3-mavzu yuzasidan qo’shimcha savollar. Folklor va uning oila pedagogikasidagi o`rni


Download 32.71 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi32.71 Kb.
#106532
Bog'liq
oila ped 3


3-mavzu yuzasidan qo’shimcha savollar.

  1. Folklor va uning oila pedagogikasidagi o`rni.

 Folklor barcha sanʼatning boshlanishi, sarchashmasi, shu sababli ham boshqa koʻpgina sanʼatlar bilan uygʻunlikka ega, shuning bilan birga hech biriga oʻxshamagan oʻziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida sanʼat turidir. Bu soha oʻz ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa sanʼatlar bilan bogʻliq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha aytsak, ogʻzaki ijod xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bogʻliq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning folkloriga nazar solish lozim boʻladi. Xalq ijodi bu chinakam maʼnodagi doimiy oʻzgarish, doimiy harakatdagi sanʼatdir. Yaʼni, xalq ijodi namunalari har galgi ijroda anʼanalarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, oʻzgarib, mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi namunalari koʻplab variantlilikka ega. Ana shu variantlilik xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xosligini taʼminlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir. Xalq ogʻzaki ijodi namunasi bor-yoʻgʻi ogʻzaki ijro etilgani uchungina emas, balki ogʻzaki oʻzlashtirilib, ogʻzaki ijro etilib, ogʻzaki tarzda meros qoldirilishi, boshqacha aytganda, har galgi ijro jarayonida qayta yaralishi bilan farqlanib turadi. Folklorshunos olimlar taʼkidlaganidek folklorda qoʻshiq yoʻq, balki qoʻshiqning ijro holati, ijro jarayoni mavjud. Bu fikrni xalq ijodining boshqa janrlariga ham tadbiq etish mumkin. Gʻurur bilan aytishimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol-matal, qoʻshiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Bugungi kungacha yozib olingan dostonlar sonining oʻzi 400 tadan oshib ketadi. Boshqa janr namunalari variantlari esa koʻplab jildlarni tashkil etadi. Bu rostakamiga chinakam ulkan xazinadir. Bunday bebaho meros hamma xalqqa ham nasib etgan emas. Shunday ulkan ogʻzaki merosga ega xalqning yozma adabiyoti qanday boʻlishini tasavvur qilavering. Har qanday sanʼatning boshi folklorda degan gap bugun paydo boʻlgan emas. U uzoq yillik hayotiy kuzatish, ilmiy tajribaning hosilasi. Haqiqatdan ham tasviriy, hunarmandchilik, musiqa, raqs, badiiy va hokazo sanʼatlarning avvali-boshi, yuzaga kelishi bevosita xalq ogʻzaki ijodiga, xalqning ilk tasavvur va ishonchlariga borib taqaladi. Folklorning yozma adabiyotga taʼsiri masalalari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega boʻlsa, bugun ham xuddi shunday. Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondoshuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulugʻlanganini kuzatamiz. Bu anʼana Navoiy, Bobur zamonidan soʻng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Choʻlpondan to zamonamiz shoirlarining izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hol kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, soʻnggi yuz yillikda adabiyotda folklorga qayta yuzlanish davri boshlandi. Joys, Borxes, Markes, Kafka, Kavabata kabi adiblar ijodi buning misolidir. XXI asrda dunyo miflariga qaytadan murojaat, yangicha talqin qilish davri, neomifologizm davri boshlandi. Folklor har bir ijodkorga oʻz yoʻli, uslubi, oʻzligini, oʻq tomir ildizini topishga yordam beradi. XI asr farzandlariga “Alpomish” yoki “Goʻroʻgʻli”ni oʻqitish metodlari haqida nimalar deya olasiz? Kezi kelganda ertak oʻqimaydigan bolalarda dostonga qanday muhabbat uygʻotish mumkin?

– Javobni savolning keyingi qismidan boshlasak. Mening nazarimda aybni bolalardan emas, kattalarning oʻzlaridan izlash kerak. Agar kattalarning oʻzi ertaklardan uzoqlashmagan boʻlsa, bolalarning kelajagidan xavotirlanishga oʻrin yoʻq: olmaning tagiga baribir olma tushadi. Ot aylanib yana qozigʻini topadi. Gap faqat oʻsha qoqilgan qoziqning nechogʻlik mustahkamligida. Kitobning qanday shaklda oʻqilishi emas, balki uni oʻqishga, oʻrganishga boʻlgan ehtiyojning mavjudligi muhim. Bir paytlar hamma narsa ogʻzaki tarzda boʻlgan. Yuqorida aytganimday, ertak ham, doston va qoʻshiqlar ham ogʻzaki tarzda ijro etilgan. Ogʻzaki ijod namunalarining nashr etilishi oʻz vaqtida bu sanʼatni tamoman soʻndiradi deb qaralgan. Biroq kitob holida chop etish jarayoni qaysidir darajada xalq ijodining yanada ommalashishiga, yashab qolishiga ham xizmat qilmoqda. Bugungi zamonning shiddati tez, shunga yarasha talab va imkoniyatlar ham kengaymoqda. Bugun farzandlarimiz oʻz hayotlarini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmayotgan ekan, ularning talablarini ham inobatga olishimiz zarur boʻladi. Qani edi yuzlab ertaklarimiz, oʻnlab dostonlarimiz asosida ishlangan multfilm, kinolar, kompyuter va uyali telefon oʻyinlari, elektron dasturlar ishlab chiqilsa! Xalq oʻyinlaridan tortib, epos ijrosigacha barcha ogʻzaki ijro jarayonining audio, video tasvirlarini istagan doʻkondan xarid qilish imkoniyati boʻlsa! Bu bugun ehtimol bir oz xom xayolga oʻxshab tuyular, biroq albatta, shunga kelamiz. Chunki xalq boʻlishning, buyuk boʻlishning, globallashuvning shafqatsiz talotumida oʻz ismi va ruhi bilan yashab qolishning talabi shu. Buning uchun bizga hamisha folklor yordamga keladi, folklor qutqaradi.

“Alpomish”, “Goʻroʻgʻli” kabi xalq dostonlarini oʻqitish masalasiga kelsak, bir tomondan erishgan va erishayotgan yutuqlardan faqat quvonish mumkin, boshqa tomondan olganda biz hali ham dostonlarni choʻpchaklar sifatida talqin qilishda, shunday saboq berishda davom etayapmiz. Usulni va uslubni yangilash kerak, folklordan choʻpchak emas, fikr va hikmat izlash kerak. Chunki u azal va abad haqidagi eng buyuk hikmatdir.



2. Tarixiy manbalar, yodgorliklar va ularning ta’lim-tarbiyada

tutgan o`rni va ahamiyati.

«Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.

Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.

Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.

Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.

«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.

«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.

Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida



uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.

3.Ma’naviy qadriyatlarning shaxs shakllanishidagi roli.

Ma`naviyat va millat tarbiyasi. Borliq haqiqati va Bosh ma`naviy qadriyatlarimiz.

Ma`naviyatda qadr muammosi va uning iqtisod va siyosatda aks etishi.    Qadr va qadriyat. Milliy ma`naviyatimizda inson qadrining ulug`lanishi. Insonning ongli mavjudot sifatidagi qudrati va mas`uliyati. Qadr tushunchasining siyosatdagi in`ikosi.  Mavqe va maqom. N.Makiavelli falsafasida siyosat va axloqning farqlanishi va buning nazariy ahamiyati. “Qadr” tushunchasining  iqtisodda aks etishi.    Qiymat va baho. Evropa ilmida qiymat nazariyasi. K.Marks kiritgan “qо`shimcha qiymat” tushunchasining siyosiy oqibatlari. Shaxs va millat ma`naviy kamolotining rо`yobga chiqish jarayoni. Oliy ma`naviy qadriyatlar - Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat – Inson ruhining Borliq haqiqati bilan uygunlashuv bosqichlari (darajalari) sigatida.)

Vatan tuyg`usi.Tabiat va inson.

          Vatan tuyg`usi - Oliy qadriyat. Milliy ma`naviyatimizda "Vatan" timsol-tushunchasining ma`no jilolari. Insonning moddiy borliqqa ma`naviy munosabati. Ekologik muammolarning hal etilishida ma`naviyat omili.  Tabiatga mulkiy munosabat. Uning ma`naviy jihatlari.

Inson va shaxs. Oila ma`naviyati.

Inson qadri va Shaxs mas`uliyati. Irsiyat, ruhiyat, ma`naviyat. Inson tabiati va Allohning inoyatlari. Odob, axloq, ma`naviyat. Ma`naviy tarbiya vosita va usullari pog`onadorligi. Shaxsning iqtisodiy mustaqillik mas`uliyati. Shaxs ma`naviyatining zohiriy  va botiniy alomatlari, ularning nafosat bilan munosabati. Oila ma`naviy muhiti. Shaxs, oila, jamiyat. Oila qurish mas`uliyati. Oilada er kishining mavqei. Ayol – oilaning asosi. Ota –onaning farzand oldidagi burchi. Yosh avlodning mustaqillik ma`suliyati va ota-ona hurmati. Oilada 3 avlod hamkorligi.

Shaxs va millat. Vatan tuyg`usi va fuqarolik mas`uliyati.

 Shaxs, millat, bashariyat. Inson huquqlari va shaxsning millat oldidagi mas`uliyati. Islomda shaxs erkiga munosabat. Aqidaparastlik – ma`naviy mahdudlikdir. Ijtimoiy faollik - ma`naviyat belgisi.  Shaxs erki va qonun ustivorligi. “Haq sо`zni berkitmang”. Vatanga munosabat: siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy jihatlar. Mamlakat va millat. “О`zbekiston xalqi” tushunchasi. Milliy manfaatlar va milliy adolat. Ona-zamin – bani bashar Vatani sifatida. “Tarixiy vatan” va “fuqarolik” tushunchalari. Vatan obodligi qanday ta`min etiladi?

4. Sharq mutafakkirlari ijodida ma’naviy madaniyatni

shakllantirish.

Jоnajоn O’zbеkistоnimiz zaminidan jahоn sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmоqli hissa qo’shgan, umumjahоn miqyosida e’tirоf etilgan qanchadan-qancha buyuk mutafakkirlar va qоmusiy allоmalar yеtishib chiqqan. Ajdоdlarimizdan qоlgan bоy mеrоs o’zining o’ta muhimligi va ilmiy salоhiyati bilan hanuzgacha butun dunyo хalqlarini lоl qоldirib kеlmоqda. Vatanimiz tariхining ibrat оlsa arzigulik zarvaraqlarini hоlisоna o’rganish va ana shunday mеrоs namunalaridan fоydalangan hоlda kоmil insоnlarni shakllantirish bugungi kunning dоlzarb vazifalaridan hisоblanadi.

Kоmil insоn tarbiyasiyada o’zidan o’lmas mеrоs qоldirgan ajdоdlar хazinasidan fоydalanish bugungi kunning vazifalaridandir.

Yurtbоshimiz I.A.Karimоv  “Buyuk maqsad yo’lidan оg’ishmaylik” (O’zbеkistоn Rеspublikasi  Оliy Kеngashining o’n ikkinchi sеssiyasidagi) nutqida ta’kidlagan: “Хalqimizning tayanchi ma’naviy mеrоsning o’zi bir katta хazina. Bu хazinadan оqilоna fоydalanish lоzim. Ajdоdlar vasiyatiga sоdiq va munоsib bo’lmоg’imiz kеrak”[1].

Darhaqiqat, ajdоdlar mеrоsi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammоlari, kоmillik va  insоn kamоlоti masalalarini o’z asarlarida dasturilamal qilgan ajdоdlar ijоdiga to’хtalsak.

Hadisshunоs оlimlar ichida еng kuchlisi Imоm al-Buхоriydir. Uning 20 dan оrtiq katta va kichik kitоblari mavjud bo’lib, ular оrasidan “Al-jоmе’ as-saxiх” alоhida o’rinda turadi. Bu shоh asar ahamiyati jihatidan Qur’оndan kеyingi ikkinchi diniy manba dеb e’lоn qilingan.

Imоm al-Buхоriy o’z asarlarida axlоq-оdоb haqida fikr yuritar ekan, оdamlarni оta-оnani e’zоzlashga, ular оldidagi o’z burchlarini mukammal adо etishga da’vat etadi.

Insоn sifatlari haqidagi qarashlarida jahоlat  kishiga o’lim kеltiruvchi fоjеa dеb qaraladi. U оdamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafо qilishga chоrlaydi. Munоfiq kishining uchta bеlgisini ko’rsatadi, ular: yolg’оn gapirish, va’daga vafо qilmaslik va оmоnatga хiyonat qilishdan ibоratligini aytadi. U insоnning kuch-qudratini  jismоnan paxlavоnlikda emas, balki jahil chiqqanda o’zini tuta оlishda, dеb hisоblaydi.

Оilaviy muhitning barqarоr, tinch, оila a’zоlarining sоg’-salоmat, to’q bo’lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo’lish ... kabi umuminsоniy aхlоqiy qadriyatlar uning asarlarida aks ettirilgan.

Hadisshunоs allоma at-Tеrmiziy hadislarida оdamlarni ahil bo’lishga, jamоaga fоyda kеltirishga, do’stlik va birоdarlikka da’vat etuvchi hadislar ko’p uchraydi. “Barcha  musulmоnlar o’zarо birоdardurlar. Ular hеch qachоn bir-birlariga yomоnlikni ravо ko’rmasliklari kеrak. Kimda-kim  o’zining musulmоn birоdariga yordam qilsa, охiratda Оllох unga yordam qiladi. Kimda-kim o’z birоdari hоjatini yеngillatsa, Оllоh ham uning охiratini yеngil qiladi”.

Allоma, sоg’lоm tanda sоg’ fikr bo’ladi, dеgеn хalq maqоliga amal qilib, yoshlikdanоq sоg’liqni saqlashga, vaqtni bеkоr o’tkazmaslikka da’vat etadi: “Ikki  narsa bоrkim, ko’pchilik ularning qadriga yеtmaydi; biri sоg’lik, ikkinchi bo’sh vaqt”.

 Imоm at-Tеrmiziyning “Sunan” kitоbida kеltirilgan kishi ijtimоiy sifatlariga оid fikrlar ko’p uchraydi. Chunоnchi: “Хayrli va yaхshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing – sеning  sadaqang”, “Adashgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishing ham – sеning sadaqang”, “O’z paqiringdan bоshqalarning idishiga suv sоlib bеrishing ham – sеning sadaqang hisоblanadi”.

Buyuk mutafakkir оlimlardan yana biri Muhammad ibn Musо Хоrazmiy o’z qarashlarida ta’limda talabaning shaхsiy kuzatishlariga katta e’tibоr bеrgan. U sеzgi оrqali bilish – qisman bilish, mantiqiy bilishni esa haqiqiy bilish dеb hisоblagan.

Хоrazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shgan. U insоnni aqliy kamоlga еtkazishda ilm-fan va ta’lim-tarbiya birlamchi dеb hisоblagan.

Abu Nasr Farоbiy esa kоmillikning asоsiy mеzоni jamiyat talablariga javоb bеra оladigan va shu jamiyat uchun хizmat qiladigan yеtuk insоnning asоsiy sifatlarini tuzib chiqqan.

Farоbiy fikricha, insоnning eng yuksak хususiyati uning baхtga erishganligidir. Baхtga esa, dеydi allоma, faqat fоydali bilimlarni o’zida jamlash оrqali erishish mumkin. Chunki insоn dil rоhatining eng yuqоri cho’qqisi – bilim оlish jarayonidir.

Insоnning dеyarli barcha ijtimоiy sifatlari tashqi ijtimоiy muhit ta’sirida shakllanadi va rivоjlanadi. Shuning uchun kishining insоniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining erkin tanlоvi yеtakchi o’rin egallaydi, dеydi Farоbiy.

Qоmusiy оlim Abu Rayхоn Bеruniy ta’limоtida bilim оluvchilarga qalbingni yomоn illatlardan, insоn o’zi sеzishi mumkin bo’lmagan hоlatlardan, qоtib qоlgan urf-оdatlardan, hirsdan, оchko’zlikdan va shоn-shuhratdan saqlashi lоzimligini aytadi.

U barcha illatlarning asоsiy sababi bilimsizlikda, dеb bilgan. Bilimlarni o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimоiy muhit o’rnini alоhida ta’kidlaydi.

Bеruniy faхrlanishni yaхshi хulk ma’nоsida ishlatib, “Qadimgi хalqlardan qоlgan yodgоrliklar” asarida shunday dеydi: “Faхrlanish – haqiqatda yaхshi хulq va оliy fе’llar  оldin kеtishi, ilmu-hikmatni egallash va imkоniyat bоricha mavjud nоpоkliklardan tоzalanishdir. Kimda shunday sifatlar tоpilsa, hukm uning fоydasiga va kimda bular yеtishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi”[2].

Bеruniy insоn kamоlatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hоzirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirоf qiluvchi – irsiyat, ijtimоiy muhit va to’g’ri tarbiyadir.

Bеruniy nazarida insоn kamоlga yеtishining muhim оmillari ko’p bilimga ega bo’lish va yuksak ahlоqiylikdir.

Ibn Sinо bоshqa mutafakkirlar kabi o’zining kоmil insоn to’g’risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimоiy fikrlari bilan bоg’liq hоlda ifоdalagan. Оlimning ijоdida “kоmil insоn tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’хtalsak.

Abu Ali ibn Sinо kamоlоtga erishishning birinchi mеzоni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qоnuniyatlarini оchib, avlоdlarga yеtkazadi. Bu maqsadga yеtishish uchun insоn duch kеlinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, dеydi.

“Ey birоdarlar: Оdamlarning bоtiri mushkilоtdan qo’rqmaydi. Kamоlоt  hоsil qilishdan bоsh tоrtgan kishi оdamlarning eng qo’rqоg’idir”2. Zеrо bilimli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, dеydi u fikrini davоm ettirib.

Ibn Sinо insоnning shakllanishida uning atrоfini o’rab turgan muhit alоhida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insоnning atrоf dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijоbiy yoki salbiy jihatlarning tarkib tоpishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bоis ham bоlalarni tarbiyalashda ehtiyotkоr bo’lish, ularni yomоn ijtimоiy muhitdan uzоqrоq saqlash zarur dеb hisоblaydi.

Ibn Sinоning ta’lim-tarbiya va ahlоqqa оid qaysi asariga ahamiyat bеrmaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamоl avlоdlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamоn talablariga javоb bеra оladigan dоnо, bilimli va kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz.

Yetuk mutafakkir Yusuf Хоs Hоjib ta’limоtida ham insоn kоmilligi, kamоlоti masalalari kеng o’rin оlgan.

Оlimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saоdatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga оid, har tоmоnlama kоmil insоn qilib tarbiyalaydigan yеtuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’nоda kоmillikka yеtaklоvchi asardir.

Asarda ahlоqiy хislatlar – insоniylik, rоstgo’ylik, ishоnch, to’g’rilik, sоflik, mеhr-muhabbat, vafо, insоf, sоdоqat, aql-zakоvat, halоllik ... kabilar ulug’lanadi.

Faхr va iftiхоr bilan ayta оlamizki, jоnajоn zaminimizdan jahоn sivilizatsiyasi rivоjiga hissa qo’shgan allоmalar, faylasuf оlimlar juda ko’p yеtishib chiqqan. Ularning mеrоsidan fоydalanib, milliy mеntalitimizni, qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insоniy go’zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada bоyitish hamda o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faхrga aylansin!    

 

5. Shaxsni manaviyatini, madaniyatini shakllantirishda



yangicha yondashish.

Yurtboshimiz I.A. Karimov o’zining so’zlagan nutqlaridan birida bejiz aytmagan: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotning ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir”1 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy, axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’naviy, axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi, Respublikamizdagi barcha fuqarolarining ma’naviy madaniyatini shakllantirish orzusi yotadi. CHunki shaxs tafakkurini o’stirmasdan, uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy madaniy jabhalardagi vazifalarni bajarish, milliy istiqlol mafkurasini to’la-to’kis yaratish mumkin emas. Mustaqil Respublikamizda mustaqillik yillardan boshlaboq ta’lim sohasiga nihoyatda katta e’tibor qaratilib, amalga oshirilayotgan islohotlar o’quvchi yoshlarni har tomonlama kamol topishlari uchun zamin tayyorlamoqda. Barkamol avlod uchun zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar mohiyati ko’p jihatdan ertangi kun yoshlariga hamda ta’lim –tarbiya ishlarni to’g’ri tashkil qilishga bog’liq bo’ladi.

Ayni vaqtda eng muhim vazifalaridan biri, yoshlarni ta’lim - tarbiya sohasida axloqiy tarbiya berishda yangicha yondashuv zarur. CHunki yoshlar orasida turli zararli oqimlarga kirib ketish, ichkilik va odob-axloq me’yorlaridan chekinish holatlari kelib chiqmoqda bu biz tanlagan bitiruv malakaviy ishimizning asosiy dolzarb muammosidir. Yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish axloqiy tarbiyani ta’lim-tarbiya jarayonida yangicha yondoshish, sifat, mazmun jihatdan to’g’ri tashkil etishdan iborat. Bu vazifani hal etish yo’llarini o’quv jarayonini oqilona yo’lga qo’yishdan, uning ortib borayotgan ahamiyatidan qidirish lozim.

Bugungi kunga kelib, O’zbekiston uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan boyitishda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondoshib ish olib bormoqdalar va yaxshi ko’rsatgichlarga erishib kelmoqdalar.



Mustaqil Respublikamizda ta'lim tizimida qo`llanilayotgan «Ta'lim to’g`risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash miliy dasturidan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash lozimki, bugungi kundagi barcha islohatlar inson manfaatlariga qaratilgan. Har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson o`zida madaniyat, ma’naviyat, iymon-e'tiqod, mehr-shafqat, insonparvarlik, vatanparvarlik, saxiylik, go’zallik, milliy g`urur kabi fazilatlarni shakllantirish insonni ulug`lagan. Bolalarga oiladan boshlab, bog`chadan, maktabdan jamoat joylarida o`zini tutish va o`z-o`zini boshqarish odobiga o`rgatishda axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligi ma'lumdir. Bu borada ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish borasida o`quvchilarini jamoat joylarida o`zini tutish va o`z-o`zini boshqarish odobiga o`rgatishda axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligi takidlab o’tilgan.

Axloq,arabcha so’z bo’lib,ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi.Axloq bizning hayotimizda va ongimizga faol ta’sir etadi, kishilik jamiyati nomidan yaxshilik bilan yomonlik,adolat bilan adoltsizlik,mehr bilan zulm o’rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul,man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni,hatti-harakatlarni belgilab beradi. Axloqiy tarbiya insonni ezgullikka etaklaydi. Demak,axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.



SHuning uchun bu mavzu dolzabligini bugungi kunda yo’qotmagan holda mening bitiruv malakaviy ishim mavzusining yo’nalishini, izlanishini, dolzarb va zamonaviyligini belgilashga asos bo`ladi. Ta'lim-tarbiya borasidagi bunday yo'l, asta-sekin maktabni tegishli tarzda inqirozdan qutqarib, boshi berk ko'chadan nurafshon yo'lga olib chiqishiga umid bog'lasa bo'ladi. Zero, dunyo madaniyati xazinasidan munosib o'rin olgan ota-bobolarimizning go'zal xulq atvori madaniyati,axloqiy tarbiya haqidagi meroslaridan, ko'pni ko'rgan buva va buvilarimizning o'git, pand va nasihatlaridan, pedagog –olimlarimizning axloqiy-tarbiya haqidagi ta’limotlaridan foydalanib ish yuritsakgina ko'zlangan maqsadga erishsak bo'ladi.
Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling