametri katta lekin, deyarli qalin emas. Kapillyar tomirlar bir qavat endoteliy hujayralaridan tuzilgan bo’lib, gaz va moddalar almashinuvini bajaradi. Yurak tomirlar sistemasining fiziologiyasini o’rganish qadim zomonlardan insonlarni qiziqtirib kelgan bo’lib, u o’ziga xos tarixiy taraqiyotga ega. Yurak tomirlar sistemasining faoliyatini o’rganishga taluqli dastlabki ma’lumotlar Aristotel, Gippokratlar tomonidan berilgan bo’lib, Gippokrat organizmda yurak va yurak joyi borligini aniqlagan. lekin qon aylanishini to’g’ri tushintirib beraolmagan. Arteriyada havo bo’ladi deb, arteriya so’zi shundan olingan, lekin venada qon bo’ladi degan. Qon aylanish markazi yurak emas jigar deb xulosa qilgan. Yurak tomirlar sistemasining faoliyatini o’rganishda bizning eramizning 2 asrlarida K.Galen bo’lmacha to’sig’ida teshik bo’lib, u orqali qon o’ng bo’lmachadan chap qorinchaga o’tadi deb tushintirgan. U yurak va uning atrofida katta qon aylanish doirasini borligini aniqlasada u ham nuqsonlarga yo’l qo’ygan, ya’ni u yurak teshiklardan iborat degan (u embrion yuragida bo’lmachalar o’rtasidagi, bo’lmacha va qorinchalar o’rtasida teshiklar bo’lgani uchun bu teshiklar doimiy soqlanadi deb bilgan). Pulsni organizm xarakteri, nerv sistemasi faoliyatiga bog’liqligini Abu Ali Ibn Sino aniqlagan. XVI asrda M.Servet va Kolombo Galenning yurak tuzilishida u takidlaganidek teshik yo’q ekanligini va yurakning o’ng qorinchasidan chap bo’lmachaga qon o’pka orqali o’tishini tasdiqlab bergan. Servet kichik qon aylanish doirasini aniqlab, barcha qon o’pka orqali o’tishini tasdiqlab bergan lekin bu yangilik, chop etilgan kitob va Servet inkvizitorlar tomonidan yondirib, kuydirilgani uchun uni izi topilmadi. 1628 yil V.Gorvey katta va kichik qon aylanish doirasini va qonning o’pka orqali aylanib tozalanishini ya’ni kislorodga boyishini aniqlab, qon aylanishi haqidagi yangilik ingliz olimi V.Garvey nomi bilan yuritiladi. U qo’ylarda o’tkazgan bir qancha tajribalarida olingan ma’lumotlarga tayanib, qonni yopiq qon tomirlar tizimida aylanishini ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasi bo’ylab harakatlanishi haqida ma’lumot bergan. U chap qorinchadagi qon miqdorini o’lchab, uni yurak ishi davrida o’zgarmaganligini tasdiqlagani uchun qon aylanish doirasini ochilishi uni nomi bilan yuritiladi. Lekin Garvey davrida mikroskop bo’lmaganligi uchun u kapillyalarni ko’rmaydi va u qonni yopiq sistema orqali harakatlanishini tushintiraolmaydi. Faqat 1661 yil M.Malpigiy kapillyar qon tomirlar sistemasini mikroskop tagida kuzatib, Garvey xulosasini tasdiqlab berdi va katta hamda kichik qon aylanish sistemasini to’liq o’rgangan. 1842 yil A.P.Valter baqalarda va 1852 yil K.Bernar quyonlarda simpatik nervni tomirlar tonusiga ta’sirini, aka-uka Veberlar adashgan nervni ta’sirlab yurak ishini sekinlashganini, I.F.TSion simpatik nervni ta’sirlab, yurak ishini tezlashganini 1885 yil o’rgangan. V.F.Ovsyannikov birinchi bo’lib yurak va qon tomirlar faoliyatini markazi uzunchoq miyada joylashganligini aniqlagan. Yurak tomirlar sistemasi haqida dastlab V.Demixov (1963) izlanishlari asosida hayvonlar yuragini ko’chirib o’tkazgan bo’lsa, keyinchalik odamlarda V.I.SHumakov yurakni ko’chirib o’tkazib, bugungi kunda tibbiy amaliyotda qo’llanilmoqda. SHuning bilan birga qon tomirlarini shuntlash yo’lga qo’yilib, ko’plab insonlarni hayoti saqlanib kelinmoqda. I.P.Pavlov shogirdlari A.D.Speranskiy, L.A.Orbelilar nerv sistemasining trofik xususiyatlarini o’rgandi. I.M.Bikov yurak ishini o’zgartiruvchi shartli reflekslarni hosil bo’lishini isbotlaydi. Qon tomirlari va yurakning tuzilishi barcha hayvonlarda bir xil emas va o’ziga xos evolyutsion rivojlanishga ega, umirtqasiz hayvonlarda (kavak ichlilarda) maxsus qon va qon tomirlari bo’lmaydi, ularda moddalar almashinuvi limfa suyuqligi orqali sodir bo’ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida bu suyuqliklar yo’li takomillashib, rivojlanib, bir-biri bilan birlashib turli xil organlar ichkarisiga kirib boradi. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi birinchi bo’lib paydo bo’lgan. Bu o’mirtqasiz hayvonlarda qon bilan limfa aralash oqib unga gemolimfa deyiladi. Tomirlar sistemasining hosil bo’lishining boshlang’ich davrida yurak bo’lmaydi. Bunday tomirlar sistemasining turli qismlari turlicha harakat qilaboshlaydi. Natijada kuchliroq, ko’proq qisqargan qon tomirlar devori qalinlashadi va shunday qilib yurak paydo bo’ladi ya’ni bir kamerali yurak paydo bo’ladi. Demak yurak, tomirlarning o’zgarishidan hosil bo’ladi. Yurak paydo bo’lishida murakkab organizmlarda kapillyarlar paydo bo’laboshlaydi. Kapillyarlar eng avval jabralarda, keyin terida, ayiruv organlarida ichak devorlarida paydo bo’lib, keyin barcha qismlarda kapillyarlar paydo bo’ldi. Kapillyarlar sistemasining paydo bo’lishi, kapillyarlar paydo bo’lgan qon tomirlarida qon oqishini qiyinlashtiradi, qon tomirlarida qarshilik ko’payib yurak yana takomillashadi. Eng avval bir kamerali yurak yomg’ir chuvalchanglarida, bo’g’im oyoqlilarda, xordalilarda so’ngra ikki kamerali yurak malyuska va baliqlarda paydo bo’lgan. Uch kamerali yurak amfibiylarda va baqalarda paydo bo’lgan. Uch kamerali yurakda o’pkadan kelgan arteriya qoni bilan tanadan kelgan vena qoni qorinchalarda aralashadi. Barcha sut emizuvchi hayvonlarda, qishloq xo’jalik hayvonlarida yurak to’rt kameralidir. 2.Yurak ko’ndalang targ’il tolali muskullardan tuzilgan bo’lib, ichi kavak organ. 4 kamerali yurakga ega bo’lgan hayvonlarda katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashkil topgan bitta umumiy sistemadan iboratdir. CHap qorinchadan chiqib, butun tanani aylanib, yurakning o’ng bo’lmasigacha bo’lgan qon aylanish yo’liga katta qon aylanish doirasi deyiladi. Yurakning o’ng qorinchasidan chiqib, o’pka orqali yurakni chap bo’lmacha-sigacha keladigan qon aylanish yo’liga kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Har bir qon aylanish doirasi o’ziga xos arteriya, vena va kapillyarlardan tuzilgan. Yurak uch qavatdan iborat bo’lib: 1. Eng tashqi qavat perikard deyiladi va perikard o’z navbatida ikki qavatdan tashkil topgan bo’lib, tashqi qavatiga perikard deyilib, ichki qavatiga epikard deyiladi va bu ikki qavat o’rtasida suyuqlik bo’lib, bu suyuqlik yurak ishlaganida uni ishqalanib qizishdan saqlaydi va bunga yurak xaltasi deyiladi. 2.Miokard-muskul qavati. 3.Endokard-yurakning ichki qavati bo’lib, bu qavatda kapillyar qon tomirlari yo’q. Bu qavatdagi hujayralar yurakdagi qondan oziqa moddalarni osmos va diffuziya yo’li bilan olib oziqlanadi. Yurakning chap va o’ng qismlari bir biridan tutash to’siq bilan ajralib, yurak bo’lmachalari bilan qorinchalari o’rtasida tavaqali klapanlar bilan ta’-minlangan atrioventerikulyar teshiklar bor. Chap atriventrikulyar teshikda 2 tavaqali, o’ng atriventrikulyar teshikda 3 tavaqali klapan bo’lib, bu klapanlar qorinchalar tomonga ochiladi. Qorinchalar tomonida uni tutib turadigan pay ipchalar klapanlarni yurak bo’lmachalari tomoniga ochilishiga qo’ymaydi. Chap qorinchadan aorta, o’ng qorinchadan o’pka arteriyasi boshlanadi. Bu tomirlarning qorinchalardan chiqish joyida cho’ntakchalar shaklini eslatadigan yarim oysimon klapanlar bo’lib tomirlarga qarab ochiladi. Bo’lmachalar muskuli qorinchalar muskullaridan maxsus pay halqa bilan ajralib, Gissa bog’lami shu halqa orqali o’tib, ularni bir – biri bilan tutashtiradi. Bo’lmachalar devoridan qorinchalar devori kuchliroq rivojlangan va qalinroqdir. Kavak venaning o’ng yurak bo’lmachasiga quyilgan joyida halqasimon muskullardan tashkil topgan sfinktrsimon tuzilma bor. Yurak ikki fazada ishlab qonni organizm bo’ylab faqat bir yo’nalishda yurak bo’lmachalaridan qorinchalariga, ulardan tomirlarga harakatlantiradi. Yurak muskullarining qisqarishiga sistola, kengayishiga diastola deyilib, yurak ishi har ikkila yurak bo’lmachalarining qisqarishi-sistolasi bilan boshlanadi. Bo’lmachalar sistolasi kavak venalarning o’ng yurak bo’lmachasiga quyilish joyidagi halqasimon muskulning qisqarishi bilan boshlanib, qorinchalar kengaygan diastola holatida bo’lib, bo’lmachalar bilan qorinchalar o’rtasidagi tavaqali klapanlar ochiq, qorinchalar bilan aorta va o’pka arteriyasi orasidagi yarim oysimon klapanlar yopiq bo’lganligi uchun qon qorinchalarda to’planadi. O’ng yurak bo’lmachasi chap yurak bo’lmachasidan 0,01 soniya oldin qisqaradi. Tavaqali klapanlar yopilib qorinchalar sistolasi boshlangan davrda qorinchalardagi bosim yarim oysimon klapanlarni ochishga yetarli bo’lmay qorinchalar muskuli 0,03-0,06 soniya tarang tortib, zo’r berib qisqara boshlaydi, bosim oshadi ya’ni qorinchalarning taranglanish fazasi sodir bo’ladi. Natijada qorinchalardagi bosim aorta va o’pka arteriyalari bosimidan oshib, yarim oysimon klapanlar ochilib, tomirlarga qon haydaladi, shu paytdan boshlab yarim oysimon klapanlar yopilib, tavaqali klapanlar ochiladi. Bo’lmachlar va qorinchalar muskulaturasi oz vaqt davomida pauza ya’ni dam oladi. Qorinchalar sistolasi paytida bo’lmachalarni qon bilan yaxshi to’lishiga sharoit tug’iladi. Umumiy diastola vaqtida qon oqib kirishi davom etib qorincha va bo’lmachalarni to’lg’azadi. Qorinchalar sistolasi paytida qon bo’lmachalarga tavaqali koapanlarni yopilishi tufayli o’ta olmaydi va qorinchalar diastolasi davrida tomirlardan qon qorinchalarga qaytib tusha olmaydi. CHunki tomirlardagi bosim qorinchalardagi bosimdan yuqori bo’lganligi uchun tomirlar bo’ylab orqaga qaytib, yarim oysimon klapanlarga urilib, ularni mahkamroq yopadi va shu tarzda takrorlana boradi. Yurak bo’lmachalarining bir sistolasidan ikkinchi sistolasigacha ketgan vaqtga yurakning bir ish sikli deyilib, bu vaqtda qon tomirlariga muayyan miqdorda qon haydab chiqariladi. Agar yurak daqiqasiga 60 sikl bilan ishlasa unda bo’lmachalar sistolasi uchun taxminan 0,1 soniya, qorinchalar sistolasi uchun 0,3 soniya vaqt sarflanib, umumiy diastolaga 0,6 soniya to’g’ri keladi, ya’ni bo’lmachalar yurak ish siklining 90% davomida, qorinchalar 70% davomida dam olganligi tufayli yurak bir umr muayyan ritmda to’xtamasdan ishlaydi. Yurak tez ishlaganda diastola vaqti qisqarib, sistola vaqti juda ham kam miqdorda kamayadi va bunga taxikardiya deyiladi. Agarda yurak sekin ishlasa, diastola vaqti uzayib, shunga nisbatan sistola vaqti ham kam miqlorda uzayib, bradikardiya deyiladi. Yurakning har bir siklida harakerli tovush eshitilib, unga yurak tonlari deyiladi va ular ikki xilda bo’ladi: a) 1 chi ton yurak qorinchalarining sistolasi paytida eshitilib, cho’ziq va bug’iqroq bo’lib, sistolik ton deyiladi. Bu ton qorinchalar sistolasi paytida muskullarning qisqarishi va tavaqali klapanlarning yopilishi oqibatida «buu» deb eshitiladi. b) 2 chi ton diastolik ton bo’lib, yurak qorinchalarining diastolasi paytida eshitilib kalta, baland va jarangli bo’lib, qorinchalar distolasi paytida yarim oysimon klapanlar yopilganida, aorta va o’pka arteriyalaridagi qonni yarim oysimon klapanlarga kelib urilishidan kelib chiqib «dup» deb eshitiladi. Yurak tonlarini qishloq xo’jalik hayvonlarini ko’krak qafasiga ya’ni 3-5 ko’krak qobirg’alari ro’parasiga quloq qo’yib yoki stetoskop va fanendoskop asboblari yordamida eshitish mumkin. Yurak klapanlarining faoliyatini o’zgarishi yurakdagi tonlarga shovqinlar qo’shilib, hatto ma’lum bir masofada ham eshitiladi. Yurak tonlarini eshitib ko’rish yurak kasalliklarini aniqlashda juda ko’p yordam beradi. Yurak zarbi (turtkisi) deb, yurak qorinchalarining sistolasi vaqtida yurak holatining o’zgarib, ko’krak qafasi devoriga urilishiga aytiladi va yurak zarbining 2 xili farq qilinadi: 1.Yurak uchining zarbi-qorinchalar sistolasi paytida yurak o’z o’qi atrofida bir - oz aylanib, qiyshiq konus holatidan to’g’ri konus holatiga o’tib, yurak uchi ko’krak qafasiga tik bo’lib, ko’krak qafasiga uriladi. (It va odamlarda). 2.Ko’pchilik hayvonlarda otlarda yurak yoni bilan zarb beradi. Bu hayvonlarda yurak distola fazasida to’g’ri konus shaklida ko’krak qafasiga tegib turadi. Sistolaning kuchanish davrida qorinchalar muskuli taranglashib, ko’kra qafa-sining devoriga uriladi. Qonni tomirlarga haydash fazasida qorinchalar muskullari qisqarib, bo’shliq kichrayib, qorincha ko’krak qafasini devoriga tegmay qoladi. Yurak urishini kardiograf asbobi yordamida yozib olinadi va yozilgan chiziqga kardiogramma deyiladi. Hayvonlar yuragining qisqarish soni turlicha bo’lib, tanasi yirik hayvonlar yuragi, tanasi kichik hayvonlar yuragiga qaraganda kamroq uradi chunki tanasi kichik hayvonlarda moddalar almashinuvining intensivligi balanddir. Moddalar almashinuvining jadal kechishi uchun qon tez aylanib, yurak tez urishi kerak.
Yurak organizmning holati, sutkaning vaqti, tashqi muhit harorati va boshqa sabablarga qarab turlicha ishlaydi. Ertalab, salqin paytda yurak sekin ritm bilan ishlaydi, tana harorati oshganida, emotsianal holatlarda, jismoniy ish davrida yurak urishi tezlashadi va 1 daqiqida yurakning qisqarish soni turli hayvonlarda turlichadir:Yurakning asosiy vazifasi qorinchalardagi qonni tomirlarga haydab chiqarish bo’lib, qorinchadan otilib chiqqan qon miqdori yurakning funktsional holatiga bog’liq. Yurakning har bir sistolasida qorinchalardan tomirlarga haydab chiqariladigan qon miqdoriga yurakning sistolik hajmi deyiladi. Yurakning sistolik hajmi yurak bo’shliqlarining hajmiga, yurakga oqib tushayotgan qon miqdoriga, yurak muskullarining qisqarish kuchiga, tomirlarning qon oqishiga ko’rsatadigan qarshiligiga bog’liq. Yurakning bir daqiqada urish sonini bilib, uni yurakni sistolik hajmiga qo’paytirib yurakning daqiqalik hajmini aniqlasa bo’ladi. Yurakning daqiqalik hajmi: sistolik hajmi: Buqada 45 litr 700 ml otda 23 litr 700 ml qo’yda 5 litr 70 ml cho’chqada 4,5 60 ml itda 2 20 ml tovuqda 0,4 2,5 ml baliqda 0,03 1,5 ml Jismoniy ish vaqtida sistolik va daqiqalik hajm oshadi. Yurak o’z-o’zidan ishlash ya’ni avtomatiya xususiyatiga ega bo’lib, uning maxsus to’qimalarida hosil bo’layotgan impulslar ta’sirida qisqaradi. Lekin hayvon yuragining ishi hayvon organizmini atrof muhit va yashash sharoitiga, organizm talabiga ko’ra intensiv qisqarishini ta’minlab ishlashi uchun nerv va gumoral yo’llar bilan ham boshqariladi. Yurak ishini nerv boshqarilishida asosiy o’rinni vegetativ nerv sistemasini adashgan va simpatik nervlari orqali boshqarishi kiradi. Adashgan nerv uzunchoq miyani to’rtinchi miya qorinchasi tubida joylashgan yadrolardan yurakga keluvchi hamda orqa miyani yonbosh shoxlaridagi (1-5 ko’krak sigmentlaridan) yadrodan chiqib bo’lmachadagi sinus va bo’lmacha-qorincha tuguniga hamda yurak muskullariga boradi. Bu nervlar qo’zg’alganida bo’lmachada sinus tuguni avtomatiyasi yurakni o’tkazuvchi sistemasidan qo’zg’alish o’tkazish tezligiga va yurak qisqarishini intensivligi o’zgaradi. Nemets fiziologi aka-uka Veberlar 1845 yil adashgan nervga kuchsiz tax’sirot berganida yurak ish ritmini sekinlashganini, kuchli ta’sirot yurak ishini to’xtatib qo’yganini kuzatganlar. Adashgan nervni ta’sirlash to’xtatilganida yurak faoliyatini tiklanishi mumkinligini aniqlagan. Simpatik nervni yurak faoliyatiga ta’sirini rus fiziologi I.F.TSion (1866) simpatik nervni qo’zg’atib, yurak ish ritmi tezlashganini o’rgangan. Hozir aniqlanishicha adashgan va simpatik nerv ta’sirlanganda nafaqat yurak ritmi va qisqarish kuchi balki uni qo’zg’aluvchanligi va yurak muskullar tonusi hamda qo’zg’alish o’tkazish tezligi o’zgarishi ham aniqlangan. Yurak ishiga simpatik nerv ta’sirida I.P.Pavlov muhim ma’lumotlarni olgan. Simpatik nervni bir tolasini qo’zg’atilishisistolani kuchaytirganini aniqlagan. Bu nerv tolasini I.P.Pavlov yurak ishini tezlashtiruvchi va u nerv miokardidagi moddalar almashinuviga ta’sir etishi mumkin degan fikrni bildiradi. Yurak ishini kuchaytiruvchi nerv ta’sirlanganida va yurak funktsional faolligi ortganida yurak muskullarida qisqartiruvchi oqsillar ko’payishi aniqlangan. Radiaktiv izotoplar usuli yordamida yurak ishini tezlashtiruvchi nerv yurakni mexanik ishini ta’minlovchi energiya manbaii hisoblangan ATF sintezi va parchalanishini stimullaydi. Atsetilxolin va noradrenalin nerv sistemasini mediator moddalari bo’lib, yurak ishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Atsetilxolin adashgan nerv oxirida sintez bo’lgani uchun uni adashgan nervdan ajratib bo’lmaydi. Atsetilxolin bo’lmachadagi sinus tuguni hujayralarida va o’tkazuvchi sistemalarida vagusga xos effekt – impuls hosil bo’lish va qo’zg’alish o’tkazish tezligini pasaytiradi. Atsetilxolin yurak muskullarining qo’zg’aluvchanligi va uni qisqarish kuchini pasaytiradi. To’qima-aro suyuqliklarda K va Sa ionlarini optimal bo’lishi yurakni normal ish faoliyati uchun juda muhimdir. Qonda kaliy ionlarini ko’payishi yurak ish ritmini zaiflashtiradi, yurak qisqarish kuchini kuchsizlantiradi, yurak o’tkazuvchi sistemalari orqali qo’zg’alish tarqalish tezligini tormozlab, yurak muskullarini qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Qonda kaltsiy ionlarini ko’payishi yurak ish ritmi, uni qisqarish kuchini kuchaytiradi, yurakni o’tkazuvchi sistemalari orqali qo’zg’alish tarqalish tezligini kuchaytiradi va yurak muskulining qo’zg’aluvchanligi ortadi. Kaliyni ta’sir xarakteri adashgan nerv ta’sirida bo’layotgan o’zgarishga o’xshash bo’lsa, kal’tsiy ioni simpatik nerv qo’zg’algandagi effektni beradi. Download 22.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling