10 –Seminar mashg‘uloti Mavzu: Qon ketish turlari. Qon ketishni to‘xtatish usullari. Tashqi qon oqishini to‘xtatish
Download 26.54 Kb.
|
10-Seminar mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qon ketish turlari va to‘htatish usullari
- Qon ketish turlari.
10 –Seminar mashg‘uloti Mavzu: Qon ketish turlari. Qon ketishni to‘xtatish usullari. 1. Tashqi qon oqishini to‘xtatish Qon oqishining turlari. Arteriyadan, venadan qon oqishi belgilari. Tashqi qon oqishini vaqtincha to‘xtatish usullari; arteriyani barmoq bilan bosib,jgut qo‘yish, qo‘l va oyoqlarni oxirigacha bukish,yaraga tampon qo‘yilib, bosuvchi bog‘ich qo‘yish. Og‘iz bo‘shlig‘idan, quloqdan, burindan qon oqishdan gemostaz (qonni to‘htatish) usullari. Qon ketishi turlari qon qusish va qorin bo‘shlig‘idan qon oqishi gumon qilinganda birinchi tibbiy yordam. Ta’lim oluvchi qo‘yidagi qon oqishini to‘htatish usullarini bilishi va bajarishi kerak: Elka, tizza osti, son va o‘yqu arteriyalarini siqishni. Mavjud vositalardan foydalanib, buragichni siqishni. Tizza va tirsak bo‘g‘inlarini maksimal bukishni. Rezinali jgut qo‘yishni. Burun teshigiga tampon tiqishni. 2. Qon ketish turlari va to‘htatish usullari Kupincha jarahot olgan odamga birinchi yordam kursatishdan avval uning kiyimlarini echishga to‘g‘ri keladi. Ammo kiyimlari noto‘g‘ri echilsa, jarohatga uchragan odamning ahvoli yanada og‘irlashishi mumkin. Kiyim echish qoyidalari: 1. Shikastlashgan odamning kiyimini olgan jarohatiga qarab echiladi. Agar kiyim jarohatga yopishib qolgan bo‘lsa, ajratilmaydi, jarohat atrofidan kesib olinadi. 2. Jarohatdan kuchli qon oqayotgan bo‘lsa, kiyimini qirqib, tezlik bilan jarohotlangan joy ochiladi. 3. Oyoq panjalari og‘ir jarohatlangan bo‘lsa, poyabzal o‘tkir pichoq bilan kesilib, avvao oyoq tovoni ochilib so‘ng poyabzal echib olinadi. 4. Agar havo qattiq sovo‘q bo‘lsa, faqat muolaja qilinadigan, jarohatlangan joyi qirqilib, darcha ochiladi va jarohat boylanadi, oqayotgan qon to‘htaladi. Qon ketish turlari. Odam badanida necha litr qon bor? Qon ketishi to‘htamasa, odam qancha vaqtda qonsirab holok bo‘lishi mumkin? Odamning vazni 54 kg bo‘lsa, uning 35 litri faol suyuqlik bo‘ladi. Buning 28 litri hujayralararo suyuuqlik, 2 litr limfa va 5 litr qon. Odam tanasidagi qonning 70 % i vena qon tomirlarida, 15 % i arteriya qon tomirlarida 12 % i kapillyarlarida, 3 % i yuragida bo‘ladi. Qon yo‘qotishning havfli tomoni shundaki, unda qonning umumiy miqdori kamayadi, yurak faoliyati pasayadi, buning natijasida bosh miya, jigar va buyuraklarning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi, yosh bolalar va qariyalarda qon yo‘qotish ayniqsa havfli bo‘ladi. Chunki ularning organizimi qon miqdorining kamayishiga maslashmagan bo‘ladi. Qon agar arteriya tomirlaridan chiqayotgan bo‘lsa, och qizil rangda bo‘lib, tomirdan bosim bilan otilib chiqadi. Vena qon tomirlaridan chiqayotgan qon to‘q qizil rangda bo‘lib, sekin oqadi. Yirik qon tomirlari shikastlanganda qonning tkatta qismi 2-3 daqiqada uzog‘i bilan 7-10 daqiqa ichida chiqib ketib, odam halok bo‘lishi mumkin. Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling