3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


«Xom –ashyo va materiallar»


Download 0.61 Mb.
bet38/190
Sana22.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1042071
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

1010 «Xom –ashyo va materiallar». Ushbu schyotning debetida asosiy va yordamchi xom-ashyo va materiallarning, qayta ishlov uchun tayyorlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i va ularni turli manbalardan kelib tushush evaziga ko‘payishi, kreditida esa – materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘imoylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar), gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining (ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar, transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.

  • 1050 «Qurilish materiallari». Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish – montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling