6-mavzu: Mikroevolutsiya
A- tovuqlar va B- yapon ho‘rozidagi irsiy o‘zgaruvchanlik
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7--ma\'ruza
A- tovuqlar va B- yapon ho‘rozidagi irsiy o‘zgaruvchanlik
Geterozigota holatdagi retsessiv mutatsiyalar tur ichidagi irsiy o‘zgaruvchanlik manbai hisoblanadi. Xromosoma mutatsiyasi uning qayta tiklanishi - abberratsiyasi tufayli vujudga keladi. Xromosomalar ichidagi va xromosomalararo abberratsiyalarning sabablari xilma-xildir. Xromosoma mutatsiyalari har bir organizm genomining bir butunligi turg‘un bo‘lmay, nisbiyligini isbotlaydi. Agar alohida genlar murakkab fenotipik belgilar rivojlanishini ta’minlashi e’tiborga olinsa, xromosoma mutatsiyalari juda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirish qiyin emas. Organizmlar genomini keskin o‘zgarishlarga olib kelgan xromosoma mutatsiyalari ko‘pincha gomozigota holatda letallik xossasiga ega bo‘ladi. Geterozigota holatda esa letallik fenotip jihatdan ro‘Yobga chiqmaydi. Retsessiv gen mutatsiyalari, shuningdek, unchalik zararli bo‘lmagan xromosoma mutatsiyalari geterozigota holatda tur ichidagi o‘zgaruvchanlik uchun rezerv vazifasini o‘taydi. Xromosomalar sonining o‘zgarishi - genom mutatsiyasi ikki xil bo‘ladi. Poliploidiyada xromosomalar soni karra tartibda ortadi, natijada triploid (Zp), tetraploid (4p), geksaploid (6p) kabi genomga ega formalar hosil bo‘ladi. Geteroploidiya Yoki aneuploidiyada esa ayrim juft xromosomalarning soni ko‘payadi Yoki kamayadi. Genetik materialning polimerlanishi sodda hayvonlar va o‘simliklar evolutsiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Xromosomalar sonining ortishi bilan genetik axborot zapasi ham ortadi. Natijada gen va xromosoma mutatsiyalari ro‘y bergan chog‘da, ularning buzilish xillari kam bo‘lib, qulayligi ko‘payadi. Keyingi vaqtlarda sitoplazmatik irsiylanishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Sitoplazmatik irsiylanishda ba’zi belgi-xossalar yadrodan tashqari, sitoplazma orqali bo‘g‘indan-bo‘g‘inga o‘tadi. Sitoplazma komponentlari, mitoxondriyalar, plastidalar bilan bog‘liq hususiyatlar va organizm orqali nasldan-naslga o‘tadi. SHu sababli sitoplazmatik mutatsiyalar evolutsiya jaraYonida ma’lum rol o‘ynaydi. Populyasiyalarning irqlarga, kenja turlarning turlarga aylanishi jaraYonida translokatsiya, inversiya, duplikatsiya, poliploidiya bir individni boshqa individdan ajratuvchi omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Xromosomadagi qayd qilingan o‘zgarishlar tufayli genlar balansi buzilishi, oqibatda chatishmaslik, zigotaning haYotchanligi, organizm serpushtligining pasayishi hollari ro‘y beradi. Mabodo, haYotchan individlar vujudga kelsa, translokatsiya, inversiya, duplikatsiya bo‘yicha gomozigota formalar muayyan muhit sharoitiga moslashishi, qiyinchiliksiz urchishi, so‘ng alohida tur vujudga kelishi mumkin. Bu turda ilgarigi genlar saqlansada, ularning birikish guruhi va joylashish tartibi o‘zgacha bo‘ladi. Bunday genlar boshlang‘ich tur Yo‘nalishida mutatsiya hosil qilishi va natijada mutatsiyaning gomologik qatorlarini vujudga keltirishi mumkin. Autosomalar ayrim qismlarining jinsiy xromosomalarga birikishi bilan bog‘liq bo‘lgan translokatsiya ayniqsa katta ahamiyatga ega. CHunki u hayvon turlarining chatishmasligini ifodalovchi muhim faktor hisoblanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling