6-mavzu: Mikroevolutsiya
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7--ma\'ruza
6-MAVZU: Mikroevolutsiya. 1. Mikroevolutsiya ta’limotining vujudga kelishi. 2. Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali. 3. Mutatsiyalarning namoYon bo‘lishida genotip va tashqi muhitning munosabati. 4. Populyasiyalardagi o‘zgaruvchanlikning safarbarlik rezervi. 5. Populyasiyaning genetik muvozanati. 6. Genetik-avtomatik jaraYonlar va ularning evolutsiyadagi ahamiyati. 7. Populyasiya to‘lqini - boshlang‘ich evolutsiya omili sifatida. 8. Tirik organizmlar ko‘chishi (migratsiyasi) ning evolutsion ahamiyati. 9. Alohidalanish (izolyasiya) evolutsiya jaraYonining dastlabki omili sifatida. Evolutsion ta’limotda hozirgi zamon genetika va ekologiya fanining integratsiyasi natijasida yangi yo‘nalish - mikroevolutsiya jaraYonlarini o‘rganish sohasi, ya’ni mikroevolutsiya haqidagi ta’limot vujudga keldi. Mikroevolutsiya deganda, populyasiya doirasida, tur ichida yuz beradigan evolutsion jaraYonlar tushuniladi. Mikroevolutsiya to‘g‘risidagi ta’limotga Xardi, Chetverikov, F. G. Dobjanskiy, Dj. Geksli, Fisher va boshqa olimlar asos solganlar. Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali Tabiatda hech vaqt bir-biriga aynan o‘xshash ikkita individni topish qiyin, degan edi Darvin. Uning davrida o‘zgaruvchanlik ikki kategoriyaga, ya’ni nasldan-naslga o‘tadigan va o‘tmaydigan o‘zgaruvchanlikka bo‘linar edi. Bunday bo‘linish hozir, umuman, to‘g‘ri hisoblanadi. Albata, bo‘g‘indan-bo‘g‘inga belgilar berilmay, balki organizmdagi belgi va xossalar rivojlanishini ifodalovchi irsiy axborot o‘tadi. Har qanday organizmning individual rivojlanishida genotipidagi barcha imkoniyatlar ro‘Yobga chiqavermaydi. Organizmlar irsiyatning moddiy asoslari (genotipi) o‘zgarishi evolutsiya jaraYoni uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Irsiy o‘zgaruvchanlikning ikki formasi - mutatsiya va rekombinatsiya mavjud. «Mutatsiya» so‘zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi. Mutatsiya o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning barcha turlariga mansub. Mutatsiyalar asosan 4 xilga bo‘linadi. Bular gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik mutatsiyalardir. Gen deyilganda, odatda, hujayrada u yoki bu oqsil sintezlanishida ishtirok etadigan DNK zanjirining bir qismi tushuniladi. Har bir gen bir nechta nukleotiddan tashkil topgan. Bu o‘z-o‘zidan, gen Yoki nuqtali mutatsiya nukleotidlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq; ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, gen mutatsiyalari 4 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ular DNK molekulasidagi: 1) nukleotidlar o‘rnining almashinishi; 2) bitta Yoki bir nechta nukleotidning kamayishi; 3) bir Yoki bir nechta nukleotidning DNK zanjiriga qo‘shilishi; 4) gen tarkibidagi nukleotidlar tartibining qayta tuzilishi tufayli_ vujudga keladi. Gen mutatsiyasining tezligi bir gen uchun har bir bo‘g‘inda 10 -4 , 10 -6 ga teng. Har bir tur populyasiyasi genofondida juda ko‘p genlar borligi e’tiborga olinsa, gen mutatsiyasining o‘lchami juda ulkan bo‘lishiga shubha qolmaydi. Mutatsiya ayrim hollarda teskari formada namoYon bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda o‘zgargan gen o‘zining asli holatiga qaytadi. Ko‘pgina gen mutatsiyalari retsessiv holatda bo‘lib, fenotipda ro‘Yobga chiqmaydi. Bu hodisa juda katta biologik mazmunga ega. CHunki har bir mutatsiya tabiiy tanlanish tufayli hosil bo‘lgan genotipning nozik muvozanatini o‘zgartiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling