10 –Seminar mashg‘uloti Mavzu: Qon ketish turlari. Qon ketishni to‘xtatish usullari. Tashqi qon oqishini to‘xtatish
Download 26.54 Kb.
|
10-Seminar mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi tibbiy yordam
- O’rta
- Qon oqishini to‘htatishning to‘rt usuli
Qon ketishi tashqi va ichki.
Agar ichki a’zolar shikastlanib, qon ketayotgan bo‘lsa, bemor holsizlanadi, qulog‘ida shovqin paydo bo‘ladi, ko‘z oldi qorong‘ulashadi, boshi aylanadi, suvsaydi, teri va shilliq pardalari rangi oqaradi, oyoq-qo‘llari muzlaydi, sovo‘q ter chiqadi, yurak urishi, tana harorati va qon bosimi pasayadi, nafas olishi tezlashadi. Birinchi tibbiy yordam: Tinch joyga olib chiqib, chalqancha yotqiziladi. Qorin soxasiga sovuq suvli yoki muzli xaltalar qo‘yiladi. Tez tibbiy yordam chaqiriladi. 3. Qon yo‘qotish engil, o‘rta va og‘ir darajada bo‘ladi Engil darajada odam qonining 10-15% ini, yoki 500 millilitrdan ko‘prog‘ini yo‘qotadi. Bunda qon bosimi 100G’60 mm, simob ustuniga tushadi va yurak urishi biroz tezlashadi. O’rta darajada odam qonini 15-20% ini, yoki 1-l, dan ortig‘ini yo‘qotadi va bunda yuqorida bayon qilingan holakatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Og‘ir darajada odam qonining 20-30% ini yoki 2-l, dan ziyodini yo‘qotadi va bunda bemor hushsiz bo‘ladi, qon bosimi 70G’80 mm, simob ustunligiga tushadi, so‘ngra yo‘qaladi. Bunday holda qon oqishi zudlik bilan to‘htatilib, qon o‘rnini bosuvchi eritmalar qo‘yish kerak. Qon oqishini to‘htatishning to‘rt usuli 1. Barmoq yoki musht bilan qon to‘htatish nuqtalarini bosib, qon oqishi vaqtinchalik to‘htatiladi. 2. Bosuvchi bog‘lamalar qo‘yib bog‘lanadi. 3. Qon oqishini to‘htatish uchun qo‘l va oyoqni bo‘g‘inlaridan bukib, boylab qo‘yiladi. 4. Jgut bilan bog‘lab, qon to‘htatiladi. Bo‘yinning yuqori qismi – jag‘, yuz va boshdan oqayotgan qonni to‘rtga barmoq bilan bo‘yindagi uyqu arteriyasini bosib, elkadan qon ketayotgan bo‘lsa, o‘mrov suyak ustidagi chuqurchani bosib, agar qo‘ldan qon ketayotgan bo‘lsa, qo‘ltiq ostidagi arteriya qon tomirini bosib, qon to‘htatiladi. Bosuvchi bog‘lamani jarohat ustiga qo‘yib, ustidan dumaloq qilib o‘ralgan dastro‘mol va shu kabi narsalar qo‘yib, bint bilan qattiq qilib bog‘lanadi. Eslatma: Jgut bilan qon to‘htaguncha qon oqib turgan qo‘l yoki oyoqni yuqoriga ko‘tarib qo‘yish kerak barmoq bilan bosib to‘htatiladigan tomirlarning nuqtasi qon oqib turgan jarahotdan yuqori bo‘lish kerak bo‘yinda esa jarohatdan pastda bo‘lish kerak. Qon qusish: og‘izdan qon kelishi ko‘pincha yuqori nafas yo‘lidan, o‘pkadan halqumdan, qizilo‘ngachdan, oshqozondan bo‘lishi mumkin. Og‘izdan kelayotgan qonda havo pufakchalari bo‘lsa, bu o‘pkadan, ko‘pincha sil kasalligi bor bemordan bo‘ladi. Agar qonning rangi qoramtir bo‘lsa, bu oshqozon yarasidan kelayotgan bo‘ladi. Ayrim hollarda oshqozon yarasidan toza qizil qon kelishi mumkin. Agar jarohat olgan odamning peshobidan qon kelsa, buyrak yoki qovuq shikastlangan bo‘ladi. Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling