13.2.Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzish
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning (2-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning hisobot davrlaridagi daromadlari, harajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Chunonchi bunday ma’lumotlar hisobotda mos ravishda o‘tgan yilning va hisobot yilning mos davrlari uchun ko‘rsatiladi. Bunday tartib mos hisobot davrlardagi o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish uchun muhim axborot manbai hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib korxonaning barcha daromadlari va harajatlari, foydani ishlatilishi hisobi uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik (tranzit) schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Qoidaga muvofiq hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
| | | | |
Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishdan tugan sof tushumni hisobi uchun mo‘ljallangan 9010,9020,9030- schyotlarning kredit oboroti summalari yig‘indisidan qaytarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish, xizmatlar) summalarini, berilgan chegirmalar summalarini (9040 va 9050-schyotlarning debet oborot summalari) ayirish orqali topiladi va daromadlar ustunchasida ko‘rsatiladi
| |
Sotilgan mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larning tannarxi
|
Sotilgan mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larning tannarxi hisobi uchun mo‘ljallangan
9110,9120,9130,9140,9150- schyotlarning debet oboroti summalari yig‘indisi harajatlar ustunchasida ko‘rsatiladi
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |