3-Mavzu”Tafakkur
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. Intellekt va kreativlik nazariyalari
Download 108.84 Kb.
|
3-Maruza SBT
4. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. Intellekt va kreativlik nazariyalari.
Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko`ra, intellekt lotincha so`zdan olingan bo`lib, u odatda aql-idroq anglash, tushunish, fahmlash degan ma`noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir.O`z davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat degan g`oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini xaspo`shlab ko`rsatadi:sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlik,lug`at boyligi ko`lami, geometrik shakllar o`rtasidagi o`xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan o`quvchanlik,shaxs nutqining tezligi yoki sur`ati, shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi, xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi. Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib "birlamchi aqliy potensiyalar" deb ataydi. Muallif yetti xildagi potensiyalar o`zaro farqlanishini ta`kidlab o`tadi: insonning hisoblash qobiliyati ko`rsatkichi,og`zaki so`zning ixcham ifodalashi ko`rsatkichi, nutq yordami bilan tez o`qish texnikasining egallaganligi, og`zaki ma`lumotlarni to`la idrok qilish yoki idrok qilingan so`zlarni tushunish, anglash,fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (o`quvchanligi), xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi, fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatliligi,shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur`ati. Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko`lamining kengayishi, bilimlarning ko`payishi, diqqatni bir davrning o`zida bir nechta ob`ektga qarata olishi - inson intellekt taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo`lishi mumkin ekanligini ta`kidlaydi: shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi, inson identifikatsiyasi (o`quvchilar o`qituvchining bilimlarini o`ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o`zlashtirib borish va boshqalar), refleksiya (inson o`zini-o`zi anglash hamda bo`lg`usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug`ilishi kabilar).Sh.Byuler intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat bo`lishi shart deb hisoblaydi:sinkretizm (tushunchalarni bir-biridan ajrata olmaslik holati),agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto`g`ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo`laklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish), xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga biron-bir jihatdan yordam berishi, realiya (realizm, ya`ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yakdil tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko`rinishi singari.Jahon psixologlari to`plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellekt muammosini tadqiq qilishda diqqat-e`tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz: intellektning yosh davr xususiyatlari bog`liqligi, jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi, millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy statusi bilan uyg`unlashuvi, ota-onalarning ma`lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi,biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol o`ynashi va hokazolar. Uzluksiz ravishda o`tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini o`ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keldi: muammo yechimi uslubi va strategiyasi,intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi,vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi (ma`noviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional tomonlari, yo`nalishlari,alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo etish xususiyati, holati, kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. Psixolog olimlarining kuzatishlariga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan uzviy bog`liq ekanligi ko`zga yaqqol tashlandi: bilish, o`qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi,yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar tanlash hamda tadqiqiy, ijodiy faollik namoyon bo`lishi, mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi, ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va “aytib berish”, luqma tashlash jarayonida erkinlik, qo`rqinch hissining yo`qligi, yuksak nafosat va ma`naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik ularni baholash va o`lchash funksiyasining tug`ilishi, uning boshqaruvchanligi. Download 108.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling