3-mavzu: zamonaviy kompyuterlarning buyruqlar tizimi reja 1


Download 58.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi58.81 Kb.
#1602972
  1   2   3   4


3-MAVZU: ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING BUYRUQLAR 
TIZIMI 
 
Reja 
1.
Murakkab buyruqlarning shakllanishi 
2.
CISC, RISC va VLIW arxitekturalari 
3.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi 
Kalit so'zlar. Protsessor, xotira, buyruq, RISC, ma’lumot, VLSI (Very-
large-scale integration), operatsion tizim, CISC, razryad, protsessor bloki
shinalar (bus), chipset, boshqarish qurilmasi (control device), xotira modullari, 
ajratilgan xotira, kuller, multikompyuter, taqsimlgan xotira, shinalar, massiv 
parallel, kesh, video controller, ovoz kontrolleri, tarmoq interfeysi, sovutish 
tizimi, registr xotira, utilitalar, flesh-xotira, buyruqlar hisoblagichi, texnologiya.
 
1. Murakkab buyruqlarning shakllanishi 
 
Murakkab buyruqlarning shakllanishi
70-yillar oxirlariga kelib 
interpretatsiya yordamida juda murakkab buyruq ustida ko`plab amaliyotlar va 
izlanishlar olib borildi. Ishlab chiqaruvchilar kompyuterning imkoniyatlari va 
yuqori darajadagi dasturlash tillarining talablari o`rtasidagi semantik bo`shliqni 
qisqartirishga urindilar. Lekin hech kim sodda kompyuterlarni yaratish ustida 
bosh qotirmadi. Faqat IBMning bir guruh tadqiqotchilarigina yuqori 
samaradorlikka ega bo`lgan mini-kompyuter 801 ustida ishlashdi. Biroq, IBM 
hech qachon bu mini-kompyuterni ishlab chiqarmadi. 
1980 yilda Berkli universitetida (UC Berkeley) Devid Patterson va Karlo 
Sekvin boshchiligida VLSI interpretatsiya qilishga yo`naltirilmagan protsessorlar 
ishlab chiqildi. Ular yangi tushuncha – RISC atamasidan foydalanishni 


boshladilar, yangi protsessorni esa RISC 1 deb nomlashdi. Yangi protsessor o`z 
davridagi qolgan protsessorlardan yangi buyruqlar to`plami bilan farq qilar edi. 
Bu to`plam orqali tizimning samaradorligiga erishish asosiy maqsad edi. 
VLSI (Very-large-scale integration) – yagona chipga minglab tranzistorlarni 
to`plagan holda integral sxemani yaratish jarayoni hisoblanadi. 
Kompyuter bilan bog`liq bo`lgan yangi tushunchalar va g`oyalar kirib kela 
boshladi. Shulardan biri bu buyruqlarni bajarilishi va samaradorlik o`rtasidagi 
bog`liqlik edi. Dastlab oddiy buyruqlarning tezkor bajarilishiga katta ahamiyat 
berildi. Biroq, tez orada kompyuterlar uchun tez “yuklanuvchi” buyruqlarni 
ishlab chiqish samaradorlikning eng asosiy omili ekanligi tushunib yetildi. Bu 
bilan qaysidir buyruqning qancha vaqt davomida bajarilishi emas, balki bir 
sekundda nechta buyruq bajarilishi muhim ekanligi belgilandi. 

Download 58.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling