3-mavzu. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tasnifi Reja


Download 288.57 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi288.57 Kb.
#1717304
  1   2
Bog'liq
3-mavzu. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tasnifi


3-mavzu. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tasnifi
Reja:
1. Pedagogik texnologiyalarning asosiy elementlari
2. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi
3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy algoritmlari
4. Pedagogik texnologiyalar bilan ishlash shartlari
5. Pedagogik texnologiyalar natijasining yutuqlari
«Pedagogik texnologiyalar» konsepsiyasiga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shgan va «to‘liq o‘zlashtirish» texnologiyasini ishlab chiqqan amerikalik psixologlar Dj.Kerrol va B.Blumlarning olib borgan tadqiqotlariga e’tibor qaratiladi. Barcha talabalarni hamma narsaga o‘rgatish mumkinmi?» - degan savol maktab bitiruvchilari uchun majburiy bo‘lgan umumta’lim minimumi masalasiga borib taqaladi. Ma’lumki, barcha talabalarga berilgan hamma uchun bir xil bo‘lgan ta’lim mazmuni talabalar tomonidan har xil qabul qilinadi. Natijada talabalarning o‘zlashtirish darajalarida har xillik kuzatiladi.
Qizig‘i shundaki, talabalarning asosiy qismi talab qilingan ko‘rsatkichdan sal kamroq bo‘ladi («qoniqarli» baho olganlar). Tabiiyki, o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: o‘zlashtirish darajalaridagi bunday har xillikning oldini qanday qilib olish mumkin? Jahon tajribasidan ma’lumki, bu masala ikki xil yo‘l bilan hal qilinadi: birinchisi - o‘zlashtira olmayotgan talabalarni keyingi yilga qoldirish va ularni ta’limning barcha yillik siklini qaytadan takrorlashga majbur qilish; ikkinchisi - aqliy rivojlanishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir xil darajadagi talabalarni (gemogen tengdoshlarni) bir guruhda o‘qitish. Ochig‘ini aytganda, bu majburiy chora, aniqrog‘i maktabning chorasizligi, xolos. Barcha talabalar etarli darajadagi yuksak natijalarga etkazib o‘qitish zarurati psixologlar va pedagoglar oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Aynan mana shu vazifani hal etish oqibati o‘laroq «to‘liq o‘zlashtirish» texnologiyasi dunyoga keladi. Mazkur texnologiyaning ijodkorlari amerikalik psixologlar Dj.Kerrol va B.Blumlar quyidagi fikrni ilgari suradilar. Talabalarni o‘zlashtirish darajalarining har xilligi odatda ulardagi ta’lim olishga nisbatan qobiliyat ko‘rsatkichlarining har xilligi bilan belgilanadi. Biroq Dj.Kerrol shu narsaga e’tiborini qaratdiki, an’anaviy ta’lim usulida har doim ta’lim shart-sharoitlarning o‘lchovlari qayd qilinishi (barcha uchun bir xil bo‘lgan o‘quv vaqti, ma’lumot uzatish usuli va hokazo) olimning fikriga ko‘ra, bu o‘rinda bitta parametr qayd qilinmasdan qolinmoqda. Bu - ta’limning natijalari. Shunda Dj.Kerrol ta’limning natijalarini doimo qayd qilinadigan parametrga aylantirib qo‘yishni taklif qildi. Shunda, uning fikricha, vaziyat butunlay o‘zgarishi kuzatiladi. O‘qituvchilar ham so‘ngi natijaga qarab darslarini o‘tishi, ya’ni «talabalar berilgan topshiriqlarni bajaryaptimi yoki yo‘qmi, ko‘zda tutilgan bilim va malakalar egallandimi yoki yo‘qmi degan fikr muhim hisoblanadi.
Bu nazariy yondashuv keyinchalik B.Blum tomonidan rivojlantirildi. Blumning tahlil qilishicha, talabaning qobiliyati uning o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’ati bilan o‘lchanadi. Biroq bu sur’at hamma uchun o‘rtacha ko‘rinishga kelgan sharoitda emas, balki mazkur talaba uchun optimal tanlangan sharoitda o‘rnatildi. Muallif talabalarning qobiliyatini ularning o‘quv materialini o‘zlashtirishlari uchun cheklanmagan vaqt berilgan sharoitda o‘rgandi. Shunda talabalarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lish imkoniyati yuzaga keldi:
-qobiliyati zaif talabalar. Ular hatto o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi uchun ko‘nikma va bilimlarini egallashlari uchun etarli darajada muddat berilganda ham vazifani bajarishni uddalay olmaydilar.
-iqtidorli talabalar (taxminan 5%). Ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sur’ati yuqori bo‘ladi va ular har qanday o‘quv topshirig‘ini yuqori tempda bajaradilar. Bunday talabalar jami kontingentning qariyb 90%ini qamrab oladi, ularning bilim va malakalarini egallashga nisbatan qobiliyatlari o‘zlashtirish uchun sarf qilingan o‘quv muddatiga bog‘liq.
Bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar asosida olim o‘z g‘oyasini shakllantiradi va bu holat u yaratgan «to‘liq o‘zlashtirish texnologiyasi»ning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Olimning fikriga ko‘ra, ta’lim jarayoni to‘g‘ri tashkil etilganda, ayniqsa qat’iy vaqt chegaralari olib tashlanganda 50 % talabalar ta’lim jarayonida uzatilayotgan o‘quv materiali mazmunini to‘liq o‘zlashtirib olishi mumkin. Qolgan 50 % talabalarda o‘zlashtirish darajasi quyi bo‘ladi.
Dj.Kerrol va B.Blumlar tomonidan ilgari surilgan nazariy qarashlar asosida ularning izdoshlari Dj.Blok va L.Andersonlar pedagogik texnologiyalardan biri - to‘liq o‘zlashtirish asosidagi ta’lim texnologiyasini yaratishdi.
Shunday qilib, yuqorida pedagogik texnologiyalarning mazmunmohiyatiga, ularning psixologik tuzilishiga, shaxs psixologiyasiga, ta’siri masalasida xorijdagi ilmiy psixologik yo‘nalishlarning ba’zi qarashlariga to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanishicha, shu o‘rinda V.P.Bespalko tomonidan umumlashtirilgan jadvalga e’tiborni qaratishni maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologik xarita har bir mavzu modul uchun alohida tuziladi. Ularning majmuasi pedagog texnologik xaritalar albomini tashkil etadi.

Download 288.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling