3-mavzu: zamonaviy kompyuterlarning buyruqlar tizimi reja 1


CISC, RISC va VLIW arxitekturalari


Download 58.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi58.81 Kb.
#1602972
1   2   3   4
2. CISC, RISC va VLIW arxitekturalari 
 
80 – yillardagi kompyuterlarda xususan, VAX va IBM da 200 dan 300 
tagacha buyruqlar bo`lgan. Lekin RISC kompyuterlarda esa kam sonli buyruqlar 
(50 ta atrofida) kompyuterlarning o`ziga xosligini ifodalar edi. 
RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar 
to`plamiga ega kompyuter. 
CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar 
to`plamiga ega kompyuter. 
Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim 
kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan 
qiziqmaydi. 
Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy 
kurash boshlandi. RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng 
yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va 
ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta 
registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga 
qaytaradi. CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni 


bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi 
hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan. 
Kompyuterlar bozorida RISC dominantlik qilishi hisobiga CISC 
kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo 
`lmadi; 
Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash 
imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun 
ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi. 
Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi. 
486 protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir 
siklida sodda buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab 
buyruqlar esa odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan 
bo`ldi. Buning natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi 
murakkab buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi. 

Download 58.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling