6-mavzu: Mikroevolutsiya


Populyasiya to‘lqini-boshlang‘ich evolutsiya omili sifatida


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Populyasiya to‘lqini-boshlang‘ich evolutsiya omili sifatida.Tabiatda 
bo‘g‘indan-bo‘g‘inga o‘tgan sari individlar soni o‘zgarmay, turg‘un xolatda 
saqlanadigan birorta ham tur, populyasiya yo‘q. Ko‘pchilik tur va populyasiyalarda 
organizmlar soni ko‘p yoki kam me’yorda o‘zgarib turadi. Chunonchi, mart 
qo‘ng‘izi, chivin, sichqonlar soni turli yillarda bir necha million nisbatda 
ko‘payishi yoki kamayishi kuzatilgan. Tur yoki populyasiyaga mansub 
organizmlar soni har xil sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. Ba’zan abiotik 
omillarning noqulayligi (chunonchi, hasharotlar, amfibiyalar, reptiliyalar 
uchun sovuq sharoit), o‘txo‘r hayvonlar esa yirtqichlarning ta’siri tufayli son 
jihatdan turli yillarda turlicha bo‘ladi. Tur yoki populyasiyada bo‘g‘indan-
bo‘g‘inga o‘tgan sari organizmlar sonining o‘zgarib turishi «hayot to‘lqini» yoki 
«populyasiya to‘lqini» deb ataladi. Tur yoki populyasiyaga mansub 
organizmlarning son jihatdan o‘zgarib turishining aniq sabablari turli-tumandir. 
Ular muhitning biotik va abiotik omillariga taaluqlidir. Muhit sharoitining 
doim o‘zgarib turishi voyaga etgan organizmlarning soni o‘zgarishiga olib keladi. 
Tabiatda organizmlarning qirilish sabablariga to‘xtalib, birinchi navbatda 
ularning tasodifiy nobud bo‘lishini qayd etish kerak. Organizmlarning tanlanib 
nobud bo‘lishi yoki yashab qolishi esa evolutsiyaning asosiy omili — tabiiy 
tanlanishi natijasidir. Tabiatda populyasiya to‘lqinlarining ko‘p xillari 
uchraydi. A. V. YAblokov va A. G. YUsufov fikriga ko‘ra, ularni tubandagi 
xillarga bo‘lish mumkin. 
1. Qisqa hayot kechiruvchi organizmlar sonining davriy o‘zgarishi 
ko‘pgina hasharotlar, bir yillik o‘simliklar, zamburug‘lar va mikroorganizmlarga 
xos. Bu hodisa ayniqsa mikroorganizmlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Shamollash bilan bog‘liq kasalliklar bahor va kuz oylarida ko‘p tarqaladi. 
Odatda, ular yuqori nafas yo‘llarida infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar 
hayot to‘lqinining natijasi hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlar sonining faslga 


qarab o‘zgarishi populyasiyadagi turli yosh, jinsdagi gruppalarga har xil 
ta’sir etadi. Faslning o‘zgarishi natijasida ko‘pincha yosh organizmlar 
ko‘plab nobud bo‘ladi ya’ni populyasiya uchun g‘anim organizmlar uchun 
yirtqich organizmlar iskanjasining susayishiga yoki yirtqich hayvonlar 
populatsiyasi uchun oziq resurslarining ko‘payishiga bog‘liq. Odatda, 
organizmlarning son jihatdan o‘zgarishi biogeotsenozdagi 1-2 ta turga 
emas, balki ko‘p turlarga xos bo‘lib, ular biogeotsenozning tamomila 
o‘zgarishiga olib keladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling