6-mavzu: Mikroevolutsiya


Populyasiyalardagi o‘zgaruvchanlikning safarbarlik rezervi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Populyasiyalardagi o‘zgaruvchanlikning safarbarlik rezervi.Jinsiy 
ko‘payish populyasiyadagi irsiy belgi — xossalar xilma-xil bo‘lishini 
ta’minlaydi. Olib borilgan hisoblarga qaraganda, agar chatishtirishda 
qatnashaYotgan ikkita organizm xromosomalari 10 ta lokusi bilan farq 
qilsa, har bir allel to‘rt imkoniyatni o‘zida namoYon etsa, ularning naslida 
10 milliard organizm har xil genotipga ega bo‘ladi. Lekin populyasiyadagi 
organizmlarning 
soni 
kamligi 
tufayli 
bu 
imkoniyat 
ro‘Yobga 
chiqavermaydi. Populyasiyadagi genotipning geterogenlik holati mutatsiya 
jaraYoni va chatishish bilan saqlanib boradi. Buning natijasida 
populyasiya va tur moslashish uchun faqat hozirgi vaqtda hosil bo‘lgan 
irsiy o‘zgarishlardan emas, balki bir vaqtlar vujudga kelgan va uzoq 
vaqt yashirin holatdagi irsiy o‘zgarishlardan ham foydalanish imkonini 
beradi. SHu nuqtai nazardan olganda, populyasiyaning genotip tomondan 
geterogenligi irsiy o‘zgaruvchanlikning «safarbarlik rezervi» bo‘lib 
xizmat qiladi. Populyasiyada ikki Yoki undan ko‘p belgilar bilan genetik 
tomondan uzoq vaqt farq qiluvchi formalarning muvozanat holatdagi 
mavjudligi polimorfizm deb ataladi. Populyasiya ichidagi bunday 
polimorfizm Ukrainada tarqalgan olaxurjun sichqonlardagi oddiy va 
melonistik (qora), shuningdek, ikkita holli tugmacha ko‘ng‘izning qora va 
qizil rangli, primulaning uch xil gul tuzilishiga ega bo‘lgan formalarida, 
shuningdek, gulli o‘simliklar, qushlar, sut emizuvchilarning xilma-xil 
turlarida ko‘zga tashlanadi. Polimorfizm xilma-xil ko‘rinishi va paydo 
bo‘lishi hamda saqlanishi bilan birga geterozigotali va adaptatsiyali 
formalarga bo‘linadi. 
Geterozigotali polimorfizm drozofila melangasterda evopu 
(tananing qoramtirligi) mutatsiyasiga ega populyasiyalarda o‘rganilgan. 
Mazkur mutatsiyaga ega populyasiya kuzatilganda, mutatsiyasi bor 
drozofilalar bo‘g‘indan-bo‘g‘inga kamayib, o‘ninchi bo‘g‘inga kelganda 
10% qolganligi aniqlangan. Bunday holat gomozigota formalarning nobud 


bo‘lishi va geterozigota formalarning yashab qolishi bilan uzviy bog‘liq. Xardi - 
Vaynberg qonuniga ko‘ra, har bo‘g‘inda geterozigota erkak va urg‘ochi 
formalarning qo‘shilishi natijasida gomozigota mutant formalar hamda 
mutatsiyaga ega bo‘lgan gomozigota formalar va nihoyat, yashirin holda 
evopu mutatsiyali geterozigota formalar hosil bo‘ladi. Bu uch imkoniyatdan 
geterozigota formalar har bo‘g‘inda ko‘proq yashab qoladi. Keltirilgan misoldan 
ko‘rinib turibdiki, geterozigotali polimorfizm populyasiyaga bevosita emas, balki 
bilvosita, tabiiy tanlanish orqali ta’sir etishi mumkin, chunkn tabiiy tanlanishda 
har bo‘g‘inda geterozigota formalar saqlanib, evopu mutatsiyali gomozigota 
formalar qirilib ketadi. Tabiiy tanlanish ta’sirida polimorfizmning ikkinchi
xili, ya’ni adaptatsiyali polimorfizm ham namoYon bo‘ladi. Bu holatda 
populyasiya ichidagi genetik tomondan farq qiladigan ikki xil Yoki undan
ortiq formalar turli ekologik sharoitda tabiiy tanlanish Yo‘li bilan saralana 
boradi. Adaptatsiyali polimorfizmni ikkita holli tugmacha qo‘ng‘izning 
qizil va qora rangli formalarida ko‘rish mumkin. Populyasiyadagi aytib 
o‘tilgan holatni 10 yil davomida kuzatish natijasiga ko‘ra, qishki uyquga 
kirishdan oldin qora rangli formalar 50% dan 70% gacha bo‘lib, qishki uyqudan 
so‘ng ularning soni kamayib, 30—45% ga tushib qolgan. Aksincha, qizil 
rangli formalar kuzda 50%dan kam bo‘lganligi, bahorda esa ularning soni 
populyasiyadagi umumiy organizmlar sonining 50% dan ortig‘ini tashkil etganligi 
ma’lum. CHunki bu qo‘ng‘izning qizil rangli formalari kuz paytida son jihatdan 
qora rangli formalariga nisbatan oz bo‘lsada, biroq ular qish-qirovli kunlari 
sovuqqa ko‘proq chidaydi va kam qiriladi. Bahorga kelib ularning soni qora 
rangli formalarga qaraganda populyasiyadagi organizmlarning ko‘pchiligini 
tashkil etadi. Lekin bahor va yoz oylarida ular kam urchiydi va kuzga borib
ularning soni qora rangli formalarga qaraganda yana ham kamayadi. Qora rangli 
formalari esa qishda sovuqqa chidamasligi sababli ko‘proq qirilsa ham, 
Yozda jadal urchiydi. Bunday holatda tabiiy tanlanish qishda ko‘proq qizil 
rangli qo‘ng‘izlarning, Yozda esa qora rangli qo‘ng‘izlarning saqlanishiga 
Yo‘nalgandir. Har qanday populyasiya tarkibiga kiruvchi individlar irsiyat 
jihatidan geterogen bo‘lishiga qaramay, dinamik muvozanatda bo‘lgan 
murakkab genetik sistemaga ega. Odatda, individlarni soni kam bo‘lgan 
populyasiyalar uzoq vaqt yashab qololmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri, 
kelib chiqishiga ko‘ra yaqin bo‘lgan formalarning chatishishi natijasida 
gomozigota organizmlarning vujudga kelishi va ular haYotchanligining 
pasayishidir. Organizmlar soni etarli bo‘lganda va genetik tomondan har xil 
formalar chatishgan taqdirdagina populyasiyaning geterogenligi bir butun 
sistema sifatida saqlanadi. Na alohida individ, na alohida oila yoki ularniig 
guruhi bunday xossaga ega bo‘lmaydi. SHunday qilib, har bir populyasiyaning 
genetik xarakteristikasi deyilganda, turg‘un irsiy geterogen populyasiyaga 
kiruvchi ayrim genotipga ega organizmlarning ichki genetik birligi va dinamik 
muvozanati tushuniladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling