Luka Pacholi (1445-1517) buxgalteriya hisobi fanini yaratuvchisi sifatida butun dunyo mamlakatlarida tan olingan. Uning 1494 yilda chop etilgan «Schetlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat» nomli asari birinchi marta buxgalteriya hisobini fan sifatida o‘qitilishiga asos solgan. Buyuk olimning asarida birinchi marta buxgalteriya schetlari, ularga ikki yoqlama yozish tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi , bu yozuvni amalga oshirishda to‘rtta omil, ya’ni sub’ekt, ob’ekt, vaqt, joy hisobda ko‘rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlandi.
Buxgalteriya hisobining predmeti deganda umuman olganda korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar va ularni yuritilishini ta’minlovchi mablag‘lar, mablag‘larning tashkil topish manbalari, shuningdek xo‘jalik faoliyatining natijalari tushuniladi.
Har qanday korxonaning xo‘jalik faoliyati deganda unda yuz beradigan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining majmuasi tushuniladi.
Xo‘jalik aktivlari. O‘z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo‘jalik aktivlariga ega bo‘lishi lozim.
aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning baxolash qiymatiga ega bo‘lgan va o‘z ichiga pul mablag‘lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy , shuningdek nomoddiy mulki tushuniladi.
1.Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lari:
Asosiy vositalar- binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, mebel va boshqalar.
Nomoddiy aktivlar – litsensiya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil, mualliflik huquqi va boshqalar.
Moliyaviy investitsiyalar - sotib olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan kredit va qarzlar, kiritilgan pay va badallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |