3-mavzu: Zakovat va politexnik bilimlilik
Download 30.53 Kb.
|
3-mavzu Zakovat va politexnik bilimlilik
3-mavzu: Zakovat va politexnik bilimlilik Reja: 1. Bilim va ma’naviyat. 2.Axloqiy bilimlar va politexnik ma’lumot Ofitserning g’oyaviy, siyosiy va ahloqiy etukligini xozirda ma’lumot umumiy madaniyat va maxsus mahoratga yanada mustahkam tayanadi. Yirik inqilobiy o’zgarishlar harbiy ishda bilim va turli jangovar tizimlarni boshqarishda ofitser vazifalarining yanada murakkablashtirishga olib keldi, turli hil bilimlarning ulkan hajmini egallashni talab qildi. Siyosiy xodim, muhandis, texnik kabi zamonaviy komandir ham uzluksiz o’qiydi.Beqiyos o’qishga chanqoqlik ofitser ijtimoiy ko’rinishi yorqin qirrasi, hayoti ahloqiy me’yoridir. Inqilob sharoitidagi bilimlarning ahamiyati ularni egallash tezligini oshirishga hayotiy ehtiyojni ob’ektiv ataydi. Statistik ma’lumotlar tahlili ofitserlar va boshqa barcha harbiy xizmatchilar umumta’lim tayyorgarligi darajalarining asta-sekin yaqinlashishining kuzatilishiga imkon beradi. Bu, albatta, tekislanish asosiy omilga orasidagi tafovutning qisqarishi, bu inson tayyorgarligi o’rta darajasiga mo’ljallangan o’quv kurslari, dasturlarning serjant va oddiy askar tarkibi bilan egallanishi uchun zarur bo’lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Aytish ham mumkinki, agar ilgari ilmiy qadriyatlarning egallanishi asosan imkoniyatlarda bo’lgan bo’lsa, hozir endi ularni optimal tanlash qobiliyatidir. Bilimlar kasbiy tayyorlanganlik ulkan ahloqiy qadriyatni egallamoqda, faollik va erkinlikning asosiy sharti bo’lib qolmoqda. Faqatgina keng va mustahkam bilim ko’nikmalariga tayanib, o’z o’rnini topish, barcha o’z ahloqiy hislatlari – haqiqatgo’ylik, olijanoblik, matonat va boshqalarni namoyon etishi mumkin. Yuqori malakali shaxs ob’ektiv qonunlar, tendentsiyalarini yanada chuqur e’tiborga oladi, maksimal foyda bilan harakat qilish imkoniyatiga ega. Turmushimizda «zakovat», «zakovatli» so’zlari ko’p ishlatiladi. Zakovat deganda biz inson indivudial ongining maxsuldor tomonini tushunamiz. «Shaxs zakovati» deganda tajriba va his-hayajonlarni emas, balki avvalom bor inson amaliy faoliyati ilmiy asosini tashkil qiladigan nazariy idrokni ko’zda tutamiz. Ofitser shaxsi zakovati ijtimoiy, tabiiy va harbiy bilimlarga tayanib shakllanadi. Bunda bilimlar faqatgina g’oyalar bilan yoritilganda, jamoa, jamiyat oldidagi burchi bo’lganda ahloqiy qadriyatlarni egallashini ta’kidlash lozim. Mustahkam ahloqiy-siyosiy asossiz maxsus bilimlarni foyda keltirmasligi va «maxsus manmanlik» mansabi bo’lishi mumkin. Axir afsuski, bo’lib turadiki, inson tehnik jihatdan o’qimishli ish natijalari esa undan yuqori emas, o’rtoqlari bilan munosabatda o’zini yuqori tutadi, turmushda manmanlik qiliqlarini namoyon etadi va natijada bunday «bilimdon» jamoada hurmatga ega emas. Ongli shaxsni uchta belgi tavsiflaydi, zakovat, hissiyot, iroda. Ular o’rtasidagi munosabatda barkamollik zarur. Agar faqat zakovat kuchli bo’lsa, irodaviy va emotsional tomonlari etarli ifodalanmagan, bunda irodasiz insonni ko’p uchratamiz. Agar birinchi o’rinda hissiyot tursa, shaxsga o’zini tuta bilmaslik xos bo’lishi mumkin. Iroda, xatto kuchli iroda rivojlangan zakovat va hissiyotlarsiz ojizdir. Yo’nalishga, olijanob hissiyotlarga ega va kuchli irodaga asoslanadigan zakovat ofitserning butun fikrlashi bilan hodisalarning mohiyatiga kirishga, ko’p narsadan muhimni ajratishga, o’z amaliy majburiyatlarini mohirona bajarishga, ko’l ostidagilarga rahbarlik qila olishga, boshqalar uchun namuna bo’lishga imkon beradi. Chuqur ahloqiy-siyosiy qarashlar, bilimlar va aqlning mashq qilinganligiga tayanadigan moslanuvchan fikrlash ofitserning ahloqiy kuchini mustahkamlaydi, doimo uni ijodiy qidiruvchanlikka boshlaydi. Aksincha, nazariyada cheklangan qarashlarga ega insonlar ishga tor amaliyotchilik bilan qarab, amaliyotda ma’naviy qashshoq, ijod quvonchi hissidan mahrumdir. Ular jiddiy qarshilikni uchratganda o’zini yo’qotib qo’yadi, va barcha umidlarini tayyor standart qarorlarga qaratadi. Konservativ, diplomatik aql tuzilishi zamonaviy urish og’ir ahloqiy psixologik vazifalar bilan qotib qolgan edi. Bu gapni urushlarning ko’p asirlik tarixi tasdiqlaydi: barcha nisbiy teng sharoitlarda kompaniya va janglarni dogmatik fikrlovchi harbiy boshliqlar yutkazgan. Uzluksiz bilimlar darajasini oshirish, harbiy xizmatchilar qiziqishlari diapazonini kengaytirishga ob’ektiv zaruriyat qo’shin zaruriyat va harbiy o’quv yurtlarida o’quv dasturlari, ilmiy fanlar kurslari sonining ortishini talab qildi. Shu bilan birga bilimlar hajmining o’zi uzluksiz o’smoqda. Bu jarayon ular hajmi kengayishiga o’xshaydi: qanchalik yuzi katta bo’lsa, shunchalik noma’lum yangi soha bilan to’xtalish nuqtalari ko’p, chunonchi, yangi bilimlarga ehtiyoj katta. Bilimlarni to’plash jarayoni juda murakkab shartli ravishda uni chizma bilan ifodalash mumkin: fikr cheksiz bilimlar okeanini o’rab olishga, ko’p narsa haqida tasavvur tuzishga intiladi - bu harakat keng rivojlangan, lekin asosiy ahamiyatga fikrlashning chuqurlashi ega. Bu «ko’rsatkichlar»ning eng yaxshi birligiga birinchi o’rinda insonning o’zi erishadi, sababi alohida shaxs kerakli mutanosiblikda bilimlarni egallash uchun o’z vaqtini to’g’ri taqsimlashi kerak. Nazariy bilim va ko’nikmalarning kerakli hajmi aniqlanadigan maxsus o’quv dasturlari, rejalarining to’g’ri qo’llanmasi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, armiyada turli xil mutaxassislarni tayyorlash dasturi nafaqat aniq sxema, apparatura, mexanizmlarni, balki moddiy qism tuzilishi ishlatishi umumiy printsiplarini chuqur tushunishini ko’zda tutadi. Bu bizning vaqtda qurolli kurash vositalarining tezda takomillashtirilishida nafaqat tez bilim olish balki yangi jangovar texnikaning kelib tushishida va yangi harbiy harakatlarning usullarini tadbiq qilishda qayta o’qish kerakligi ko’zda tutilsa ayniqsa muhimdir. Shunday qilib, keng qo’lamlik, o’zgaruvchan fikrlash mustahkam bilimlarga va ularni o’zlashtirish diamentik metodiga asoslanadi, bugunda ofitserning zakovatini tasvirlaydi. Fikrlashning ijodiy xususiyati muammoli vaziyat, og’ir holat, qidiruv zaruriyatga vaziyatida yanada yaqqol namoyon bo’ladi: uchish, raketalarni uchirish, dengiz yurishi va h.z. Zakovat o’zining ahloqiy vaziyatdan tashqarida namoyon qila olmaydi. Har qanday qaror, istak xatti-harakat ma’lum bir maqsadga ega, boshqa kishilar manfatlarini tegadi, bu degani esa ahloq printsiplariga tayangan zakovat qobiliyatlari yuqori bahoga sazovar bo’ladi. Shuning uchun ta’kidlash kerakki, zakovat ongining ratsional jihati sifatida ma’lum ma’naviy vazifani bajaradi. Gap shundaki, shaxsning ahloqiy ongligi insonning ko’p sonli ijtimoiy aloqalari mohiyati va hususiyati haqida asoslangan ma’lumotni ko’zda tutadi. Ma’lumki, shaxs anglangan zaruriyat asosida to’g’ri hatti-harakat tanlab olganida erkindir. Shuning uchun ma’naviy hodisa va uning oqibatlari xususiyati haqidagi axloqiy ma’lumot katta o’rin tutadi. Bilim va ma’naviyat mutanosibligi muammosi ilgari qizg’in bahslar mavzusi bo’lgan. Masala mohiyati nimada? Inson hech qachon jamiyatda va shaxsan o’zida aniq qiziqishlari bo’lmagan yashamagan va yashamaydi olamda. Har qanday bilimlar hattoki eng muhim, tashqaridan siyosat va axloqdan uzoq bo’lgan bilimlar amaliyotda tadbiq qilinganda darhol o’z ijtimoiy «qiziqqonligini» namoyon etadi. Yagona bir savolni berish etarli: «Nima maqsadda mazkur bilimlar qo’llaniladi?» deganda darhol ularning ahloqiy vazifani faqatgina insonnig to’g’ri ijtimoiy-siyosiy o’rnida, unga faol tarbiyaviy ta’sirda bajaradi. Buning barchasi harbiy bilimlarga ham tegishli. Ahloqiy bilimlar va politexnik bilimlilik. Shaxsning har tomonlama tayyorgarligi umumiy jarayonida ahloqiy bilimlarni o’zlashtirish katta o’rin egallaydi. Ular ikkita yo’l orqali o’zlashtiriladi. Birinchi yo’li – ahloqiy ma’lumot ma’lum ma’noda sekin, boshqa kishilar bilan kundalik muloqot natijasida qabul qilinadi. O’z fuqarolik majburiyatlari, iftixori, baxti, vijdoni haqidagi bilimlar ma’lum darajada ko’pgina hayotiy «sinovlar» eshitilgan, ko’rilgan, his etilgan, tekshirilgan sinovlar natijasida shakllanadi. Bunda shaxs bilan qabul qilinadigan tajribali (empirik) ma’lumot haqiqiy va nohaqiqiy qonunlarga asoslangan va tasodifiy bo’lishi mumkin. Tanlash darajasi ko’p holda insonning ijtimoiy va madaniy etukligiga bog’liq, qanchalik etuk bo’lsa, shunchalik uning tanlanuvchanligi nozik, maqsadga intiluvchan bo’ladi. Hayotiy tajriba, emirik haqiqiy va ahloqiy bilimlar, ularning butun qadrida, yuksak ahloqiy ong uchun etarli emas. Shuning uchun ahloqiy bilimlarni o’zlashtirishning ikkinchi yo’li aniqlovchi ahamiyatga ega-tarbiya, nazariy tayyorgarlik. An’ana insonlar ongiga, hissiyotiga, odatlariga maqsadli ta’sir etish, hayot va faoliyat muayyan shart-sharoitlarini yaratish orqali yuksak ahloqiy onglilik shakllanadi. Yuksak ahloqiy ongni shakllantirishning metadolik shartlaridan biri o’xshayotgan ma’lumotning bevosita amaliyot, shaxsning kuzatishlari bilan to’g’ri kelish darajasi hisoblanadi. Axir ahloqiy ongga kiritiladigan holda hayot, haqiqat tajriba bilan tasdiqlansa, tunda u tezda o’zlashtiriladi-bilim belgisining ahloqiy qat’iyatga aylanishi muhim jarayon ro’y beradi. Tajriba yo’li bilan olingan umumahloqiy bilimlardan (yaxshilik va yomonlik, iftixor va haqiqatgo’ylik, oqlash va qoralash shakllari va h.) tashqari jangchi uchun mahsus ahloqiy bilimlar katta ahamiyatga ega. Ularga biz boshliq va qo’l ostidagilar o’zaro munosabatlari, jangovar vaziyatda shaxsiy tarkibning yuksak ahloqiy qat’iyligini qo’llab-quvvatlash uslublari, ba’zi bir harbiy me’yor va qoidalar shaxsiyati haqidagi tushunchalar tizimini kiritamiz. Bu mahsus bilimlar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati, ular bilan o’z majburiyatlarining bajarilishi, kelgusi jangovar tayyorgarlik bo’lim va qismlarda so’zsiz intizomni mustahkamlash uchun ko’rash bilan chambarchas bog’liq. Maxsus ahloqiy bilimlarni targ’ib qilish intizom bo’zishini oldini olish choralaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki ma’lum bir hollarda kishilar hulq-atvor qoidalari o’zini tutish me’yorlari bilmaganligi yoki ularni noto’g’ri tushunishganligi uchun nomuqobil xatti-harakatlarni qiladi. Ba’zi bir nazariy qoidalar ehtimollik ma’noda o’zlashtiriladi. Zamonaviy urush turli hil hodisalarini tavsiflovchi ahloqiy bilimlar haqida gap ketmoqda. Tarbiyachi, ofitser o’rganiladigan qoidalar haqiqiyligi insonlarni ishontira olish kerak. Zamonaviy urush vaziyatini soddalashtirib ko’rsatish uning ulkan qiyinchiliklarini to’liq baho bermaslikka olib keladi va aksincha, yangi qurolli kurash vositalarining yuksak etuvchi hossalariga faqatgina urg’u berish urishda inson ahloqiy harakatlarining istiqboli yo’qligi haqida noto’g’ri fikrni tug’dirishi mumkin. O’sha va boshqa bir-biriga zid hollar noto’g’ri va zararlidir. Ahloqiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni harbiy xizmatchilar maxsus, texnik o’qitish bilan birgalikda ketadi. Zamonaviy ofitserning yuksak o’qiganligi ahloqiy ong rivojlanishining zaruriy belgisi sifatida ichiga oladigan har tomonlama tayyorgarlikni ko’zda tutadi. Har tomonlama bilimga egalik zaruriyati, hayotni «texnikalashtirish» ba’zi bir tendentsiyalari, ma’lumot oqimining ko’payganligi shunga olib keldiki, o’zlashtiriladigan bilimlar jami oxirgi paytda sezilarli darajada o’sadi. Idrok qilishda ilmiy mavhumliklar roli ortdi, eng turli hil fan va amaliy faoliyat sohalarida matematik apparat keng tadbiq qilinmoqda. Biz kishilarning zakovat qobiliyatlarini rivojlanish, ya’ni ongning ratsional jihatining jadallashishiga olib keladi. Biroq, yana bir bor ta’kidlab o’tamiz, inson maxsus kasbiy tayyorgarligining qimmati nafaqat uning texnik mahoratiga balki hal qiluvchi darajada, ahloqiy siyosiy , hislatlar ma’naviy hislatlar boyligi, samimiy oliyhimmatlikka bog’liq. Chunonchi, maxsus va ahloqiy inson hislatlarining chambarchas, uyg’un birikishi juda muhimdir. Ofitserning politexnik bilimliligi harbiy hodimlarga o’ziga xos talablarni hisobga olganda, quyidagilarni ko’zda tutadi: aniq dunyoqarash yo’nalganlik bilan keng umumta’limning tayyorgarlik; zamonaviy harbiy ish rivojlanishi asoslari va printsiplarini bilish; yuksak maxsus, kasbiy tayyorgarlik. Mana shunday ulkan bilimlar hajmini egallash muntazam maqsadli, ishsiz bo’lishi mukin emas. Harbiy qismlarning birida muallif oxirgi 10 yil ichida ofitserlar qanday ilmiy adabiyotni (va qancha)o’qiganini kuzatadi. Umuman o’qigan kitoblar soni bir yarim marotaba ortdi, bu o’sish avvalom bor ijtimoiy-siyosiy, maxsus harbiy va ilmiy texnik adabiyotga to’g’ri keladi. Bu ofitserlarning yanada chambarchas, bevosita fanga yaqinlashuvi haqida dalolat beradi. Fansiz butun amaliy faoliyatda yutuqqa erishish ancha muhimdir. Politexnik bilimlilik sezilarli darajada ofitser kasbiy darajasini aniqlaydi. Buning asosiy tarkibiy qismlari ahloqiy-siyosiy hislatlar operativ – taktik saviya, tarbiyachi ko’nikmalari va texnik malaka. Amaliyot ko’rsatadiki, yuksak mahorat ofitserga uning ishonib berilgan u yoki bu sistema, jarayonni aniq boshqarishga imkon beradi, yutuqqa ishonchni mustahkamlaydi. . Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling